15а-ma’ruza
KOLLOID
ZARRACHALARNING TUZILISHI
HAQIDA MISELLYAR NAZARIYA
REJA:
1. Kolloid zarrachalarning tuzilishi. Mitsella.
2. Potensial hosil qiluvchi ionlar.
3. Ionlar qavati.
4. Mitsella tuzilishiga doir misollar.
5. Mitsella yadrolarining tuzilishi to‘g‘risidagi fikrlar.
6. Kolloid eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Mitsella
-
alohida kolloid zarrachalar, ular zolning
dispers fazasini tashkil etadi.
Intermitsellyar suyuqlik
- zolning dispersion muhiti.
Yadro
-
neytral modda, mitsellaning markazida turadi.
Granula
- Yadro
va unga adsorblangan ionlar
Qo‘sh qavat
- adsorbsion
va diffuzion qavatlar
Mitsella elektr maydon ta’sir etmagan sharoitda elektroneytral bo‘ladi. Uni
intermitsellyar suyuqlik qurshab turadi.
Bularni quyidagi sxema shaklida yozish
mumkin:
granula, ya’ni kolloid zarracha
+
qo‘sh adsorbsion qavat,
mitsella
=
granula +
qarama - qarshi zaryadli ionlarning diffuz qavati,
zol
=
mitsella +
intermitsellyar suyuqlik; granula (kolloid zarracha).
Mitsellani quyidagi sxema shaklida tasvirlash mumkin:
Yadro
Adsorbsion qavat
Adsorbsion
qavatdagi qarshi
ionlar
Diffuz
qavatdagi
qarshi ionlar
Kolloid zarracha (granula)
Mitsella
Misol tariqasida
temir III – gidroksid zolini ko‘rib chiqamiz. Bu
zolni hosil
qilish uchun temir III – xlorid eritmasi issiq holatda gidroliz qilinadi.
Birinchidan,
mayda kristallar hosil bo‘lishi uchun reaksiya suyultirilgan eritmalarda o‘tkaziladi,
ikkinchidan qo‘sh elektr qavat hosil bo‘lish uchun
reaksiyaga kirishuvchi
moddalardan biri mo‘l miqdorda olinadi.
Gidroliz reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: