Kolloid kimyo
V. Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni rasmiylashtirish topshirish tartibi
Download 2.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- “KOLLOID KIMYO” (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. Talabalar mustaqil ishlarini bajarilishini nazorat qilish va baholash
V. Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni rasmiylashtirish topshirish tartibi
5.1. Fanlardan mustaqil ishlar bo’yicha tayyorlangan materiallar talabaning fan bo’yicha tutgan ma’ruza va amaliy (seminar) mashg’ulotlari daftariga yoziladi, o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va qisqa og’zaki so’rov orqali baholanadi. Laboratoriya mashg’ulotlarida mustaqil ish topshiriqlarini bajarish natijalari ham laboratoriya daftariga yoziladi. Talaba har bir laboratoriya ishi bo’yicha kollokvium topshirganidan so’ng laboratoriya ishini bajarishga ruxsat etiladi va ishni to’la topshirgandan so’ng baholanadi. 5.2. Hisob-chizma ishlarini hamda kurs ishi yoki kurs loyihasi ishlarini mustaqil bajarish natijalari belgilangan tartibda yoziladi va himoya qilinadi, baholanadi. 5.3. Kafedralar tomonidan fanlardan ma’ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha mustaqil ish topshirish grafigi semestr boshlanishida kafedraning reytinglar oynasiga osib qo’yiladi. 5.4. Fanlardan o’quv mashg’ulotlari kesimida mustaqil ish topshiriqlarini grafik asosida mashg’ulot daftariga qayt etib bajarish va muddatida topshirish mas’uliyati talabaga, nazorati fan o’qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Belgilangan muddatda topshirilmagan mustaqil ish topshiriqlari fakultet dekanatining ruxsatnomasi asosida JNdan keyingi JNga qadar, ONdan keyingi ONga qadar muddatlarda topshirishga ruxsat etiladi. VI. Talabalar mustaqil ishlarini bajarilishini nazorat qilish va baholash 6.1. Fanlardan talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi fan o’qituvchisi tomonidan nazorat qilinadi. Fan o’qituvchisi mustaqil ish topshiriqlarini muddatida bajarmagan va topshirmagan talabalar to’g’risida kafedra yig’ilishida axborot beradi. Kafedraning yig’ilish qaroriga asosan dekanatlarga o’zlashtirmagan talabalar to’g’risida ma’lumot beriladi. 6.2. Fanlardan talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi kafedra yig’ilishlarida har oyda bir marta, fakultet kengashida semestr davomida kamida uch marta muhokama etiladi. 6.3. Fanlardan talabalarning mustaqil ishlari o’quv rejada fan bo’yicha ajratilgan soatlar hisobidan ishlab chiqilgan reyting ishlanmaga ko’ra reyting jadvalida qayd etilgan bo’lib, JN va ON uchun ajratilgan ballarga qo’shib baholanadi. 6.4. Fanlardan JN va ON hamda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo’yicha to’plangan ballari kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi. 6.5. Fanlardan talabalar mustaqil ishlarini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishli tartibda tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o’quv semestri boshlanishida e’lon qilinadi. Har bir mustaqil ishning mavzusiga ballar ajratish, fanning reyting ishlanmasiga asoslanilgan holda fan o’qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi hamda kafedra yig’ilishida muhokama etilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlashga tavsiya etiladi.
Download 2.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling