Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
Bilik birla bili nur saodatyoli, Bilik bil saodat yo'lini bula.
(Bilim bilan saodatyoli ochiladi, shunga ko'ra, ilmli bo‘l, baxtyo'lini izla). 114 www.ziyouz.com kutubxonasi Ahmad Yugnakiy bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. Chunki bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bo'lsa, bilimsizlikka, yoki razolatga yo‘l ochadi. Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarida, boshqa ta'limiy- axloqiy asarlardagi kabi, insonning barkamolligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - uning xushxulqliligidir, degan g'oya ilgari suriladi. Shuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bolgan ijo- biy xislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritar ekan, mol-dunyoga muhabbat qo'yish salbiy xislat ekanhgini alohida ta'kidlaydi; insonda ushbu xislatlarni shakllanishiga ta'sir etuvchi muhit, shart-sharoitlar, baxillik, jamiyat va atrofdagi kishilarning manfaatlariga zarar etkazishdan saqlanish, harom va halolni bir-biridan farqlay olish, ularning farzlari haqida to'xtalib o'tadi. Ahmad Yugnakiyning ta'kidlashicha, insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko'rsatuvchi muhim belgilardan birinchisi - til odobidir. Allomaning fikricha, tilni tiymaslik, huda-behuda so'zlarni aytave- rish boshga balo keltiradi. Shu bois u tilni tiyishni, har bir so'zni o'ylab so'zlashni maslahat beradi. Xususan: Tiling bekta tutg'il, tishing sinmasun, G'oli chiqsa bekta tishing siyur. Ya'ni, tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so'zlab yuborsang) tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi, deya behuda so'zlashning yomon oqibatlari xususida o‘z qarashlarini ilgari suradi. Fikrini davom ettirar ekan, Ahmad Yugnakiy quyidagilarni ham ta'kidlab o'tadi: So'zung bo'shlug' esma yig'a tut tiling, Etar boshqa bir kun bu til bo'shlug'i. Ya'ni, so'zingni bo‘sh qo'yma, tilingni tiyib tur, erk berilgan til bir kun boshingga etadi. Til vositasida kishilarning qalbiga etkazilgan yaraning bitmasligini alloma quyidagi tarzda bayon etadi: Hukturma erni tiling bil bu til, Boshoq tursa butmas butar o'q boshi. Ya'ni, kishini o'chakishtirma, uning tihni bil, agarda til inson qalbini yaralasa, uning jarohati bitmaydi. 115 www.ziyouz.com kutubxonasi Ahmad Yugnakiy ayni o'rinda tilingni tiy, so'zingni qisqa qil, tiling ti-yilsa, o'zing ham saqlanasan, deya tilni tiyish yo'llarini ko'rsatadi. Xususan: Kudazgil tilingni, kel oz qil so'zung, Kudazilsa bu til kudazlur o'zung. Allomaning nuqtai nazariga ko'ra, kishida quyidagi ikki holat, ya’ni, haddan ziyod ko‘p gapirish va ayni vaqtda yolg'on so'zlash odatlari mavjud bolsa, u holda unga nisbatan muruwat yoTi yopiladi. Shunga ko‘ra, adib, yolg'on va ko‘p so'zlashning oldini olish yo'llarini ko'rsatib berishga urinadi. Yolg‘onchi kishiga mumkin qadar yaqin bo'lmaslik, umr kechirish davrida to‘g‘rilikka amal qilish, og'iz va tilning bezagi so‘z ekanligi, shu bois to'g'ri so'zlash va yolg'on gapirmaslik, to‘g‘riso‘z bo'lish bilan dilni bezash zarurligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, to'g'ri so'zni asalga, to'g'ri- so‘z insonni esa shifoga qiyos qiladi: Tili yalg'on ertin yiroq tur teza, Kechur sen-la umrung ko'nilik uza. Og'iz til bezagi ko'ni so'z turur. G'o'ni so'zla so'zni dilingni beza. G'o'ni so'z asal tek buyalg'on basal, Basal eb achitma og'izyo asal. Yo yalg'on so'z yigtek ko'ni so'z shifo, Bu bir so'z o'zagi urulmish masal. Adib to'g'ri sozlash bilan birga, sir saqlay olish xislatining ham insonga xos bo'lgan ijobiy fazilatlardan biri deya e'tirof etadi hamda ushbu fazilatni o'zlashtirish xususida bir qator foydali maslahatlarni beradi. Inson sir saqlanishi lozim deb hisoblagan voqea yoki hodisa yuzasi- dan hatto do'stga ham gapirmasligi shartligiga alohida urg'u beradi. Zero, kishining o‘ziki sir saqlay olmagan ekan, boshqalar ham shunday yo“l tutishi mumkin. Natijada sir atrofdagilarga ayon bo*ladi va uning sirligi qolmasligi alloma tomonidan misollar yordamida ochib beriladi: Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling