Kolorado daryosidagi kanon
Download 36.74 Kb.
|
TemirovSuxrob
Yosemit vodiysi.
Masalan, Kolorado yaqinida yil davomida suv sathi 15-18 m o‘zgaradi. Koloradoning ko‘p irmoqlari jaladan keyin yoki qorlar erigan vaqtdagina asosiy daryoga etib borib, yilning qolgan faslida qumlarga singib ketadi. Ba’zi bir vaqtinchalik daryolar tipik sel oqimiga o‘xshab, kichikroq haydalgan joylarni shag‘al va loyqa bilan ko‘mib ketadi. Barcha daryolar erlarni sug‘orishda foydalaniladi. Bu jihatdan Kolorado daryosining ahamiyati ayniqsa kattadir; unga to‘g‘on va suv omborlari qurilgan. SHuningdek, Katta SHo‘r ko‘lga quyuluvchi mayda daryolar ham muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘llar o‘zining atrofidagi aholisi zich sanoat rayonini suv bilan ta’minlaydi. Biroq AQSH ning bu qismida bir butun sug‘oruv sistemasi yo‘q; shu sababli aholi goh qurg‘oqchilikdan, goh tez-tez bo‘lib turadigan halokatli toshqinlardan doimo zarar ko‘radi. Kordilera tog‘larida tuproq-o‘simlik qoplami, hamma joydagi kabi, relef va yog‘inlar miqdoriga qarab g‘arbdan sharqqa tomon o‘zgaradi. Qirg‘oq tizmalari ilgari tog‘ tepalarigacha qizil kaliforniya daraxti redvud (Sequoia semperirens), oregan qarag‘ayi va boshqa xil daraxtlar o‘sgan igna bargli o‘rmonlari bilan qoplanib yotardi. Endilikda bu o‘rmonlar ancha kesilib ketgan. O‘rmonlar janubga tomon chapparal tipidagi butazorlar bilan alma-shinadi. CHapparal kam yog‘in rayonlardabirlamchi, o‘rmoni kesib yuborilgan joylarda esa-ikkilamchi o‘simlik tipi sifatida tarqalgan. Kaliforniya vodiysida tipik subtropik o‘simliklar o‘sadi. Vodiyning tagi va yonbag‘irlarining quyi qismlari jigarrang tuproqlar bilan qoplangan, daryo vodiylari bo‘ylab esa allyuvial tuproqlar tarqalgan. tmishda vodiy tagini o‘tlar qoplab, ular qishda ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘sib, bahorda gullagan va yozda qurib qolgan. Vodiyning eng qurg‘oqchil qismlarini chapparal tipidagi butalar egallagan. Tog‘ yonbag‘irlarining quyi qismlarida hozirgacha doimiy yashil dub va sariq qarag‘ayning kichik-kichik o‘rmonlari o‘sadi. Sekvoyya Hozirgi vaqtda Kaliforniya vodiysining hech qaerida tabiiy o‘simlik qoplami saqlanib qolmagan, chunki uning tabiiy sharoiti subtropik o‘simliklar, ayniqsa mevalar etishtirish uchun qulayligidan, u butunlay katta subtropik dehqonchilik rayoniga aylantirilgan. Butun vodiyda biron-bir mevali o‘simlik: uzum, olma, nok, shaftoli yoki sabzavot etishtirishga ixtisoslashgan ko‘plab shaharlar o‘sib chiqdi. Sovuq tushmaydigan ayrim rayonlarda, apelsin va limon etishtiriladi. Serra-nevada yonbag‘irlarida tabiiy o‘simliklar ancha saqlanib qolgan. Ularning Kaliforniya vodiysiga qaragan pastki qismlari taxminan 1000 m balandlikkacha butasimon dubzorlar bilan, undan yuqori qismlari esa-qand qarag‘ayi va sariq qarag‘ay, kedr hamda pixta o‘rmonlari bilan qoplangan. Salkam 1500 m balandda ulkan sekvoyya o‘sgan kichik-kichik o‘rmonlar saqlanib qolgan. Tugab borayotgan va yog‘ochi qattiq bu daraxtning bahaybat tanasi deyarli 100 m ga, eni 10 m gacha etadi. Ulkan sekvoyya daraxti uch ming, hattoto‘rt ming yyl yashaydi. Bu daraxt deyarli butunlay kesib yuborilgan, ilgarigi o‘rmonlardan saqlanib qolganlari esa endilikda noyob o‘simlik sifatida muhofaza qilinadi. Serra-nevada tog‘larining 3000 m dan baland qismlari alp o‘tloqlari bilan qoplangan. Tizmaning sharqiy, quruqroq yonbag‘ri quyi qismida o‘t-shuvoq o‘simlik qoplami, yuqorida esa qarag‘ay-archa siyrak o‘rmonlari bilan qoplangan. Serra-nevadadan sharqqa tomon daraxt o‘simliklari deyarli uchramaydi. Bu erda quruq dasht va subtropik cho‘l landshaftlariga xos tuproq va o‘simlik turlarini uchratish mumkin. yog‘in eng ko‘p tushadigan tog‘ yonbag‘irlarida ba’zan archa va majmag‘il qarag‘ay siyrak kserofit o‘rmonlari uchastkalari uchraydi. Biroq bu o‘rmonli uchastkalar maydoni juda kichikdir. Territoriyaning katta qismida, bo‘z tuproqlarda quruq o‘t o‘simliklari qoplami yoki shuvoq ustun turadi. Download 36.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling