2 – tajriba. Oltin kislotaning tuzlarini tannin yordamida qaytarish yo’li bilan oltin zoli hosil qilish. Xoloroaurat kislota tuzlarini qaytarish yo’li bilan oltinning kolloid eritmasini hosil qilish uchun tannin ishlatiladi; tannin murakkab organik moddadir. Tanninning empirik formulasi C76H52O46. Tanning oksidlansa, fosbafen C76H52O46 hosil bo’ladi.
Tajriba uchun yangi tayyorlangan tanninning 1% li eritmasi kerak bo’ladi. Buning uchun 0,1 g tannin 10 ml distillangan suvda sal istib eritiladi.
1 l suvga 6 g kislota to’g’ri keladigan qilib xloroaurat kislota eritmasi tayyorlanadi. Bu eritmadan 5 ml olib, 0,2 N kaliy karbonat eritmasi yordamida neytrallanadi (lakmus bilan tekshirib ko’riladi): bunda eritmada kaliy aurat KAuO2 hosil bo’ladi. Eritmaga suv qo’shib 100 ml gacha yetkaziladi va qaynatiladi. Gorelkani chetga olib qo’yib, shu eritmaga tanninning suvdagi 1% li eritmasidan oz – ozdan ohistalik bilan qo’shiladi, bunda eritma tiniq tusga o’tguncha qo’shilaveradi.
Oltin misellasining formulasi:
{[Au]mnAuO2 - (n – x)K+}xK+
Tannin sal ortiqcharoq qo’shilsa, ancha barqaror zol hosil bo’ladi, chunki tannin bu yerda stabilizator rolini o’taydi. Bu metoddan foydalanib, ayniqsa tannindan sal ortiqcha qo’shib oltinning deyarli barqaror yuqori dispers zoli hosil qilinishi mumkin, bunday barqaror zollar ifloslansa ham kolloid holatini o’zgartirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |