Toshkent kimyo xalqaro universiteti


Download 159.5 Kb.
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1562094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Magistrlik dessertatsiyasi


TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani PhD., dotsent
_________
___”__________2023yil


MO’MINOVA MOHIDILXONNING


INTERFAOL TA’LIMNI O`QUV JARAYONIGA TATBIQ QILISH ORQALI O`QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA
O`RGATISH
Magistr darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYA


Toshkent - 2023
MUNDARIJA

Kirish




1-BOB. O`QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O`RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI




1.1.

O`quvchilarni ijodiy fikrlashining psixologik asoslari




1.2.

O`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish yo’llari




1.3.

O`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatishda interfaol ta’limning o`rni




Birinchi bob bo‘yicha xulosa




2-BOB. O`QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O`RGATISHDA INTERFAOL TA’LIMNI O’QUV JARAYONIGA TATBIQ QILISH METODIKASI




2.1.

O`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatishda interfaol metodlarni qo’llash




2.2.

Interfaol metodlar orqali o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish




2.3.

Interfaol metodlarni qo’llshga oid amaliy tavsiyalar




Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa




3-BOB. TAJRIBA - SINOV




3.1.

Tajriba-sinov ishini tashkil qilish




3.2.

Tajriba-sinov ishini borishi




3.3.

Tajriba-sinov ishini natijalari




3.4.

Metodik tavsiyalar




Uchinchi bob bo‘yicha xulosa




Xulosa va takliflar




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




Ilovalar






KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Ma'lumki, o‘zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi.Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Prizedentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 2021-yilda maktablarning kamida 3 foiz, 2025 yilgacha-20 foiz, 2030 yilgacha 50 foiz tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq “Zamonaviy maktablar”ga aylantirish vazifasi qoyilgan. Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining samarali ijrosi mamlakatimizda taʼlim sifatini oshirishga turtki boʻladi.Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda oʻqituvchilarning oʻrni muhim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirishdir.Taʼkidlab oʻtish kerakki, murakkab oʻtish yillarida maktabda oʻqituvchi kasbining obroʻyi va nufuzi pasayib ketdi. Oʻqituvchilardan taʼlim sifatini taʼminlash emas, balki qishloq xoʻjaligi va obodonlashtirish ishlarida faol ishtiroki talab qilingan.Prezidentimizning siyosiy irodasi natijasida oʻqituvchilar qishloq xoʻjaligi va obodonlashtirish ishlari hamda boshqa majburiy mehnatdan ozod qilindi.Ularning mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda oʻqituvchilarning ish haqi oʻrtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qoʻshimcha oylik ustamalar toʻlanmoqda. Bu olis hudud taʼlim muassasalariga yetishmayotgan mingdan ziyod oʻqituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan oʻqituvchilarga pensiya toʻliq miqdorda berilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda.
Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.
Muammoning o’rganilganlik darajasi.Ta'lim qanchalik samarali, bu sohada qanday yangilanishlar talab qilinadi va nimadan voz kechish kerak - bularning barchasi ta'lim jarayonini davriy monitoring va baholash orqali aniqlanadi. Ushbu qiyin jarayon juda katta kuch, mashaqqatli mehnat, chuqur salohiyat va samimiy istakni talab qiladi.Ta'lim sifatini nazorat qilishdan maqsad nima?
Ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Ta'limni monitoring qilish uning sifatini baholash tizimining ichki qismidir. U joriy faoliyatni nazorat qilish uchun axborot ta'minoti bo'lib xizmat qiladi. Aslida, monitoring - bu ta'lim faoliyati xususiyatlarining miqdoriy va sifat o'zgarishini belgilaydigan barcha jarayonlarni har tomonlama tahliliy kuzatish. Uning natijasi - erishilgan yutuqlar, ularning shartlari davlat tizimining me'yoriy hujjatlari va mahalliy aktlarida belgilangan talablarga qay darajada javob berishiga oid xulosa.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling