Ma`ruza №9
9-Mavzu: “Adsorbentlar va ularning xarakteristikasi”
Dars maqsadi:
Ta`lim beruvchi: talabalarga gidrofil va gidrofob adsorbentlar, ular xossalarini va ularning turmushda, texnikada, sanoatdagi ahamiyatini tushuntirib berish.
Rivojlantiruvchi: talabalarning kristall adsorbentdan ko`ra amorf adsorbent, adsorbentga gazlar yaxshiroq adsorbilanishi to`g`risidagi tasavvurlarini rivojlantirishni davom ettirish, sabab va natija aloqalarini topa bilish.
Tarbiyalovchi: darsda e`tiborli bo`lishlik, kuzatuvchanlik, ekologik muammolarga, umuman tabiatga bo`lgan ehtiyotgarlik munosabatlarni tarbiyalashni davom ettirish.
Ko`rgazmali vosita: kompyuter, ekran, proektor.
Texnologiya: Kimyoviy asbob va uskunalar hamda reaktivlardan, shuningdek, boshqa o`quv texnika vositalaridan foydalanib ma`ruza o`qish (kompyuter texnologiyasi)
Dars bo`limlari: I. Tashkiliy qism
II. Asosiy qism
III. Yakiniy qism
Dars jarayonining mazmuni:
Reja:
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash (5+5 min)
II. Asosiy qism (60 min)
1. Adsorbentlarning gazlarni yutishi
2. Gazlarning adsorbentga yutilish jarayonini namoyish qilish.
3. Adsorbentlar xillari. Gidrofil va gidrofob adsorbentlar
4. Gidrofob adsorbentlarni namoyish qilish.
5. Molekulyar va ionli adsorbsiya
III. Yakuniy qism (10 min)
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar.
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash.
II. Asosiy qism
1. Adsorbentlarning gazlarni yutishi
Ma`lumki har qanday adsorbentning gazlarni yutish qobiliyati uning g`ovakligiga, fizik xossalariga bog`liq. Gazlar kristall adsorbentlardan ko`ra amorf adsorbentga yaxshiroq adsorblanadi, chunki amorf adsorbent sirti tekis bo`lmay, ga`dir-budur bo`ladi. kristall adsorbentda esa asosan qirra va cho`qqilar adsorbsiyada ishtirok etadi. Adsorbent eng muhim xossalaridan biri ularning g`ovakligi hisoblanadi. G`ovaklarning hajmini o`lchash uchun paromer deyiladigan maxsus asbob qo`llaniladi. G`ovak adsorbentlarning solishtirma sirti katta bo`ladi.
Eritmalarda sodir bo`ladigan reaksiyalar natijasida cho`kma holida ajralib chiqadigan (masalan, BaSO4) yoki qattiq jismlarni maydalab tayyorlanadigan nog`ovak adsorbentlarning solishtirma sirtlari kichik bo`ladi (1-10 m2/g); ular kam ishlatiladi. Ko`proq ishlatiladigan nog`ovak adsorbentlar jumlasiga organik va kremniy organik moddalarning chala yonish mahsulotlari (qora qurum, oq qurum) shuningdek, kremniy galogenidlari (SiCl4, SiF4) ning suv bug`I bilan gidrolizlanish mahsulotlari (aerosillar) kiradi. Bu adsorbentlarning solishtirma sirtlari 100 m2/g ga yetadi.
G`ovak adsorbentlar odatda kukun holida ishlatilmasdan, mustahkam granula yoki tabletka shaklida ishlatiladi. 1-jadvalda nog`ovak va g`ovak adsorbentlarning ba`zi xarakteristikalari keltirilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |