Kolorado daryosidagi kanon


Download 36.74 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi36.74 Kb.
#1144547
  1   2   3   4
Bog'liq
TemirovSuxrob


AQSHning JANUBI G‘ARBIDAGI KORDILERA TOG‘LARI
Bu oblast Kordilera tog‘larining Katta Havzaning shimoliy chekkasidan to Kaliforniya qo‘ltig‘i vaMeksika tog‘ligigacha cho‘zilib ketgan qismini o‘z ichiga oladi. Uning deyarli hamma qismi AQSH territoriyasida 45 va 30° sh. k. orasida joylashgan.
Kolorado daryosidagi kanon.
Kordilera tog‘lari bu qismining tabiiy. sharoiti subtropik kengliklarda joylashganligi, strukturasi bilan orografiyasining xususiyatlari va Tinch okean antitsikloni sharqiy chekka qismining ta’siri bilan belgilanadi. Umuman oblast iqlimi quruq bo‘lib, kserotermik landshaftlar keng tarqalgan.
Kordilera tog‘larining boshqa qismlaridagi kabi, tog‘ tizmalari va ularni ajratib turuvchi plato va botiqlar Tinch okean sohiliga parallel holda cho‘zilgan. G‘arbda o‘rtacha balandlikdagi Qirg‘oqbo‘yi tizmalari polosasi qad ko‘targan; Qirg‘oq bo‘yi tizmalari Tinch okeanga tik jarlik bilan tushib kelib, kam parchalangan bo‘ylamatektonik qirg‘oqlar hosil qilgan. Faqat ayrim joylardagina qirg‘oq bo‘ylab sohil bo‘yi pasttekisliklarining kambar polosasi o‘tgan. Bir joyda tekis va kemalar to‘xtashi uchun noqulay qirg‘oq xarakteri o‘zgarib, quruqlikka San-Fransisko ko‘rfazi chuqur kirib borgan. U SHimoliy Amerikadagi eng qulay tabiiy gavanlardan biridir. Bu buxta okean bilan kengligi 2-3 km li Oltin Darvoza nomli chuqur bo‘g‘oz orqali tutashgan; bu bo‘g‘ozga dunyodagi eng uzun ko‘priklardan biri qurilgan.
Qirg‘oqbo‘yi tizmalarining balandligi 1600-2000 m ga etadi. Ularni ba’zi joylarda Tinch okeanga quyiluvchi ko‘ndalang daryo vodiylari kesib o‘tgan. Neogen oxirida butun qirg‘oq polosasi tektonik harakatlar ta’sirida bo‘lgan; doimiy sezilib turadigan er osti silkinishlari va ba’zan bo‘ladigan kuchli zilzilalar bu harakatlarning hozirgi guvohidir. 1906 yili zilzila vaqtida San-Fransisko shahrining katta qismi vayron bo‘lgan.
Qirg‘oq bo‘yi tizmalaridan sharqda Kaliforniya vodiysi yaslanib yotadi. Bu bukilma mezozoyda paydo bo‘lgan va qalinligi hozirgi vaqtda deyarli 9000 m ga etadigan uvoq jinslar bilan to‘lib qolgan. CHo‘kindi jins qatlamlari orasida vulkanik jinslar qatlamlari uchraydi, vodiyning ichida esa vulkan harakatlari izlari bor.
SHarqda Kaliforniya vodiysi ulug‘vor Serra-nevada tog‘ massiviga borib tugaydi; bu massivni chuqur errozion daralar va muzlik vodiylari kesib o‘tgan. Serra-nevada juda yaxlit, bir butun ko‘tarilgan tog‘dir. Uning eng baland cho‘qqisi Uitni tog‘i (4418 m) Alyaskani hisobga olmaganda, AQSH dagi eng baland tog‘ tepasidir. Serra-nevadaning sharqiy yonbag‘ri, undan shimolroqda joylashgan Kaskad tog‘larining sharqiy yonbag‘ri kabi, ichki plato va yassi tog‘liklari polosasiga qaragan. Serra- nevada massivi bilan Qoyali tog‘lar orasida, Kordilera yassi tog‘liklari orasida eng kattasi hisoblangan Katta Havza joylashgan. Uning er yuzasi o‘rtacha 1500 m gacha qad ko‘targan, biroq balandliklar tafovuti uncha katta emas. YAssi tog‘likni balandligi 3000 m va undan ortiq bo‘lgan (Uiller cho‘qqisi-3982 m) va meridional yo‘nalgan parallel tizmalar kesib o‘tgan. Tog‘ tizmalari orasida chuqur botiqlar bo‘lib, bulardan biri Ajal vodiysining dengiz sathidan chuqurligi 85 m. Botiqning bunday nom olishiga sabab shuki, 1849 yilgi oltin vasvasasi vaqtida oltin qidiruvchilarning bir gruppasi suvsizlikdan halok bo‘lgan.
Katta Havzaning tuzilishida vulkan jinslarning roli juda katta; yassi tog‘likdagi tog‘ tepalarining ko‘pi so‘ngan vulkan konuslaridan iborat.
Hozirgi vaqtdagi juda quruq kontinental iqlim sharoitida yassi tog‘likda mexanik nurash va tog‘ jinslarining nurashi jarayonlari shiddatli ro‘y beradi. Doimiy oqar suvlar yo‘qligidan nuragan jinslar Katta Havzaning o‘zida yirik chaqiq jinslar uyumlari sifatida qoladi va soylik hamda tog‘ yonbag‘irlarida qalashib yotadi. Nuragan jinslar parchalari tagida ko‘milib qolgan tog‘ tizmalarining qirralarigina ajralib turadi. Katta havzada yassi tog‘likni turli yo‘nalishda kesib o‘tuvchi ko‘plab quruq o‘zanlarni va endilikda qismangina ko‘llar bilan band soyliklar yonbag‘rida yaxshi rivojlangan ko‘l terrasalarini ko‘rish mumkin. Bu relef shakllari iqlim ilgari hozirgiga qaraganda ancha sernam bo‘lganligidan darak beradi.
Janubi-sharqda Katta Havzaga balandligi 2000 m dan ortiq bo‘lgan Kolorado platosi kelib tutashadi. Uning fundamenti tokembriy matamorfik va kristalli jinslaridan tarkib topgan bo‘lib, ular ustida kuyi paleozoydan to antropogengacha bo‘lgan yoshdagi cho‘kindi jinslar qatlamlari gorizontal yotadi. Plato zaminida cho‘kkan va qadimgi cho‘kindi jinslar qoplami bilan ko‘milib qolgan tokembriy o‘rta massivi joylashgan. Neogenda butun plato birmuncha kuchli deformatsiyalar ta’sirida bo‘lib, bunda vulkanik harakatlar ham bo‘lgan. Bu deformatsiyalar yassi tog‘lik er yuzasi parchalanib, soylik va baland platolar hosil bo‘lishig olib kelgan; bu platolardan ayrim vulkan tog‘lari qad ko‘targan YAssi tog‘lik geologik tuzilishining barcha xususiyatlari uni turli yo‘nalishda kesib o‘tgan chuqur daryo kanonlarida yaxshi ko‘rinia turadi. Bu kanonlar hozirgiga qaraganda ancha sersuv bo‘lgan daryolar neogen davrida tobora ko‘tarila borgan tog‘larni kesib o‘tishi natijasida paydo bo‘lgan. Kolorado daryosi kanoni ayniqsa haybatlidir. Katta Kanon nomi bilan mashhur bu kanon haqiqatan ham SHimoliy Amerikadagi eng ajoyib tabiiy hodisalardan biridir.
Katta Kanonning uzunligi 350 km, eng chuqur joyi 1800 m, kengligi ba’zi joylarda salkam 25 km keladi. Bu ulkan vodiyning zinapoyasimon yonbag‘irlari deyarli tik jarlik hosil qilgan, tor egri-bugri o‘zani esa kristalli zaminni o‘yib kirgak. Eroziya kanon devorlaridan minora, o‘tkir uchli cho‘qqi yoki ajoyibg‘aroyib xarobalar ko‘rinishida ko‘plab qoldiq shakllar hosil qilgan; bular kanonning umumiy manzarasiga yanada afsonaviy tus beradi.

Download 36.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling