Kolorado daryosidagi kanon


Moxave cho‘lining bahorgi manzarasi


Download 36.74 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2023
Hajmi36.74 Kb.
#1144547
1   2   3   4
Bog'liq
TemirovSuxrob

Moxave cho‘lining bahorgi manzarasi.
Katta Havza ko‘lining atroflarida tuproqlar sho‘rlangan bo‘lib, o‘simliklari juda siyrakdir. Bu erda sho‘ralar, ba’zi bir olabuta turlari, sal daraxti, sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi sharsimon butalar o‘sgan joylar uchraydi.
Janubda haqiqiy butazor tundra o‘sgan joylar bor; ularda kaktusdoshlardan ustunsimon kaktus, yukka va agavalar katta rol o‘ynaydi. Ularga to‘q mayda bargli kreozot butasi, meskit va boshqa xil ko‘p yillik tikanli butalar aralashib o‘sadi. Bu cho‘l o‘simliklari qoplami orasida hech unumsiz, to‘zima qumli va tosh qurumli joylar uchraydi.
Bu joylarning aholisi kam. Aholi asosan foydali qazilmalar qazib olinadigan, suvlari bo‘lgan va har er-har erda haydab, ekin ekiladigak erlari bor tog‘ etaklari yaqinida yashaydi. Bu erlarda mevali bog‘lar, sabzavot va poliz, bug‘doy va arpa ekilgan maydonlarni uchratish mumkin. Erlarning bir qismi, ayniqsa tog‘ yonbag‘irlarida yaylov sifatida foydalaniladi.
Janubda indeetslarning bir necha qabilasi yashaydi; ular bu erlarga ancha ilgari haydab chiqarilgan bo‘lib, yarim ko‘chmanchi chorvachilik va obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar.
Qoyali tog‘lar yonbag‘irlarida yana o‘rmonlar uchraydi. Ular shimolda g‘arbiy tilog‘och, duglas pixtasi, eli, tsuga, tuyadan tarkib topgan, janubda sariq qarag‘ay, archa va oq pixta ko‘p tarqalgan.
Tog‘larning shimoliy qismida o‘rmonlar tog‘ tizmalarining yonbag‘irlarinigina emas, balki butun vodiyni ham egallaydi. Vodiylarda janubga tomon o‘rmonlar tugab, ular o‘rnini dasht tipidagi o‘t o‘simliklari oladi. Tog‘larning yuqori qismlarini ayniqsa shimolda, subalp va alp o‘simliklari-qoplagan.
Ko‘rib o‘tilgan oblast tabiiy sharoitiga ko‘ra AQSH ning eng xilma-xil va qiziqarli qismidir. Unda katta-katta qo‘riqxonalar bunyod etilgan. Yosemit vodiysidagi qo‘riqxonalar va Serra-nevada tog‘larida Sekvoyya qo‘riqxonasi eng mashhurdir, Qoyali tog‘larda esa mashhur Yellouston milliy parki bor.
Yellouston milliy parki maydoni 9000 km2 va balandligi 2100-2500 m li baland platoni egallaydi. U hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Plato vulkan jinslari kul, lava va brekchiyalardan tarkib topgan. Park avvalo vulkanik jarayonlar oqibatlari tufayli ajoyibdir; vulkanik jarayon qoyali tog‘larda umuman sust rivojlangan, biroq juda katta maydonni egallagan. Parkdagi eng diqqatga sazovor narsa bir necha yuzlab geyzerlardir. Ulkan geyzeri har uch kunda otilib, undan ko‘tarilgan suv fontani 91 m ga etadi, suvining issiqligi +94,8°S. Eski xizmatchi geyzeri har 50-70 minutda +90,4°S suvni 42 m balandlikka otadi. Qo‘riqxonada mingdan ortiq issiq buloq bor, bular orasda parkning shimoliy qismidagi Mamont buloqlari ayniqsa mashhurdir. Geyzer va buloqlar atrofida eritmadan ajralib chi-qadigan kremniyohaktoshli birikmalar ko‘p miqdorda to‘planadi. Ular turli rangda: pushti rang, havarang, va sarg‘ish tusda tovlanadi. Bu yotqiziqlargeyzer hamda buloqlar atrofida butun bir terrasalarni hosil qiladi va sovub ulgurmagan suvlar bu terrasalardan oqib tushib turadi. Suv ba’zi bir terrasalardagi pastqam joylarda turib qolib, kichkinagina ko‘llar hosil qiladi.
Yellouston platosining yuzasida muzlik yotqiziqlari to‘p-to‘p bo‘lib uyilib yotadi va platoni chuqur kanonsimon vodiylar kesib o‘tgan. Qo‘riqxonadagi eng katta Yellouston ko‘li 2770 m balandlikda joylashgan bo‘lib, chuqurligi deyarli yuz metrga etadi. Qo‘riqxonaning deyarli butun territoriyasi igna bargli va mayda bargli o‘rmonlar bilan qoplangan. Mana shularning barchasi tufayli Yellouston parki g‘oyatda go‘zal va maftunkor rayonlardan biri bo‘lib, uning tabiati ayni vaqtda qoyali tog‘larning Katta bir qism-i sharoitini xarakterlaydi. Qo‘riqxona 1872 yili barpo etilganligidan, uning tabiiy sharoiti va landshaftlari yaxshi saqlangan. Qo‘riqxonada AQSH ning turli oblastlariga xos fauna vakillari ko‘p. U erda bizonlar, grizli ayig‘i, qora ayiq, bug‘ular yashaydi.
Download 36.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling