Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida misellyar nazariya
K o l l o i d z a r r a ch a
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
9-маъруза (2)
K o l l o i d z a r r a ch a
M i t s e l l a bu yerda: m - agregat qismiga kiradigan molekulalarning soni. n - potensial hosil qiluvchi ionlarning soni. (n-x) - adsorbsion qavatga kiradigan qarshi ionlarning soni. x - diffuzion qavat hosil qilgan qarshi ionlarning soni. m, n va x lar xar xil bo‘lishi mumkin. Bularning qiymatini o‘zgarishi zollarning olinish usullariga bog‘liq. Odatda har doim m ≥n. Yadro adsorbsion qavat bilan birgalikda kolloid zarrachani yoki granulani tashkil etadi. Elektroneytral mitsellalarga qaraganda kolloid zarracha zaryadga ega, biz keltirgan misolda u manfiy zaryadga ega. Kolloid zarracha bilan diffuzion qavat o‘rtasidagi chegara - sirg‘anish chegarasi (yoki sirti) deb ataladi. Keltirilgan formulada adsorbsion qavat bilan diffuzion qavat o‘rtadagi keltirilgan katta qovusga to‘g‘ri keladi. Sirg‘anish chegarasi shunday geometrik yuzani bildiradiki, u qaysiki broun harakati natijasida mitsellaning kolloid zarracha bilan diffuzion qavatining uzilishi (ajralishi) natijasida hosil bo‘ladi. KOLLOID SISTEMALARNING TUZILISHI HAQIDA MITSELLYAR NAZARIYA Rus olimlari A.V.Dumanskiy, N.P.Peskov, S.M.Lipatov, A.N.Frumkin hamda chet ellik olimlar Fayans, Kroyt va boshqalar qo‘sh elektr qavat nazariyalari asosida kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida mitsellyar nazariya yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Dastlab bu nazariyani kolloid kimyoda o‘rganiladigan barcha obektlar (shu jumladan, liofil zollar) uchun tatbiq etish mumkin, deb faraz qilindi. Lekin keyinchalik olib borilgan tekshirishlar mitsellyar nazariyaning faqat liofob kolloidlarga taalluqli ekanligini aniq ko‘rsatdi. Liofil zollar, ya’ni yuqori molekulali va polimer moddalarning eritmalari tamomila boshqa tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Mitsellyar nazariyaga muvofiq, har qanday liofob (gidrofob) kolloid eritma ikki qismdan iborat: ularning biri – mitsellalar bo‘lib, ikkinchisi intermitsellyar suyuqlikdir. Mitsellalar – alohida kolloid zarrachalar bo‘lib, ular zolning dispers fazasini tashkil etadi. Intermitsellyar suyuqlik esa o‘sha zolning dispersion muhitidan iborat. Uning tarkibida dispersion muhitdan tashqari yana boshqa erigan moddalar (elektrolit va elektrolitmaslar, mitsella tarkibida uchramaydigan birikmalar) bo‘ladi. Mitsella – oddiy molekulalarga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Unda ikki qism – neytral modda – agregat va qo‘sh qavatdan iborat sirtqi ionogen qism mavjud. Mitsellaning agregati juda ko‘p atom yoki molekulalardan tarkib topgan neytral modda bo‘lib, unga tarkibida bor birorta adsorblangan ionlar qurshab turadi. Qarama-qarshi ionlar dispersion muhitda ikkinchi elektr qavatni hosil qiladi. Liofob kolloid eritma tarkibida bo‘lgan elektrolit ionlari zolni barqaror qilib turadi. Shuning uchun ham ular ionli stabilizatorlar deb ataladi. Agregat va unga adsorbilangan ionlar birgalikda yadro deyiladi. Qarshi ionlarning bir qismi yadroga kuchliroq tortilib, adsorbsion qavatni hosil qiladi. Yadro va adsorbsion qavat birgalikda granula yoki kolloid zarracha deyiladi.Granula ma’lum zaryadga ega bo‘lgani uchun uning atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlarning qolgan qismi yig‘iladi, lekin bu ionlar zarrachaga zaifroq tortilib turadi va dispersion muhitni tashkil qiladi. Shunday qilib mitsella - granuladan va uning atrofidagi qarama- qarshi zaryadli ionlardan iborat sistemadir. Mitsella Broun harakati ta’sir etmagan sharoitda elektroneytral bo‘ladi. Uni intermitsellyar suyuqlik qurshab turadi. Misol tariqasida silikat kislota zolini ko‘rib chiqamiz. Bu sistemada yadro rolini SiO2, ionli stabilizator rolini nHSiO3 - o‘taydi. Silikat kislota molekulalari quyidagi sxema bo‘yicha juda kam dissotsilanadi: nH2SiO3↔nHSiO3 - + nH + Shuning uchun silikat kislota zolining mitsellasida qarshi ion (H + ) larning soni nHSiO3 - teng bo‘ladi; bu yerda: m [SiO2] - yadro m [SiO2] nHSiO3 - - agregat {m[SiO2]n nHSiO3 - (n –x) H + } x– - kolloid zarracha (granula) xH + - diffuzion qavat Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling