Kolloid sistemalarning rangi. Kolloid eritmalarda yorug‘lik nurining yoyilishi. Tindal-faradey effekti


Ag zolining disperslik darajasiga ko‘ra rangi


Download 1.38 Mb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1061454
1   2   3   4   5
Bog'liq
slayd kolloid kimyo

Ag zolining disperslik darajasiga ko‘ra rangi:
PRESENTATION TITLE
6

Zarrachaning o‘lchami, nm hisobida

Zolning rangi

79

To‘q sariq

90

Qizil

110

Ko‘k binafsha

160

Ko‘k

Agar jismga tushayotgan yorug'likning to‘lqin uzunligi jism zarrachalariga qaraganda kichik bo‘lsa, yorug‘lik geometrik optika qonunlariga muvofiq, jismdan qaytadi. Lekin jism zarrachalarining kattaligi tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligidan ancha kichik (masalan, uning 0,1 qismi qadar) bo‘lsa, bu holda sodir bo‘ladigan optik hodisalar ichida yorug‘likning tarqatilishi asosiy o‘rinni tutadi.

Shuning uchun kolloid dispers va dag‘al dispers sistemalar ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nuri bilan yoritilganida, dispers faza zarrachalari tushayotgan yorug‘lik nurlarini tarqatib yuboradi. Dispers sistemadan


intensiv yorug‘lik nurini o‘tkazib, sistemaga yorug’lik nuri yo‘nalishiga nisbatan biror burchak ostida qaraganimizda, sistema ichida yorug‘ konusni ko‘ramiz. Bu hodisani avval Faradey, so‘ngra Tindal tekshirgan edi. Shuning uchun bu hodisa Tindal-Faradey effekti deb ataladi.
8

TINDAL- FARADEY EFFEKTI

  • Tindal-Faradey effektini ko‘rish uchun to‘rt qirrali shisha idishga (kyuvetaga) dispers sistema (C) solinadi-da, qora parda oldiga qo‘yilib, proyeksion fonar (A) bilan yoritiladi. Bu tajribada yorug’ konus hosil bo’ladi, buning sababi shundaki, kolloid zarrachalarga tushgan yorug’lik zarrachalar tomonidan tarqatiladi, natijada har qaysi zarracha xuddi yorug’lik beruvchi nuqtadek bo’lib ko‘rinadi. Mayda zarrachalarning yorug’lik tarqatish hodisasi opalessensiya deyiladi.

Haqiqiy eritmalarda, toza suyuqliklar aralashmasida yorug’lik nihoyatda kam tarqaladi va Tindal-Faradey effekti yuz bermaydi. Uni faqat maxsus asboblar yordamida ko‘rish mumkin. Ba’zan tashqi ko‘rinishiga qarab kolloid eritmani haqiqiy eritmadan ajratib bo’lmaydi, ayni sistemani kolloid yoki haqiqiy eritma ekanligini aniqlashda Tindal-Faradey effektidan foydalaniladi. Tindal-Faradey effektining intensivligi zolning disperslik darajasi ortishi bilan kuchayadi, disperslik ma’lum darajaga borganda maksimumga yetadi-da, so‘ngra pasayadi.
10
Dag‘al dispers sistemalarda (ularning zarrachalari yoruglik to‘lqin uzunligidan katta bo‘lganligi sababli) muhit-zarracha chegarasida yorug‘likning tartibsiz qaytishi va betartib sinishi natijasida yorug‘likning sochilishi hodisasi kuzatiladi. Dag‘al dispers sistemalarda to‘lqin uzunliklari turlicha bo‘lgan nurlar bir xilda tarqaladi. Agar sistemaga oq nur tushsa, sistemadan tarqalgan nur ham oq bo‘ladi.Lekin kolloid eritma zarrachalarning o‘lchamlari yorug‘likning to‘lqin uzunligidan kichik bo‘lganligi uchum difraksiya hodisasi, ya’ni yorug‘lik zarrachani “o‘rab o‘tib” o‘z yo‘nalishini o‘zgartirish hodisasi vujudga keladi.
11

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling