Kolonkali xromotografiyaning qo`llanishi
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqKolonkali xromotografiyaning qo`llanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolonkali xromotografiyada ranglar taqsimoti
Bu xromatografiya usulidan aralash moddalarning adsorbent yuzasidan adsorbsiyalanish (yutilish) va deformasiyalanish (yuvilish) jarayoni juda ko‘p marta qaytariladi. Demak, bu xromatografiyada surilmaydigan adsorbent bilan kolonkali xromatografiyada harakatlanuvchi ajralayotgan aralash modda eritmasi o‘rtasida qayta-qayta muvozanat o‘rnatilishi aralash moddani bir-biridan ajralishiga olib keladi. Moddalarning adsorbentda bog‘lanishi va erituvchi bilan desorbsiyalanishi bir xil bo‘lmaganligi sababli, moddalar adsorbent xromatografik kolonkaning yuqori qismidan pastga qarab surilib, har bir modda bir-biridan uzoqlasha borib hamda zonalarga ajralib halqalar hosil qila boshlaydi va shu tarzda moddalar erituvchi bilan birga siljib yuvilib tushadi. Kolonkali xromatografiyada moddalarni bo‘lish uchun ishlatilayotgan erituvchida kamroq eriydigan moddalar keyinrok tushishi yoki boshqa erituvchi bilan surib tushirilishi mumkin.
Kolonkali xromotografiyada ranglar taqsimotiBu yuvilib tushib bo‘linayotgan moddalar eritmasi- elyuatni fraktsiyalarga bo‘lib yig‘iladi va har bir fraktiya aloxida- alohida tekshiriladi. Kolonkali xromatografiya yordamida xromatografiya qilishda moddalarni oldinma-ketin bo‘lish uchun ishlatiladigan erituvchilar- elyuentlar o‘zlarining qutbli kuchlariga qarab elyuotrop qatoriga ega. Bu qator quyidagicha: petroley efir, tetraxlormetan, toluol, benzol, xloroform, dietilefir, etilasetat, aseton, etanol, metanol, sirka kislota va suv. Moddalarni yuvib olishda qo‘llanilayotgan elyuent, masalan, petroley efiri kolonkada qolgan moddani yuvib chiqara olmay qolsa, u holda elyuotrop qatoridagi keyingi erituvchi qo‘llaniladi. Adsorbent yuzasida kuchliroq yutilib qolgan moddalar ko‘pincha metil yoki etil spirt bilan yuvib bo‘lib olinadi. Agar xromatografiya qilinayotgan eritmada rangli moddalar aralashmasi bo‘lsa, kolonkada turli balandlikda har xil rangli halqalar hosil bo‘ladi. Bu xromatografiya kolonkadagi rangli zonalar elyuent bilan yuvilganda bir-biridan uzoqlashgandan so‘ng yuvish (bo‘lish) to‘xtatilib, xromatogramma kalonkadan ohistalik bilan tushirilib, zonalar bir-biridan ajratib olinadi va adsorbentda yutilgan moddalarni ma‘lum erituvchida eritib olish mumkin.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling