Kombinatsiyalashgan dastgohlar
Asosiy (yoki ishchi) harakatlar
Download 52.17 Kb.
|
kombinatsiyalashgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yordamchi harakat
1. Asosiy (yoki ishchi) harakatlar, bu harakatlar zagotovkada shakl o‘zgartirishni ta’minlab, ular bosh harakat va surish harakati (ba’zi stanoklarda shuningdek bo‘lish harakati, obkatka harakati, zagotovkaning qo‘shimcha aylanish harakati)dan iborat bo‘ladi. Bosh harakat kesish tezligini aniqlovchi harakat bo'lgani uchun, uni ba’zan kesish harakati deb ham ataladi. Stanoklarda bosh harakat ikki xil ko‘rinishda
- aylanma va to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, zagotovkaga yoki kesuvchi asbobga uzatiladi. Bu harakat ko‘p hollarda aylanma harakatdir; tokarlik guru- hi stanoklarida—zagotovkaning aylanishi bo‘lsa, frezalash, parma- lash va jilvirlash stanoklarida esa - kesuvchi asbob (freza, parma, razvyortka, jilvirlashlash doirasi)ning aylanishidir. Randalash, sidirish va ba’zi tish kesish stanoklarida bosh harakat to‘g‘ri chiziqli ilgarila- ma-qaytar harakat ko‘rinishida namoyon bo'ladi. Surish harakati kesilayotgan qatlam (qirindi) ko‘ndalang kesimi o‘lchamlaridan birini aniqlovchi harakat sifatida bo‘ladi. Bu harakat to‘xtovsiz (tokarlik, frezalash, parmalash stanoklaridagidek), uzluk- li davriy (randalash stanoklarida) bo‘lishi mumkin. Ba’zi stanoklarda surish harakati bir necha xil bo'ladi. Masalan, doiraviy jilvirlashlash stanoklarida doiraviy surish (zagotovkaning aylanishi) va bo'ylama surish (zagotovkaning o‘q bo‘ylab harakati yoki abraziv doiraning surilishi); bundan tashqari doiraga yana ko‘ndalang surish harakati ham uzatiladi. 2. Yordamchi harakat kesish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnash- may, zagotovka va asbobni o‘matish hamda mahkamlash, tayyor detalni bo'shatib olish, stanokni boshqarish (aylanish chastotalari va surish qiymatlarini sozlab o‘rnatish) kabi ishlarni bajarishdan iborat. Stanoklar yuritmalarining tasnifi Harakatni harakat manbayi (elektr dvigatel)dan stanokning ishchi organlari (shpindel, support, stol va boshqalar)ga uzatuvchi mexa- nizmlar majmuasi stanokning yuritmasi deyiladi. Yuritma tarkibiga harakat manbayi ham kiradi. Yuritmalar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: 1. Ishchi organlar harakati tezligini boshqarish xarakteri bo‘yicha: a) pog‘onali yuritmalar (shesternyali tezliklar qutilari, zinasi- mon shkiylar, bulardan ko'proq tezliklar qutilari uchraydi; b) pog‘onasiz yuritmalar (mexanik variatorlar, elektrik, gidravlik va kombinatsiyalashgan yuritmalar). 2. Bajaruvchi organining harakati turi bo‘yicha: aylanma harakat, to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytar, uzlukli (davriy) va uzluksiz (to£xtovsiz) harakatlanuvchi yuritmalar boiadi. 3. Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha mexanik, gidravlik va elektrik yurit- malarga bo‘linadi. 4. Bajaradigan vazifasi bo'yicha bosh harakat yuritmalari, surish harakati yuritmalari va boshqarish sistemasi yuritmalari boiadi. Pog‘onali yuritmalar belgilangan oraliqda aylanish chastotalari, ik- kilangan yurishlar yoki surish qiymatlarining ma’lum qatorini beradi. Pog‘onasiz sistemalar stanokda eng qulay kesish rejimi parametr- larini stanokni tocxtatmay turib o£rnatish imkoniyatiga ega. Pog‘onasiz harakat manbayi sifatida «generator-dvigatel» sxemasi va o'zgarmas tokda ishlaydigan tiristorli elektr dvigatel qo‘llanilib, tiristor o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradi. Bunday elektrik yuritma shpindelning aylanish chastotasini 4000 min1 va un- dan ortiq qiymatlarigacha pog‘onasiz boshqarish imkoniyatini beradi. Gidravlik yuritmalar sidirish, randalash, o'yish, jilvirlash, ko- pirlash, agregat stanoklarida keng qo'llaniiadi. Gidroyuritma tarkibida nasoslar (shesternyali, plastinkasimon, radial porshenli va aksial por- shenli), gidrodvigatellar (stanok ishchi organini to‘g‘ri chiziqli hara- katlantiruvchi kuch silindrlari va aylanma harakat beruvchi gidromo- torlar) va taqsimlash hamda boshqarish apparatlari (zolotniklar, dros- sellar, vaqt relesi, klapanlar) bo'ladi. Gidravlik sistemalami chizib tasvirlash uchun ГОСТ 2781-68, ГОСТ 2782-68 belgilagan shartli belgilardan foydalaniladi. Pnevmatik yuritmalar siqilgan havo (0,5...0,6 MPa)da ishlab, zago- tovkalami yuklash, zagotovka va kesuvchi asboblarni mahkamlash, stanok ishchi organlarini tezkor usulda surilishini ta’minlashda qo'Uaniladi. Mexanik variatorlar friksion uzatmalar bo'lib stanoklarning yurit- malarida nisbatan kam uchraydi, chunki ularning boshqarish diapo- zoni kichik (6 dan ortmaydi), FIK past va ishonchli ishlash muddati cheklangan. Metall kesuvchi stanoklarda turli maqsadlarda turli uzatmalar va mexanizmlardan foydalaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardir. Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling