Kolloid eritmalarning olinishi


Download 279.59 Kb.
bet18/21
Sana08.01.2022
Hajmi279.59 Kb.
#249463
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI

Ishdan kutilgan maqsad

Zollarni tozalash metodi hamda gidrofob va gidrofil kolloid eritmalar qanday dializ qilinishi bilan tanishish.



Ish uchun kerakli jihozalr

Dializator.

Eritmalar; 2% li temir (III) – xlorid , 2% li tannin, 1% li jelatina, yodning kaliy yodiddagi eritmasi, kraxmal kukuni.

Dializ qilish uchun ishlatidigan asbobning tavsifi

Kolloidlarni tozalash uchun dializator deb ataladigan asbob ishlatiladi.



Dializator

1 – voronka, 2 – yarim o’tkazgich membrana, 3 – shisha idish,

4 - suv kelib turadigan nay, 5 – suv chiqib ketadigan nay,

6 – avtomatik ishlaydigan sifon.

Tag tomonidan yarim o’tkazgich membrana bilan yaxshi berkitilgan voronkaga kolloid eritmasi quyiladi; voronka distillangan suv quyilgan idish ichiga tushiriladi. Idish ichidagi suv doimo oqizib qo’yiladi. Idishdagi suvning sathi doimo bir xil turishi uchun unga avtomatik ravishda ishlaydigan sifon o’rnatiladi.

Tashqi tomondagi eritmadan vaqti – vaqti bilan namuna olib, zolda bo’lgan va oraliq pardadan o’tayotgan moddalar analitik yo’l bilan tekshirib boriladi; namuna qanday dializ qilinayotganini shunday kuzatish mumkin. Masalan, temir (III) – xloridni gidroliz qilish yo’li bilan olingan temir (III) – gidroksid zolini dializ qilishda zol turli bekorchi qo’shimchlardan qanday tezlikda tozalanayotganini bilish uchun, chiqib ketayotgan eritmada xlor ioni bor yo’qligi sifat reaksiyasi yordamida tekshirib turiladi, bunda sifat reaksiya xlor yo’qligini bildirsa, dializ tamom bo’lgan hisoblanadi.


Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling