Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida misellyar nazariya
b) musbat zaryadli kolloid zarracha, v- mitsellada zaryadlarni va potensialni
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
9-маъруза (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOLLOID ERITMALARNING ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIGI
b) musbat zaryadli kolloid zarracha, v- mitsellada zaryadlarni va potensialni
taqsimlanishi. Natijada amorf zarracha ichida ma’lum kuchlanish paydo bo‘lib, zarracha kristallanadi va bu kristallar mitsellaning yadrosini tashkil etadi. Kristallanish jarayoni turli kolloid sistemalarda turlicha tezlik bilan boradi. V.A.Kargin va Z.Y.Berestneva olgan natijalarga ko‘ra, kristallanish jarayoni oltin zolida (xona haroratsida) zol tayyorlanganidan 5 minutdan keyin, vanadiy (V)- oksid zolida 1 soatdan keyin, alyuminiy gidroksid zolida taxminan 1 sutkadan keyin, silikat kislota zolida taxminan 2 yildan keyin tamom bo‘ladi. KOLLOID ERITMALARNING ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIGI Kolloid eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi ikkita tarkibiy qismdan tashkil topadi: biri – kolloid zarrachalarning harakatidan kelib chiqqan elektr o‘tkazuvchanlik, ikkinchisi – kolloid eritmada ishtirok etuvchi elektrolitlar tufayli vujudga keladigan elektr o‘tkazuvchanlikdir. Shu sababli kolloid eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi kolloid zarrachalarning hamda zoldagi ionlarning zaryadi, soni va harakatchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Kolloid eritmada begona ionlar nihoyatda kam bo‘lsa, (masalan, yuqori darajada tozalangan oqsil va polielektrolitlarning kolloid eritmalarida) elektr o‘tkazuvchanlik natijalaridan foydalanib, zarrachalarning solishtirma zaryadini yoki harakatchanligini aniqlash mumkin. Lekin bu yo‘l bilan liofob kolloidlarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash qiyin. Kolloid eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini yuqori chastotali elektr maydonida tekshirish orqali ularning dielektrik xossalari haqida fikr yuritish mumkin. Ko‘pchilik liofob kolloid eritmalarda zarrachalarning elektr zaryadlari assimetrik ravishda taqsimlanadi. Shu sababdan kolloid zarrachalar deyarli katta dipol moment qiymatiga ega bo‘ladi va elektr maydonida oriyentatsiyalanadi. Ana shunday kolloid eritmalarning dielektrik konstantasi nihoyatda katta bo‘ladi. Masalan, toza suv uchun ε = 81, lekin tarkibida 1 % V2O5 zoli bo‘lgan eritma uchun ε = 400. Aminokislota, oqsil, nuklein kislotalarning dielektrik konstantalari ham ancha katta; lekin ko‘pchilik liofob kolloid eritmalar uchun ε ning qiymatlari kichik bo‘ladi. Elektr maydoni chastotasining keng intervalida dielektrik konstantani aniqlash natijalaridan kolloid kimyoda ko‘p foydalaniladi. Kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalarini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, Elektroforez neftni suvsizlantirishda, chinni, sopol ishlab chiqarish sanoatida, suspenziya va keramik massa tayyorlashda, latekslardan rezina buyumlar tayyorlashda, hamda meditsinada ishlatiladi. Elektroosmos torfni, yog‘ochni quritishda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling