- Berlin lazurining olinishi
a) 10 ml 0,0001 N kaliy ferrosianid eritmasiga 10 ml 0,05 N li FeCl3 eritmasidan qo’shib chayqatiladi zolning zaryadini aniqlang. Misellasini yozing.
B) Kolbaga 10 ml 0,5 N li FeCl3 eritmasidan quying va 5 ml K4[Fe(CN)6] ning to’yingan eritmasidan qo’shing. Bunda berlin lazuri cho’kmasi hosil bo’ladi. Cho’kmani filtrlab yuving. Yuvilgan cho’kmaga 0,1 N li H2C2O4 eritmasidan qo’shing. Zolning zaryadini aniqlang va misellasini yozing.
6 - Oltingugurt zolining olinishi
Oltingugurt zoli erituvchini almashtirish yo’li bilan olinadi. 5 ml oltingugurtning spirtdagi eritmasiga tomchilatib 20 ml toza suv qo’shing. Suyuqlik oltingugurtning suvdagi kolloid eritmasi hosil bo’lishi hisobiga loyqalandi. Bu yerda stabilizator vazifasini oltingugurtning oksidlanish mahsulotlari va qo’shimcha moddalar o’taydi. Oltingugurtning kolloid eritmasi sutsimon oq rangli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |