Toshkent kimyo xalqaro universiteti


Tadqiqotning ilmiy farazi: Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish mumkin, qachonki


Download 159.5 Kb.
bet3/15
Sana18.06.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1562094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Magistrlik dessertatsiyasi

Tadqiqotning ilmiy farazi: Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish mumkin, qachonki:

  • Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali ta’lim sifati va baholash tizimining nazariy va amaliy holati o‘rganilsa;

  • Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ishlab chiqilsa;

  • Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish bo‘yicha samarali shakl, metod va vositalar ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilsa.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

  • Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish usullari aniqlab olindi;

  • ta’lim sifati va baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ishlab chiqildi;

  • Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatishga tatbiq etildi hamda natijalari aniqlanildi.

Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati:
Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatishning nazariy va amaliy holati o‘rganildi va ta’lim sifati va baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 3 bob, 10 bo'lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat .


1-BOB. O`QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O`RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI

    1. O`quvchilarni ijodiy fikrlashining psixologik asoslari




    1. O`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish yo’llari

O’zbekiston o’zining mustaqilligiga erishgach, o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol tarbiyalash masalasi davlat miqyosidagi ustuvor masala etib belgilandi, bu yo’nalishda respublika Prezidentining ko’plab qarorlari, Farmonlari qabul qilinib muhim islohotlar amalga oshirildi va yanada mukammal holda davom ettirilmoqda. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlash bugungi boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni oson va qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o‘qituvchining ham professional o‘sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.
O‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish qachondan boshlanadi? degan savol tug'ilishi tabiiy. Buning uchun insonnning fikrlash jarayonining shakllanish bosqichlarini bilish lozim. Insonnning fikrlash jarayoni hayotni, insonlarni, ular orasidagi munosabatlarni, tabiatni sezgilar yordamida kuzatish jarayonida shakllana boradi. Bola dunyoga kelgandan boshlab hayotni, kattalar faoliyatini, tabiatdagi voqea va hodisalarni ko‘rib, kuzatib, ularni o‘ziga o‘zlashtira boshlaydi va natijada unda tasavvurlar paydo bo‘ladi, nutq shakllanadi. Shuning bilan birgalikda bola sezgilari yordamida to‘plagan ma'lumotlari asosida ko‘plab tasavvur boyliklariga ega bo‘ladi va uni tushunishga, anglashga intiladi. Shuning uchun ularda ko‘plab savollar paydo bo‘ladi. Masalan, osmonda nima bor? Nega kecha va kunduz bo‘ladi? Qushlar nega uchadi? Nega men kichkinaman? Nega ranglar xilma-xil? Nega yomg'ir, qor yog'adi? Ular qaerdan paydo bo‘ladi?Bulut-chi? va hokazo.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling