Kolorado daryosidagi kanon


Vayoming havzasidagi bazalt ustun


Download 36.74 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi36.74 Kb.
#1144547
1   2   3   4
Bog'liq
TemirovSuxrob

Vayoming havzasidagi bazalt ustun.
Katta Havza kabi Kolorado platosi hozirgi relefining shakllanishida nurash protsesslari va shamolning ishi juda katta rol o‘ynaydi. Ular cho‘l iqlimi sharoitida bo‘lak jinslarning juda katta uyumlari va ajoyibg‘aroyib-relef shakllarini hosil qilgan. Platoning janubiy qismida sermanzara cho‘l nomi bilan mashhur ancha katta rayon bor. SHamollar bu erdagi yaraqlab turuvchi oq, qizil, to‘qsariq va sarg‘ish jinslarda shamollar ishi va nurash natijasida ko‘priksimon, darvozasimon, g‘orsimon; er osti yo‘laklariga o‘xshash va boshqa xil ajoyib relef shakllari vujudga kelgai.
Kolorado platosiga janubi-g‘arbdan qum va shag‘allar bilan qoplangan pastak cho‘l platolar, Kolorado daryosidan g‘arbda Moxave cho‘li, sharqda esa Xila cho‘tsh tutashgan. Moxave cho‘lida Kaliforniya qo‘ltig‘idan shimolroqda Imperiya vodiysi deb ataladigan va tagi okean sathidan 78-85 m past botiq. bor. Bu botiq bilan qo‘ltiq orasida Kolorado daryosi yotqiziqlaridan hosil bo‘lgan pasttekislik joylashgan. Daryo hozir ham vaqt-vaqti bilan tabiiy to‘g‘onni buzib pastda joylashgan vodiyni suv bosadi.
SHarqdan. oblastga Qoyali tog‘lar sistemasi tutashgan bo‘lib, strukturasiga ko‘ra shu sistemaning shimolroqdagi qismlaridan keskin farq qiladi. Qoyal tog‘larning janubiy qismi qadimgi platformaning chekkasi aktivlashishi natijasida paydo bo‘lgan tipik epiplatforma tog‘lardan iboratdir, Qoyali tog‘lar bilan sharqdagi tekislik orasidagi chegara aniq aks etmagan. Tog‘lar baland devor kabi shimoldan janubga tomon baland tizmalar tarzida cho‘zilgan bo‘lib, bu tizmalarning balandligi ko‘p joylarda 4000 m dan ortadi.
Tog‘lar Missuridan janubga tomon muzlik eroziyasi ta’sirida kuchli o‘yilgan. Ular atrofdagi tekislikdan 1200-1500 m dan baland juda tik jarlik hosil qilib qad ko‘targan. Eroziya natijasida hosil bo‘lgan ustunlar va piramiDalar shaklidagi ko‘plab qoldiq qirlar tog‘larning old chekkasini ajratib turadi. Tog‘lar ba’zi joylarda supasimon platolarni eslatadi; bu platolardan yassi soyliklar o‘tgan. Plato yuzasida muzlik yotqiziqlaridan iborat bo‘lak jinslar uyulib yotibdi, yonbag‘irlarni ko‘plab qir va chuqur daryo vodiylari kesib o‘tgan.
Missuri daryosi va uning yellouston irmog‘ining vodiysi bu rayondagi eng katta va ahamiyatli vodiydir. yelloustoining yuqori oqimida AQSH ning eng qiziqarli rayonlaridan biri Yellouston milliy parki bor.
Taxminan 43° sh. k. bilan 41° sh. k. orasida, Vayoming havzasida butun Qoyali tog‘lar sistemasi tobora pasaya boradi. Burmalangan tog‘lar cho‘kib, qalinligi bir necha ming metrli bo‘r davri va kaynazoy gorizontal qatlamlari tagida davom etadi. Bular orasida kristalli va cho‘kindi jinslardan tarqib topgan hamda bukilib tog‘ zanjirlari yoki eroziya natijasida silliqlangan ulkan bazalt ustunlari orollar tarzida tikqad ko‘tarib turadi. 41° sh. k. dan janubda tog‘ zanjirlari yana balandlashib, 3000-4000 m ga etadi.
Qoyali tog‘lar janubiy qismida o‘q zonasi kristalli jinslardan, qanotlari esacho‘kindi jinslardan tuzilgan antiklinal tog‘ tizmalari sistemasidan iborat. Bular orasidagi eng katta tizmalar-Old tizma, Larami, Sangryo-de-Kristo va boshqalar bo‘lib, ularning balandligi 4000-4300 m ga etadi (Elbert tog‘ining balandligi 4399 m). Bu tizmalar orasida keng bo‘ylama vodiylar joylashgan bo‘lib, mahalliy xalq ularni parklar deb ataydi. Ular relefi bilangina emas, balki o‘rmonlarining yo‘qligi bilan ham o‘rmonli tog‘ tizmalaridan keskin ajralib turadi. Baland tizmalar muzlik va suv eroziyasi ta’sirida o‘yilib ketgan. Ko‘pdan-ko‘p tizmalarni chuqurligi ba’zan 1500 m ga etadigan ko‘ndalang vodiylar kesib o‘tgan. Bo‘lakli (chaqiq) jinslar yomg‘ir suvlari bilan vodiy bo‘ylab pastga tushib keladi. YUqorida aytib o‘tilganidek, oblast iqlimi qurg‘oqchil bo‘lib, Qoyali tog‘larning chekka g‘arbiy qismi va sharqiy yonbag‘ridagina yog‘ingarchilik ko‘p tushadi. Iqlim sharoitining o‘zgarishi g‘arbdan sharqqa tomon yurilganda shimoldan janubga tomon yurilgandagiga qaraganda ancha yaxshi seziladi.

AQSHning janubi-g‘arbiy sohilida temperatura, yog‘inlar va nisbiy namlikning yillik o‘zgarishi.


Oblast g‘arbiy chekkasining iqlimi o‘rta dengizbo‘yi iqlimiga yaqin subtropik iqlimdir. Biroq relef xususiyatlari va Kaliforniya sovuq oqimining ta’siri rayon iqlimiga shunday xususiyatlar beradiki, bu xususiyatlar uni Evropa O‘rta dengizbo‘yi iqlimidan farq qildiradi.
YOg‘inlar asosan qishda yog‘adi. Qirg‘oq zonasining shimoliy qismi eng sernam bo‘lib, bu erga 2000 mm gacha yog‘in tushadi. Janubda, Los-Anjelos rayonida, yog‘inlar miqdori 400 mm gacha kamayadi. Kaliforniya vodiysida ham yillik yog‘in miqdori shimoldan janubga tomon kamayadi, biroq bu erda yog‘inlar miqdori qirg‘oq polosasidagnga qaraganda yoppasiga kamayadi. Vodiyning shimolida 750-1000 mm, janubida esa atigi 200 mm yog‘in tushadi, shu sababli bu erlarda faqat obikor dehqonchilik qilish mumkin.
Serra- nevadaning yonbag‘irlarida, ayniqsa uning g‘arbiy yonbag‘irlarida, yillik yog‘in miqdori yana oshib, 1000 mm ra etadi va undan ham ortadi. YOg‘inlar maksimumi qishga to‘g‘ri kelishi sababli ularning ko‘p qismi Serra- Nevadada qor tarzida tushadi. Ayrim joylarda qor qoplamining qalinligi 10 m ga etib, uning og‘irligidan katta-katta daraxtlar sinib tushadi.
Sovuq Kaliforniya oqimi temperaturaning o‘zgarpshiga ancha ta’sir ko‘rsatadi. Sohilbo‘yi rayonlarda eng issiq oyning o‘rtacha temperaturasi hamma joyda+20°S dan past. YOz Evropaning shu kenglikdagi boshqa joylariga qaraganda ancha salqin. Sovuq oylaripng o‘rtacha temperaturasi + 10°S.
Kaliforniya vodiysida okeanning temperaturaga ta’siri de-yarli bilinmaydi. Iyul oyining o‘rtacha temperaturasi vodiyning shimoliy qismida +27, +28°S, janubiy qismida esa +35SS, eng sovuq oyning o‘rtacha temperaturasi +7, +8°S.
Serra-nevada tog‘lari yonbag‘irlarining eng baland qismida qor yil bo‘yi yog‘adi, tog‘larning shymoliy qismida esa kar muzliklari bor. Serra-nevadaning sharqiy yonbag‘irlari g‘arbiy yonbag‘nrlariga qaraganda ancha quruq, ichki platolarning butun territoriyasi esa qurg‘oqchil, keskin kontinental iqlimi bilan ajralib turadi. Platoga yog‘inlar kam tushadi, chunki tog‘lar nam shamollarning g‘arbdan sharqqa qarab kelishini qiyinlashtiradi. YOg‘inlar maksimumi qishga to‘g‘ri keladi va ular asosan qor tarzida yog‘adi. Dengiz sathidan pastda joylashgan soyliklar, chuqur kanonlar va botiqlarga yiliga 200 mm dan yog‘in yog‘adi. YOzda yomg‘irlar ondasonda va jala tarzida yog‘adi, shunisi ham borki, ko‘pincha yomg‘ir tomchilari er yuzasiga etib kelmay bug‘lanib ketadi.
Temperatura ichki platolarda juda keskin o‘zgarib turadi. YOzda ularning er yuzasi taxminan Sahroi Kabirdagidek isib ketadi. Botiqlarda ayniqsa jazirama issiq bo‘ladi. 1913 y. Ajal Vodiysida soya joyda +56,7°S li temperatura qayd qilingan (uzoq vaqt bu temperatura er sharidagi absolyut maksimum hisoblanib kelgan). Kechasi er yuzasi-havoga ko‘p miqdorda issiqlik beradi, natijada temperatura o‘nlab gradus pasayib ketadi. Qishda yassi tog‘liklarning katta qismida o‘rtacha temperatura 0°S atrofida bo‘lib, hatto ushuq sovuqlar bo‘lib turadi.
Qoyali tog‘lardagi tizmalar yonbag‘riga g‘arbiy yonbag‘irlar vya ichki soyliklarga qaraganda yog‘in ancha ko‘p tushadi. Atlantikadan keladigan havo oqimlari tarkibidagi namni kondensatsiyalovchi sharqiy yonbag‘irlarda yiliga taxminan 700-800 mm yog‘in tushadi. Bu miqdor daraxtlar o‘sishi uchun bemalol etadi. yopiq soyliklar va g‘arbiy yonbag‘irlardagi yog‘inlar miqdori 300-400 mm dan oshmaydi. SHimolda, qoyali tog‘larning etaklari yaqinida yanvarning o‘rtacha temperaturasi -20°S, iyulning o‘rtacha temperaturasi taxminan +20°S. Janubda eng sovuq oyning o‘rtacha temperaturasi 0°S ga yaqin, eng issiq oyning o‘rtacha temperaturasi esa +30°S ga etadi. Tog‘lar ancha sovuq. Qor chizig‘i shimolda salkam 3000 m, janubda esa salkam 4000 m balanddan o‘tadi. Muzliklar janubda birmuncha kichik bo‘lib, shimolda, barchasi kar tipida bo‘lishiga qaramay, ancha kattadir.
Oblastning geomorfologik va iqlimiy sharoiti gidrografiya tarmoqlarining zich bo‘lishi.ga imkon bermaydi. Tog‘ tizmalarining g‘arbiy va sharqiy chekkalaridangina ko‘pdan-ko‘p daryolar boshlanadi. Kordilera tog‘lariyushg bu qismida asosiy suvayirg‘ich Qoyali tog‘lardan o‘tadi. SHimoliy Amerikaning katta daryolarimissuri, Riogrande va Kalorado baland tog‘ zonasidan boshlanadi. Bu daryolar va ularning irmoqlari qor-yomg‘ir aralash suvlardan, shimolda esa, muzlik suvlaridan to‘yinadi. Rejimi beqaror va oqimi uncha katta bo‘lmagan ko‘pdan-ko‘p kichik daryolar butunlay yomg‘ir suvlariga bog‘liqdir. Bu daryolarning ayrimlari kuchli yomg‘irlardan keyingina to‘lib oqadigan va bu vaqtda atrofni qattiq emirib ketadigan vaqtinchalik suv oqimlaridan iborat. Daryolar suvi Qoyali tog‘larning quyi mintaqasi va vodiylarda sug‘orish uchun keng foydalaniladi.
AQSH ning janubi-g‘arbidagi Serra-nevada tizmasi ham katta gidrografiya tuguni hisoblanadi. Uning g‘arbiy yonbag‘irlaridan muzliklar yoki qorlar erishidan suv oladigan ko‘plab daryolar oqib tushadi. Eng katta daryolari-Sakramento va San-Xoakin Kaliforniya vodiysidan oqib o‘tib San-Fransisko qo‘ltig‘iga quyiladi. Kichikroq daryolar Qirg‘oq tizmalaridan boshlanib, Tinch okeanga quyuladi. Daryolarning ko‘p qismi yozda tog‘larda qor eriganda, sohildagi daryolar esa qishki yomg‘irlar davrida toshadi.
Serra-nevada tizmasidan oqib tushuvchi daryolar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Kaliforniya vodiysi intensiv subtropik dehqonchilik rayoni bo‘lib, dehqonchilik deyarli hamma joyda erlarni sug‘orishni talab qiladi.

Kolorado daryosining yillik oqimi (M. I. Lvovichdan).
Deyarli butun Katta Havza daryolari okeanga oqib chiqmaydi va, umuman, er usti daryolari hzmda qoldiq ko‘llarining juda-ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Ko‘llarning ko‘pi oqmas bo‘lib, suvi ancha sho‘r. Ulardan eng kattasi 1300 m balandda joylashgan Katta SHo‘r ko‘l mufassal tekshirilgan. Uning chuqurligi atigi 5 m bo‘lib, suv sathi doim o‘zgarib turadi, o‘tgan asr o‘rtalaridan beri suv sathi 5 m pasaydi. Ko‘l suvining sho‘rligi 277%0 ga etadi. Ko‘l qirg‘oqlari va lagunalarda doimo osh tuzi va glauber tuzi to‘planadi; bu tuzlar qazib olinmoqda. Katta Havzaning ba’zi bir ko‘llari, masalan YUta ko‘li oqadi, uning suvi sho‘rlangan emas yoki kam sho‘rlangan.
Kolorado platosi va undan janubda joylashgan cho‘l rayonlardan okeanga quyuluvchi doimiy daryolar oqib o‘tadi. Bular Kolorado daryosi va uning irmoqlari Qoyali tog‘lardan boshlanadi va yomg‘ir hamda tog‘dagi qor suvlaridan to‘yinadi. Bahorning oxiri va yozda ularning suv sarfi keskin ortadi, boshqa fasllarda suvi juda kamayadi.

Download 36.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling