2. DISPERLASH USULI
1. Ishqor yoki kislota yordamida peptizlab stannat kislota hamda alyuminiy (III) –gidroksid zoli hosil qilish.
Qalay(IV) – xlorid suvli eritmalarda quyidagi tenglamaga muvofiq gidrolizlanadi:
SnCl4 + 4H2O → 4HCl + Sn(OH)4
H2SnO3 cho’kma ishqor yoki kislotalar (peptizatorlar) ta’sirida kolloid eritmaga o’tishi mumkin. Peptizasiyalashning xarakterli xususiyati shundan iboratki, peptizator miqdori peptizlanuvchi modda miqdoridan bir necha marta (ko’pincha 1000 marta) kam bo’ladi.
H2SnO3 ga NaOH qo’shilsa, quyidagi tenglamaga muvofiq natriy stannat tuzi hosil bo’ladi:
H2SnO3 + 2NaOH → Na2SnO3 + 2H2O
Na2SnO3 eritmada dissosilanib, manfiy zaryadlangan ion SnO32- hosil qiladi, bu ion ((H2SnO3)n agregatga adsorbilanib, uni manfiy zaryadli zarrachaga aylantiradi; natijada misellalar hosil bo’ladi va cho’kma zolga o’tadi.
Stannat kislota kislotalar ta’sirida ham peptizlanishi mumkin. Bu holda sxemada ko’rsatilganidek, musbat zaryadli zol hosil bo’ladi:
H2SnO3 + 2HCl → SnOCl2 + 2H2O
mSnOCl2 ↔ mSnO2+ + 2mCl-
Misellaning umumiy formulasi quyidagicha bo’ladi:
{[H2SnO3]mnSnO2+, 2(n – x)Cl-} 2xCl-
Do'stlaringiz bilan baham: |