Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida misellyar nazariya


b) musbat zaryadli kolloid zarracha, v- mitsellada zaryadlarni va potensialni


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1008786
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-маъруза (2)

b) musbat zaryadli kolloid zarracha, v- mitsellada zaryadlarni va potensialni 
taqsimlanishi. 
Natijada amorf zarracha ichida ma’lum kuchlanish paydo bo‘lib, 
zarracha kristallanadi va bu kristallar mitsellaning yadrosini tashkil etadi. 
Kristallanish jarayoni turli kolloid sistemalarda turlicha tezlik bilan 
boradi. V.A.Kargin va Z.Y.Berestneva olgan natijalarga ko‘ra, kristallanish 
jarayoni oltin zolida (xona haroratsida) zol tayyorlanganidan 5 minutdan 
keyin, vanadiy (V)- oksid zolida 1 soatdan keyin, alyuminiy gidroksid zolida 
taxminan 1 sutkadan keyin, silikat kislota zolida taxminan 2 yildan keyin tamom 
bo‘ladi. 
KOLLOID ERITMALARNING ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIGI 
Kolloid eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi ikkita tarkibiy qismdan 
tashkil topadi: biri – kolloid zarrachalarning harakatidan kelib chiqqan elektr 
o‘tkazuvchanlik, ikkinchisi – kolloid eritmada ishtirok etuvchi elektrolitlar 
tufayli vujudga keladigan elektr o‘tkazuvchanlikdir. Shu sababli kolloid 
eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi kolloid zarrachalarning hamda zoldagi 
ionlarning zaryadi, soni va harakatchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Kolloid eritmada 
begona ionlar nihoyatda kam bo‘lsa, (masalan, yuqori darajada tozalangan oqsil 
va polielektrolitlarning kolloid eritmalarida) elektr o‘tkazuvchanlik natijalaridan 
foydalanib, zarrachalarning solishtirma zaryadini yoki harakatchanligini aniqlash 
mumkin. Lekin bu yo‘l bilan liofob kolloidlarning elektr o‘tkazuvchanligini 
aniqlash qiyin. 


Kolloid eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini yuqori chastotali elektr 
maydonida tekshirish orqali ularning dielektrik xossalari haqida fikr yuritish 
mumkin. 
Ko‘pchilik 
liofob 
kolloid 
eritmalarda 
zarrachalarning 
elektr 
zaryadlari assimetrik ravishda taqsimlanadi. Shu sababdan kolloid zarrachalar 
deyarli katta dipol moment qiymatiga ega bo‘ladi va elektr maydonida 
oriyentatsiyalanadi. Ana shunday kolloid eritmalarning dielektrik konstantasi 
nihoyatda katta bo‘ladi. Masalan, toza suv uchun 
ε = 81, lekin tarkibida 1 % 
V2O5 zoli bo‘lgan eritma uchun ε = 400. Aminokislota, oqsil, nuklein 
kislotalarning dielektrik konstantalari ham ancha katta; lekin ko‘pchilik liofob 
kolloid eritmalar uchun 
ε ning qiymatlari kichik bo‘ladi. 
Elektr maydoni chastotasining keng intervalida dielektrik konstantani 
aniqlash natijalaridan kolloid kimyoda ko‘p foydalaniladi. 
Kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalarini o‘rganish katta nazariy 
va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, Elektroforez neftni suvsizlantirishda, chinni, 
sopol ishlab chiqarish sanoatida, suspenziya va keramik massa tayyorlashda, 
latekslardan rezina buyumlar tayyorlashda, hamda meditsinada ishlatiladi. 
Elektroosmos torfni, yog‘ochni quritishda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling