Kombinatorika misol va masalalar to’plami.(1-qism)
TELEGRAM KANALIMIZ: @DTM_YECHIM
Download 122.63 Kb. Pdf ko'rish
|
KOMBINATORIKA 1-QISM
- Bu sahifa navigatsiya:
- TELEGRAM KANALIMIZ: @DTM_YECHIM
TELEGRAM KANALIMIZ: @DTM_YECHIM
11 13. “MEGA PLANET ” gipermarketining „Hammasi uy uchun“ boʻlimida 15 xil piyola, 8 xil vaza, 10 xil choy qoshiq bor. Nazira xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U buni necha xil usulda amalga oshirishi mumkin? A) 1200 B) 33 C) 350 D) 500 14. Maktab kutubxonasida 4 xil matematika, 2 xil fizika va 3 xil tarix faniga doir kitoblar bor. Doston turli fanga oid ikkita kitobni uyda oʻqish uchun olmoqchi. U buni necha usulda amalga oshirishi mumkin? A) 9 B) 26 C) 24 D) 30 15. Maktab oshxonasida oq non, qora non va uch xil kolbasa bor. Ulardan necha xil buterbrod tayyorlash mumkin? A) 4 B) 5 C) 6 D) 8 16. Tepalikdagi buloqqa 7 ta yoʻl olib boradi. Sayyoh necha xil usulda buloqqa borib kelishi mumkin? A) 49 B) 36 C) 14 D) 28 17. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yoʻl olib boradi. Sayyoh borgan yoʻlidan qaytmaslik sharti bilan jami necha usulda buloqqa borib kelishi mumkin? A) 36 B) 30 C) 22 D) 11 18. Bir oʻquvchida qiziqarli matematikaga oid 7 ta kitob, ikkinchi oʻquvchida esa 9 ta badiiy kitob bor. Ular necha xil usul bilan birining bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga ayirboshlashi mumkin? A) 63 B) 49 C) 81 D) 126 19. 40 xil bolt va 13 xil gaykadan bittadan olinib, necha xil juftlik tuzish mumkin? A) 520 B) 420 C) 53 D) 27 20. 5 ta oq, 2 ta qizil va 4 ta sariq atirgul bor. Uchta har xil guldan iborat guldastani necha usulda tuzish mumkin? A) 24 B) 11 C) 18 D) 40 TELEGRAM KANALIMIZ: @DTM_YECHIM 12 21. Kitob javonida matematikadan 8 ta, chet tilidan 6 ta va fizikadan 10 ta kitob turibdi. Javondan bitta kitobni necha usulda tanlash mumkin? A) 18 B) 24 C) 480 D) 100 22. Doʻkonda 8 xil pidjak, 5 xil shim va 4 xil galstuk sotilmoqda. Pidjak, shim va galstukdan iborat uchlikni (toʻplamni) necha usul bilan sotib olsa boʻladi? A) 160 B) 17 C) 28 D) 44 23. “Matbuot tarqatuvchi” doʻkonida 7 xil konvert va 5 xil marka sotilmoqda. Konvert bilan markani necha usulda sotib olishimiz mumkin? A) 12 B) 15 C) 35 D) 42 24. Shaxmat taxtasida oq va qora ruxni bir-birini ololmaydigan („ura olmaydigan“) qilib necha xil usulda joylashtirish mumkin? A) 4096 B) 3136 C) 2048 D) 2401 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling