Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida misellyar nazariya
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
9-маъруза (2)
AgNO
3 + KJ AgJ + KNO 3 Bunda kolloid zarrachalarning qiyin eriydigan mikrokristallari hosil bo‘ladi va tarkibida m molekula AgJ bo‘ladi. Bu mikrokristallar agregatlar deb ataladi. Agarda kimyoviy reaksiya kaliy yodidning ortiqcha miqdori bilan ketsa, u holda shu hosil bo‘lgan agregatlarning sirtida n miqdordagi J - ionlari adsorblanishi natijasida manfiy zaryadlangan qavat hosil bo‘ladi. Bunda yod ionlari potensial aniqlovchi ionlar bo‘lib qoladi. Xosil bo‘lgan agregat shu yodning potensial hosil qiluvchi ionlari bilan birgalikda qattiq fazaning zarrachasi bo‘lib “yadro” deb ataladi. Elektrostatik kuchlar ta’sirida shu yadroga, yadroning zaryadlarini kompensatsiya (yoki to‘ldirish uchun) qilish uchun n miqdorda qarshi ishorali ionlar (qarshi ionlar) tortiladi. Bunday paytda bu vazifani K + ionlari bajaradi. Bir qism (n-x) qarshi ionlar, yadroga juda yaqin joylashgan bo‘ladi va u suyuqlikning qavatida bo‘lib, suyuqlik qattiq yadroning sirtini xo‘llab turadi. Bu ionlarga na faqat elektrostatik kuchlar, balki yadroning Van-der-Vals kuchlari ham ta’sir qilib turadi. Shuning uchun bu qism qarshi ionlar yadro atrofida qattiq ushlanib, qarshi ionlarni adsorbsion qavatini hosil qiladi. Qolgan x miqdordagi qarshi ionlar yadro bilan kuchsiz, ya’ni faqat elektrostatik kuchlar orqali bog‘langan. Bu ionlar issiqlik harakati ta’sirida suyuqlik orasida betartib (diffuz) joylashgan bo‘lib, diffuzion qavatini tashkil etadi. Demak, mitsella - oddiy molekulalarga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Unda ikki qism - neytral modda-yadro va qo‘sh qavatdan iborat ionogen qism mavjud. Mitsellaning yadrosi juda ko‘p atom yoki molekulalardan tarkib topgan neytral modda bo‘lib, uni ionlar qurshab turadi. Yadro va unga adsorbsiyalangan ionlar birgalikda granula yoki kolloid zarracha deyiladi. Granula ma’lum zaryadga ega bo‘lgani uchun uning atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlar yig‘iladi, bularning bir qismi kuchliroq bir qismi zaifroq yadroga tortilib turadi. Shunday qilib mitsella - granuladan va uning atrofiga to‘plangan qarama- qarshi zaryadli ionlardan iborat sistemadir. Mitsella elektr maydon ta’sir etmagan paytda elektroneytral bo‘ladi. Uni intermitsellar suyuqlik qurshab turadi. Mitsellaning strukturasini quyidagicha yozish va sxemada ko‘rsatish mumkin: AgJ - zolining mitsella sxemasi. [m (Ag J) n J - (n - x) K ] x- X K + Agregat Potensial aniqlovchi ion Adsorbsion qavat Diffuzion qavat Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling