Kolloid eritmalarning olinishi


Download 279.59 Kb.
bet17/21
Sana08.01.2022
Hajmi279.59 Kb.
#249463
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI

ZOLLARNI TOZALASH

Kolloid eritmalarni ularga aralashgan elektrolitlardan tozalash uchun dializ deb ataluvchi metod qo’llaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma hamda unga aralashgan elektrolitlar toza erituvchidan (suvdan) yarim o’tkazgich parda (membrana) yordamida ajratiladi. Shunday pardadan o’ta oladigan molekula va ionlar konsentrasiyasi o’rtasida muvozanat hosil bo’lguncha, erituvchi tomonga o’taveradi. Erituvchini vaqti – vaqti bilan yangilab, zolni qo’shimchalardan ma’lum darajada tozalash mumkin.

Dializ uchun, odatda, kolloid pardalar hamda asetil – sellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materialalardan tayyorlangan yarim o’tkazgich to’siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o’tkazgich pardalari, masalan, cho’chqa yoki mol pufagi ham ishlatiladi. Sun’iy pardalar istalgan o’tkazuvchanlikda tayyorlanishi mumkin, shu jihatdan olganda sun’iy pardalar tabiiy pardalardan ancha afzal hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilgan materiallardan hosil qilingan pardalar chidamli bo’lishi uchun, ular g’ovak buyum ustida tayyorlanadi. Bunday buyum sifatida filtr qog’oz, g’ovak shisha yoki sopol idishlardan foydalanish mumkin.

Parda tayyorlash uchun shisha idish, masalan, stakanga kollodiy eritmasi (tarikbida taxminan 11% ga yaqin azot bo’ladigan nitrosellyulozaning spirt – efir aralashmasidagi eritmasi) solib to’ldiriladi. So’ng eritma boshqa idishga quyib olinadi, bunda idish aylantirib turiladi, chunki shunday qilinganda kolloidiy idish devorlalariga mumkin qadar bir tekisda tarqaladi; kolloidiy yopishgan idish to’nkarib qo’yiladi, bunda spirt bilan parda orasiga suv quyiladi. Natijada parda stakan devoridan asta –sekin ko’chadi va hosil qilingan xaltacha chiqarib olinadi. Kolloidiy pardalari simob ustiga kolloidiy quyish yo’li bilan ham tayyorlanishi mumkin.




Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling