Takrorlash uchun savollar
1. Adsorbentlarni qanday sinflarga bo`lish mumkin?
2. Aktivlangan ko`mir qanday tayyorlanadi?
3. Eritmalarda bo`ladigan adsorbsiyaning xarakteri haqida nimalarni bilasiz?
4. Musbat va manfiy adsorbsiya tushunchalariga ta`rif bering.
Texnologik xarita №10
10-Mavzu: “Sirt faol moddalar”
O`quv vaqti: 80
|
Talaba soni – 23
|
Maqsad, vazifalar
|
Talabalarni sirt faol moddalar, ular turlari, ularning gidrofil-liofil balansi bilan tanishtirish (tayanch so`zlar: ionogen va noionogen sirt faol moddalar, gidrofil-liofil balans, solyubilizatsiya)
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Kation, anion, amfoter sirt faol moddalar va noionogen sirt faol moddalar o`rtasidagi farqni, shuningdek sirt-faol moddalarning adsorbsilanish xususiyatlarini xarakterlab tushuntirish hamda ularning amalda qo`llanilishini tushuntirish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Darsni olib borish shakli: og`zaki
Darsni o`tkazish shakli: ma`ruza
Vosita: kompyuter, kodoskop, kristallizator, sovun, aminlar, organik kislotalar.
Nazorat: og`zaki
Baholash: rag`batlantirish, 4-b sistema asosida
|
Kuzatiladigan natijalar
|
O`qituvchi: talabalar faooligini uyg`otish, faol ishtirok etishga, materialni chuqur o`zlashtirishga erishish.
Talaba: yangi bilimlar olish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlarga o`zi baho berishi
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Kompyuter texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq qilish, o`z ustida ishlash, mavzuni zamonaviy talablar asosida o`qitish
Talaba: ma`lumotlar bilan ishlash malakasini rivojlantirish, o`z fikrlarini to`g`ri ifoda qilishga erishish, qo`shimcha ma`lumotlarni izlash va ular bilan ishlash.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |