2 – tajribani bajarish tartibi. Alyuminiy gidroksid zoli hosil qilish uchun 1% li AlCl3 eritmasiga NH4OH eritmasi quyiladi. Hosil qilingan alyuminiy gidroksid cho’kmasi distillangan suv bilan oldin dekantasiya qilinib, so’ngra filtrda yuviladi. Cho’kma toza bo’lay deb qolganda quyuqlashadi va juda sekin filtrlanadi, shundan keyin u toza katta stakanga solinadi, ustiga 400-500 ml distillangan suv quyib isitiladi, bunda eritma qaynashi lozim. Qaynab turgan suyuqlikka vaqti – vaqti bilan 0,1 N HCl eritmasidan bir necha tomchidan qo’shib boriladi. Bir necha (2-3) soatdan keyin cho’kmaning deyarli hammasi peptizasilanadi va kolloid eritmaga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |