Kombinatorikaning asosiy qoidasi va uni masalalar yechishda qo‘llash


O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi


Download 0.69 Mb.
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1454422
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5328202866819607722

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Og‘zaki bayon qilish, “qiziqarli o’yinlar”, “Hamkorlikda kichik sinflarda ishlash”.
Shakl: Suhbat-muhokama, jamoa va kichik sinflarda ishlash.
Vosita: Sonlar tasvirlangan slayd va plakatlar, doiralar, uning bo`laklari.
Usul: Tayyor slayd, plakatlar va tarqatmalar asosida.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, muhokama, kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi: Mavzu qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning faolligi oshadi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mavzuda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar va kompetensiyalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar bilimi baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma axborotlarni mustaqil o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatiladi.
O‘quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va sinf bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘ladi. Og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Eslab qolish qobiliyati (xotirasi) mustahkamlanadi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Jarayonni baholay oladi va munosabat bildiradi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
O‘quvchi:
Misollarni mustaqil ishlashni o‘rganadi.O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi. O‘z fikri va sinf fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Matematikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash kompetensiyalarini egallaydi.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling