Maktab ta'limi sifatini baholash nimani o'z ichiga oladi?
Ta'lim sifatini baholash maktabning o'quv jarayonidagi sanitariya-gigiena standartlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, shuningdek o'quvchilar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarning bajarilishini tekshirishni o'z ichiga oladi. Ta'lim faoliyati holatini, uning natijalari va shartlarini har tomonlama o'rganish va tahlil qilish uchun ekspertiza usullaridan foydalaniladi.
Ichki baholash deganda maktabning o'zi tomonidan, odatda ma'muriyat, o'qituvchilar, o'quvchilar tomonidan, shuningdek, ota-onalar va jamoatchilik ishtirokida tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan protseduralar tushuniladi. Olingan ko'rsatkichlar maktabni rejalashtirish asosida operativ qarorlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi. Maktabda ta'lim sifatini belgilaydigan analitika uchun talab qilinadigan ushbu baholash turiga misollar sifatida o'quv jarayoni sub'ektlarini o'z-o'zini baholash, statistik ma'lumotlarni yig'ish, maktab monitoringi, o'quv dasturlarini baholash va ota-onalar so'rovlari kiradi.
Tadqiqotning metodologik asosi
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni. Shuningdek, tadqiqotning metodologik asosi sifatida Potashnik, MM Ta’lim sifati: muommolar va boshqaruv texnologiyasi(savol va javoblar). / M.:Rossiya Pedagogika Jamiyati,2002 yaratgan darsliklari, o’quv qo’llanmalari, fikr-mulohazalari olindi, tdi.uz sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.
Tadqiqot maqsadi: Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish uchun yangi g’oya usul va uslublar ishlab chiqish
Tadqiqot obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablari,ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
Tadqiqot predmeti:talim sifatini taminlash,baholash tizimi
Tadqiqot vazifalari:
Mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo'nalishidagi manbalarni o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni o'rganish.
Ta’lim sifati va baholash tizimini qayta ko’rib ishlab chiqish.
Interfaol ta’limni o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish chora tadbirlarini ilmiy jihatdan asoslash.
Tadqiqot metodlari: pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy tahlil etish; anketa so‘rovnomalari o‘tkazish, kuzatish, suhbat, tajriba-sinov ishlari, tadqiqot natijalarini umumlashtirish va matematik statistika uslublarini qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |