Kolloid eritmalarning olinishi


Tajribani bajarish tartibi


Download 279.59 Kb.
bet19/21
Sana08.01.2022
Hajmi279.59 Kb.
#249463
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI

Tajribani bajarish tartibi.

1 – tajriba. Jelatina zolini dializ qilish. Kollodiydan tayyorlangan xaltachaga jelatinaning 1% li eritmasi suvga botirib qo’yiladi. Oradan 2 soat o’tgandan keyin tozalovchi suvdan ozgina namuna olib tekshiriladi, bunda xlor ioni bor yo’qligi kumush nitrat eritmasi yordamida va jelatina bor yo’qligi tanninning 2% li eritmasi yordamida sinab ko’riladi. Tannin bilan jelatina aralashmasi o’ziga xos rang beradi. So’ngra har yarim soatdan keyin namuna olib, sinab ko’rilaveradi va tajriba natijalari yozib boriladi.

2 – tajriba. Kraxmal zolini dializ qilish. Texnika tarozisida 2 g kraxmal tortib olinib, chinni kosachaga solinadi, 5 – 10 ml suv qo’shib shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi.

Suvga kraxmalni aralashtirib turib, qaynab turgan 100 ml distillangan suvga tez quyiladi. Hosil qilingan tiniq kraxmal zoliga 1 N li kaliy sulfat eritmasidan ozgina qo’shiladi va aralashmaning hammasi suvga yoki dializatorga botirib qo’yilgan kolloidiy xaltachaga quyiladi.

Har yarim – bir soat o’tgandan keyin dializatordagi suyuqlikdan namuna olinib, unda SO42- ion va kraxmal bor – yo’qligi sifat reaksiyasi yordamida analiz qilinadi.

3 – tajriba. Temir (III) – gidroksid zolini dializ qilish. Temir (III) –gidroksidning kolloid eritmasi dializatorga yoki kollodiydan tayyorlangan xaltachaga quyiladi va distillangan suvli idish ichiga botirib qo’yiladi. Xaltacha botirilgan suyuqlikdan har yarim soatda namuna olib, xlor ioni bor – yo’qligi sinab ko’riladi. Eritmada xlor ionlari miqdori (sifat jihatidan) kamayib borishi va xaltachadagi kolloid eritma o’zgarishi kuzatib boriladi.


Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling