Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet26/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

G'atig'qizla rozing kishi bilmasin, So'zungni o'zungga o'kunch kel(a)masun.
116


www.ziyouz.com kutubxonasi




Eshim deb inonil sir ayma saqin, Necha ma inonchliq esh ersa yaqin.
Serib senda rozingsingib turmasa, Serurmu eshingda shuni ked saqin.
Asarning to'rtinchi bo'limida saxovat va baxillik kabi sifatlarning mohiyati hamda ularning oqibatlari yoritib berilgan. Ahmad Yugnakiy saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan biri deb biladi. Saxiylar hamma tomondan ulug'lanishi, faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi mumkinhgini ta'kidlar ekan, qo'llar ichida in'om beruvchisi baxtli (qo'ljdir, o‘zi olib, boshqalarga bermagan (qo“l) qo*llarning qutsizidir, deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bo‘lmaydigan kasalhkka qiyoslaydi.
Ahmad Yugnakiy saxiylikni kamolot belgisi deb tushunadi. Saxiylik xislatiga nisbatan baxillik va ochko'zlik kabi illatlar qarama-qarshi qo‘- yiladi, boylik to'plab, emay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan ki- shining mol-dunyosi oxiri do'stga emas, dushmanga buyurishi xususidagi fikrlarni quyidagicha yoritadi:
Taturmas oshin-da tuz do'stina, Olur qolur axir eyur dushmani.
Ahmad Yugnakiy kamtarlik ham insonning etuklik darajasini ko‘r- satuvchi belgilardan biri bo'lib, kibrli va xasis bo'lish insonni ruhan tubanlashtiradi, degan fikrni ilgari suradi.
Kirnki kibru havoga berilib, boshqalardan o'zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, aksincha, tavoze'li, kamtar va muloyimhk sifatlariga ega bo'lishni esa insonning husni deb hisoblaydi.
U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo‘- hsh yo'llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to'plashga mukkasi- dan ketgan kfishlarga mo'tadil hayot kechirishni maslahat beradi:
Agar yig'ding ersa umurluq tavor, Burun boshqa bo'rkni kiyar bosh kerak.
Harislik ma erga yovuz xislat bul, Harislik so'ngi g'am okunch hasrat ul.


117


www.ziyouz.com kutubxonasi




Alloma sabr-toqat, qanoat insonga sharaf va xotirjamlik olib kelishi- ga ishonadi, shu bois u kishilarni sabr-toqatli hamda qanoatli bo'lishga undaydi. Ularni tinchlik va totuvlikda hayot kechirishga chaqiradi:
Balo kelsa sabr et, farrahqa kutib, Kutib turfarahqa balo-ranj yutup.
Hchar mehnat o'ti, kechar navbati, G'olur sabr idish savobin tutub.
Ahmad Yugnakiy kishi gunoh qilsa kechirish, g'azab o'tini iloji boricha o'chirish zarur, deydi.
Shoir boshliqlar bilan ehtiyot bo'lib muomalada bo'lish, foydasiz tortishuvlar ulug'larning g'azabini keltirsa, kichiklarning xulqini buza- di, deydi. Xususan:


G'udazgil, ayo do'st, uluglar aqin, Osiqsiz jadal ham mizojtin soqin.
Uluglarni bushrub senga bu mijoz, Kichiklarni gustoh qilur bilyaqin.
U kishilarni, ayniqsa, martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘- lishga chaqiradi, mavqeini suiste'mol qilmaslikni maslahat beradi:
Ulugliqqa tegsang engilma o'zing, G'oli keysang atlas unutma bo'zing.
Ya'ni, ulug'likka etsang yanglishma, agar atlas kiysang, bo‘z kiyga- ningni unutma.
Insonlarga boshchilik qilayotgan amaldor, mansabdor kishilarning o‘z mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kchikka ham birdek muruwat ko'rsatishlari, so'zlarini muloyim qilishlari maqsadga muvo- fiq ekanligiga alohida ta'kidlaydi:
Ulug'boldug'ungcha tuzunrak bolub, Ulug'qa, kichikka siliq tut so'zung.


118


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ya’ni, ulug“liginga yarasha yaxshiroqboTib, kattaga, kichikka so'zin- gni silliq, muloyim qil.
Adib do‘st hamda dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilami do'st tutish, badxulq kishilardan uzoqroq yurish, do'st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling