Kolloid eritmalarning olinishi


Download 279.59 Kb.
bet3/21
Sana08.01.2022
Hajmi279.59 Kb.
#249463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI

Fe(OH)3 zolining gidroliz yo’li bilan olinishi

Fe(OH)3 olish reaksiyasi sxema tarzida quyidagicha yoziladi:

FeCl3 + 3H2O ↔ Fe(OH)3 + 3HCl

Fe(OH)3 agregatning sirtqi molekulalari HCl bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi:

Fe(OH)3 + HCl ↔ FeOCl + 2H2O

FeOCl molekulalari dissosilanib, FeO+ + Cl- ionlar hosil qiladi.

Lipatov qoidasiga muvofiq, o’z tabiati jihatidan yadro tarkibiga o’xshab ketadigan ionlar eritmadan kolloid zarrachalar sirtiga adsorbilanadi. Shu qoidagi asoslanib, temir (III) – gidroksid zoli zarrachasining tuzilishi sxema tarzida quyidagicha yozib ko’rsatilishi mumkin:

mFeOCl ↔ mFeO+ + mCl-

[Fe(OH)3]n + mFeO+ + mCl- = {[Fe(OH)3]n ∙ mFeO+ (m – x)Cl-}-xCl-



Ish uchun kerak jihozlar

Uch oyoqli o’choq, asbestlangan sim to’r, gaz gorelkasi, 150 ml li konussimon kolba, tomizg’ich pipetka, temir (III) – xloridning 2% li eritmasi , distillangan suv.



Tajribani bajarish tartibi

100 ml distillangan suv qaynatiladi. So’ngra qaynab turgan suvga FeCl3 ning 2% li eritmasidan tomchilab 5 – 10 ml qo’shiladi. Natijada tiniq qizil – qo’ng’ir rangli temir (III) – gidroksidning kolloid eritmasi hosil bo’ladi.




Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling