Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet33/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Olloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig'insang, istagan murodu maqsadingga etkazadi;
tafakkur—fikrlash va mushohada qobiliyati;
qilich — ul yigitning yo“ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin;
imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususi- yatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug'lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi;
kitob (bitik)—barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir».
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o‘zi qat'iy rioya etgan, haqiqiy etuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e'tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlami ham shu ruhda tarbiyalashga e'tibor bergan.
Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san'ati rivoj topib, yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o'rgatilar edi. Bu san’at turlari o'sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda hatto shahar hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug'ullanganlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafamoma» asarida qayd etilgan.
Amir Temur jismoniy tarbiyaga katta e'tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya'ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o‘yini kabilarni mohir murabbiylardan o'rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir Temurning o‘zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning «Ming askar» uslubi asoschilaridan biri bo'lgan. Buyuk Sohibqiron shunday ta'kidlaydi:
«Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchi- dan, yigitning kuch-quwatiga; ikkinchidan, uning qilichni o'ynata olishiga;


138


www.ziyouz.com kutubxonasi




uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e'tibor qildim. Shu uch fazilat jamul-jam bolsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-quwatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamh bo“ladi, qilich o'ynata oladigan kishi raqibini maglub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog'i mumkin». O'g'illari

  • Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohrux, nabiralari - Amirzoda Muhammad Sulton, Amirzoda Pirmuhammad mohir jangchilar bo'lib, katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning o‘zi aqlni charxlash vositasi bo'lgan shaxmat o'yinida ham mohir bo'lgan. Zero, o‘sha davr tarbiyasi — shatranj o'yinini har bir yosh o'rganishi zarur sanalgan. Hatto Amir Temurning suyukli o‘g“li Shohruxga ism qo'yilishi ham shaxmat o'yini bilan bog'langanligi haqida rivoyat yuradi.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma'rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta'lim-tarbiyaga oid o'gitlari, tutgan siyosati hozir ham o‘z qimmatini yo'qotmagan.

Amir Temurning ta'lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta ahamiyatga egadir.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek
(1394—1449)
Ulug'bek 1394-yilning 22 martida Eron g'arbidagi Sultoniya shahri- da bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U Shohrux Mirzoning to'ng'ich o‘g‘li. Muhammad Tarag'ay deb ism berilgan bolani bobosi mehr bilan «Ulugbek» deb atayvergan. Shu sababli uning asosiy ismi Ulug'bek bo‘lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi.
Ulugbekning otasi Shohrux Amir Temurning uchinchi o‘g‘li bo‘lib, Xuroson hukmdori, ma'rifatli, ilm-fanga qiziqqan shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o‘z davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisobla- nardi.
«Taqdir bu ulug‘ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli va- zifalar yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanat- ning vorisi bo'lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi»(I A.Karimov).
Ulug'bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o'tdi. Garchi Ulug'bek tug'ilganda bir oz zaif bo'lgan bo‘lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi.
Amir Temur nabirasi Ulug'bekning o‘tkir zehnli, aqlu farosatli bo'lganligi uchun juda sevardi. «Ko'zimning nuri, saltanatimning umid-


139


www.ziyouz.com kutubxonasi




li niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug^ek Mirzo nozik bolib o'sdi. Buning ustiga ko‘p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o'tkazar, davlat ishlariga rag'bati yo‘q ko‘rinar edi.
Ulug'bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug'ullanib, sevimli nabirasiga o‘quv-yozuvni o'rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni soylab bergani uning hayotida o'ziga xos maktab bo'ldi.
1405—1411-yillari o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan Ulughek harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o'rgangan.
0‘rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblardan ma'lum bo'lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo'llanmalar asosida tayyorlangan. Shulardan biri shahzodalar va xonzodalar bilishi zarur bo'lgan «Suluk ul-muluk» (Podshohlarga qo'llanma) kitobidir.
Ulug'bek ham an’anaga ko‘ra, mazkur kitobni mukammal o'rganar va unda ko'rsatilgan davlatni idora qilish san'ati — turli lavozim egala- rini tayinlash, soliq to'plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qihsh, xayru sadaqa berish kabi tartib- qoidalar bo'yicha ko‘nikmalarni egallaydi.
Ulug'bek yoshligidan ko‘p kitob mutolaa qilgan. U, ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi.
U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko‘p vaqtini o'tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlari yulduzlaming o'rni va harakatini kuzatish bilan mashg‘ul bo'lardi.
Taniqli olim Bo'riboy Ahmedovning fikricha, mavlono Badriddin Samarqandda bo'lgan vaqtda Ulug‘bekni Ko'ksaroydagi xos kutubxona- siga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan alloma al-Farg‘oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul al-harakat as- samoviya» («Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritqichlari harakati- ning asosini (bir-biriga) qo'shuvchi kitob»)ni ko‘rsatadi.
Shunday qilib, Ulugbek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va 0‘trorda «Ziji Malikshohiy» bilan tanishadi.
Fanga bo‘lgan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug'bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari si- fatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda e'tirof etildi, shuhratga sazovor bo'ldi.
Zo‘r qobiliyat, o'tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to'plash shunga olib keldiki, Ulughekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulughek


140


www.ziyouz.com kutubxonasi




bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o‘z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida ko'pgina zamondoshlaridan o‘zib ketdi.
1411-yili 17 yoshli Ulug'bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi temuriylar xonadonida Ulug'bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug'bek hokim bo'lgach, bobosidan farqli o'laroq, harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o'rta asrlardagi boshqa hukmdorlardan o'zgacha yo‘l tutdi, ko'proq ilm- fanga moyil bo'ldi.
Ulug'bek umrining ilk davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Ru- miy — falakiyotshunos va riyoziyotchilar ta'sirida ulg'ayadi. Shu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etdi. Yigirma yoshlarida u o‘z davrining yirik olimlaridan biri bo“lib shakllandi. U hokim bo'lgan paytidagi olamshumul o'zgarishlar butun o'rta asr madaniyati tarixida betakror voqea bo'lib qoldi.
Uhig'bek safdoshlaridan G'iyosiddin Jamshid Koshiy 1417-yili Samar- qanddan Koshondagi o‘z otasiga yozgan maktubida Ulug'bekning faoliyati va bihmini quyidagicha tariflaydi:
«Ollohga va uning ne'matlariga shukronalar bo'lsinkim, etti iqlim- ning farmonbardori, islom podshohi Ulug'bek donishmand kishidurlar. Men bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo‘q. Haqiqat shuki, awalo u kishim Qur'oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so'zlarini aqlda saqlaydilar va yoddan biladilar, arabchada g'oyat yaxshi yozadilar. Shu- ningdek, u kishim fiqhdan habardorlar; mantiq ma'nolarining bayoni va usullaridan ham xabardorlar».
U kishi riyoziyot (matematika) fanining barcha tarmoqlarini mukam- mal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko'rsatganlarki, har qanday sonni tezlik bilan qo'shish va ko'paytirish iqtidoriga ega bolganlar. Inson bino bo'lganidan beri shu kungacha hali hech kimsa u qadar aniq va tez hisoblay olmagan».
Ulug'bek Samarqand, Buxoro va G'ijduvonda uchta madrasa barpo etdi.
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 -yili boshlanib, uch yilda qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug'bek madrasaga mudarris va olimlarni to'play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug'bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G'iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. Shunday qilib, Movarounnahrning turli


141


www.ziyouz.com kutubxonasi




shaharlaridan va Xurosondan to'plangan olimlar soni 1417 -yilga kelib lOOdan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassom- lar, me'morlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va obroliroq edi. Ular orasida Qozizoda va Koshiy eng nufuzli edilar.
1420 -yih Samarqand madrasasining tantanali ochihshi bo‘ldi. Man- balarda qayd etihshicha, «madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda, bu erga to'plangan adabiyot, san'at va fan namoyandalari Ulughekdan mad- rasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so'rashganda, Ulugbek barcha fanlardan xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. Shu erda g'ishtlar orasida oddiy kiyimda o'tirgan mavlono Muhammad Ulughekningbu gapini eshitib qolgan va shu onda ornidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin Ulug'bek uni imtixon qihb, uning chinakam bihmdon odam ekanhgiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to‘g‘risida buyruq bergan. Madrasaning ochilishida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma'ru- za o'qigan; mavlono Muhammadning ohmlardan 90 kishi ishtirokida qilgan ma'ruzasini Ulugbek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan. Chunki bu ma'ruza haddan tashqari ilmiy jihatdan kuchh va murakkab masalalarni o‘z ichiga olgan edi».
Bu erda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mah- mud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug'bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G'oyat bilimh bu olimni zamondoshlari «O‘z davrining Aflotuni» deb ataganlar.
Ulughek asarlarining sharhchisi, Qozizoda va Ulugbekning iste'dod- li shogirdi, samarqandlik matematik va astronom Alouddin Ah ibn Muhammad Qushchidir. U «O‘z davrining Ptolomeyi» deb nom olgan. Ah Qushchi ilmiy ishda Ulug'bekning eng yaqin yordamchilaridan biri edi. Ulug'bek maktabi namoyandasi sifatida Ulug'bek asarining sharhchisi astronom Chalabiy nomi ham diqqatga sazovordir.
Madrasada boshqa mudarrislar bilan bir qatorda, Ulug'bekning o‘zi ham astronomiya boyicha maruzalar o‘qir edi. Uchinchi darajah algeb- raik tenglamaga ohb kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash—Ulug*- bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo'ldi.
Ulug'bek atrofida toplangan Samarqand ohmlari katta ahamiyat bergan eng muhim ilmiy yo'nahshlardan biri falakiyotshunoslik fani edi. Shuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatlarida va umuman is- lom madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa, falakiyotshunoslik va riyoziyot muhim o‘rin tutadi. Chunki musulmon kishi qayerda bo'hshidan qat’i


142


www.ziyouz.com kutubxonasi




nazar, erta tongdan oqshomgacha qadar uning uchun besh vaqt namoz farzdir. Namoz yuzni qiblaga — Makkadagi Ka'ba yo'nalishiga qarab o'qiladi. Namozning vaqtlari esa har bir jo‘g‘rofik kenglikda ham quyoshning erdan balandligiga qarab belgilanadi. Undan tashqari, islomda qabul qilingan hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy oydan iborat boTib, yangi oy—hilolni masjid minorasidan yoki rasadxo- na tepasidan ko‘z bilan ko'rib aniqlangan. Shuning uchun musulmon kishining hayoti falakiyotshunoslik, riyoziyot, jo‘g‘rofiya, hunarmand- chilik va me'morchilikka aloqador quyidagi masalalarni hal qilish bilan bog'liq bo'lgan:

  1. joyning jo‘g‘rofik yo'nalishlarini aniqlash;

  2. mahalliy meridian bilan qibla yo'nalishini ko'rsatuvchi katta doira orasidagi burchakni aniqlash;

  3. jo‘g‘rofik yo'nalishlarni hisoblash uchun aniq riyoziy (trigonomet- rik) hisoblash qoidalari va usullarini bilish;

  4. jo‘g‘rofik yo'nalish asosida quyosh balandligini aniqlash qoidalarini bilish;

  5. quyosh, oy, sayyoralar va boshqa yoritgichlarning kecha-kunduz- ning istalgan vaqtidagi holatlarini aniqlaydigan sferik astronomiyaning aniq qoidalarini bilish;

  6. turli shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun geodezik o'lchashlarni bajarish;

  7. turli vaqt o'lchash asboblarini yasash;

  8. erning ma'mur qismi haqida aniq tasawurga ega bo'lish uchun xaritalar tuzish;

  9. xaritalar tuzish uchun riyoziyotga taalluqli ko'rinish holatlarini bilish;

  10. falakiyotshunoslik, jo‘g‘rofiya va geodeziyaga taalluqli hisoblami bajarish uchun yuksak aniqlikdagi riyoziy hisoblash usullarini bilish;

  11. yoritqichlarni kuzatish ob-havo bilan bog'liq bo'lganligi uchun meteorologiya va geofizikadan ma'lumotga ega bo'lish;

  12. masjid, madrasa va rasadxonalar barpo etish uchun me'morlik san'ati va an'analaridan xabardor bo“lish.

Yuqorida ko'rsatilgan va bu ro'yxatga kirmagan boshqa ko'plab ma- salalar shunchalik chambarchas bog'lanib ketganki, ularni hal qilish uchun olim va hunarmandlarning katta jamoa va guruhlari kerak edi. Ana shuning uchun Ulug'bek o‘z atrofiga turli ilm va hunar namoyandalarini to'plagan.
IZKeltirilgan masalalar ro'yxatidan ko'rinib turibdiki, ulaming ko‘pi falakiyotshunoslikka aloqador. Islomdagi eng awalgi yulduzlar haqidagi asarlar «Zij» deb atalib, ular asosan jadvallardan iborat bo'lgan.
143


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ulug^ek boshchilik qilgan astronomlarning muvaffaqiyatli ravishda olib borgan ta'lim va ilmiy ishlari ularni aniqroq asboblar bilan ta'minlangan namunali rasadxona qurish kerak degan fikrga olib keldi. Tarixiy manbalar ana shundan dalolat beradiki, Mirzo UlugTaek o‘z madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to‘rt yil o'tgach, Qozizoda Rumiy, mavlono G'iyosiddin Jamshid va mavlono Muiniddin Koshiy bilan maslahatlashib, КоЪак etagida, Obirahmat soyining bo'yida rasadxona binosini qurdirdi. Rasadxona kutubxonasi ko'plab ilmiy asarlar, jahondagi mashhur kishilarning asarlari bilan boyitildi va u yerda saqlanayotgan kitoblar soni 150 mingdan ziyod bo'ldi.
Bu haqda Volter «Ulugbek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, er kurrasini o'lchashni buyurdi va astronomik jadvallar tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi. O‘sha vaqtlari Samarqandda Ulug'bek tevaragida, awal aytganimizdek, lOOdan ortiq olim uyushgan bo'lib, rasadxona akademiya vazifasini o'tagan edi.
Madrasa bilan rasadxona orasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxo- nada ishlab turgan ilmiy xodimlarning bir qismi madrasada mudarris- lik qilishgan. Ular orasida G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy va Mirzo Ulug‘- bekning o‘zi ham bo'lgan.
Ulug'bek madrasa toliblari bilan tez-tez bahslashib, imtihon qilib turgan. Bir kuni Ulug'bek madrasa toliblarini riyozat bilan taqvimdan imtihon qilmoqchi bo'libdi. U o'rtaga mana bu savolni tashlabdi: «Qani, tolibi ilm, ayting-chi, hijriy 818-yil, rajab oyining o‘n ikkinchi birlan o‘n beshinchi o'rtasi, 918-yil rajab oyining o‘n ikkinchi birlan o‘n beshinchi orasi qaysi ayyomga to‘g‘ri keladur?». Buning uchun juda ko‘p raqamlarni yodda tuta olish zarur ekan. Talabalardan birortasi ham bu masalani echolmabdi. Shunda Ulug'bek buni uyga vazifa qilib topshiribdi va ustozlarga xos husnu odob bilan mehribonlik ko'rsatib, o'rtaga qo'yilgan masalani tushuntirgan. So‘ng Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Mas'udiy» kitobini ochib, oltinchi maqolasining ettinchi bobidan parcha o‘qib bergan. So‘ng kitobni yopib talabalarga bir necha savollar bergan. Javoblardan qisman qoniqish hosil qilgan ustoz tolibu ilmlarga bu asarni chuqurroq tahlil qihb uning mohiyatini anglab etishni uyga yana bir bor vazifa qilib berishi u talabchan olim ekanligidan dalolat beradi.
Rasadxona bilan madrasa ilm ahllarining birgalikdagi faoliyati Ulugbek ilmiy maktabida yulduz ilmi va riyoziyotni o‘rta asrlar davrida eng yuqori pog'onaga ko‘tardi. U 1018-yulduzning holati va harakatini aniqladi.
Ulug'bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning «Zij»i bo'lib, bu asar «Ziji Ulugbek»dir. «Ziji jadidi Ko'ragoniy» deb ham ataladi. «Zij»dan tashqari uning qalamiga mansub riyoziyot asari—«Bir
144


www.ziyouz.com kutubxonasi




daraja sinusni aniqlash haqida risola», yulduzlarga bag'ishlangan «Risolai Ulug'bek» (yagona nusxasi Hindistonning Oligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir «To‘rt ulus tarixi» asaridir.
Ulug'bek «Zij»i o'rta asrlardagi eng mukammal asar bo'lib, tezda za- mondoshlarining diqqatini o‘ziga jalb etdi. Eng avval, bu asar Samarqandda Ulug'bek atrofida to'plangan olimlar ijodiga katta ta'sir ko'rsatdi.
1449-yili Ulug‘bekning fojiali halokatidan so‘ng Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va 0‘rta Sharq mamlakatlari boylab tarqalib ketadilar. Ular o'zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham yetkazadilar. Jumladan, Ali Qushchi 1473- yili Istanbulga borib, u yerda rasadxona quradi. Shu tariqa, Ulug'bek «Zij»i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Ovrupo mamlakatlariga ham etib boradi.
Hozirgi kundagi ma'lumotlarga ko‘ra, «Zij»ning 120ga yaqin forsiy va 15dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki riyoziy asar bunchalik ommalashmagan. «Zij» musuhnon mamlakatlarining deyarli barchasida o'rganilgan.
Ulug'bek «Zij»i, ayniqsa, Hindiston olimlariga kuchli ta’sir ko'rsatdi. Samarqand olimlarining ilmiy arianalarini Hindistonga Bobuming o‘zi etgazgan degan mrilumot bor. Boburning vorislari o'tmishdagi shohlarga o'xshab atrofiga olimlarni to'playdilar va ulaming ilmiy izlanishlariga sharoit yaratadilar.
«Zij»ning G'arbiy Ovrupo faniga trisiri katta boldi. Umuman olganda, G'arbiy Ovrupo Temur va uning farzandlarini, ayniqsa, Ulug'bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istanbuldagi faoliyati tufayli Ulug'bekning olimligi haqidagi xabar Ovrupoga ham tarqaladi.
1638-yili Istanbulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford dorilfununining professori Jo‘n Grivs (1602—1652) keladi.
Qaytishida u o‘zi bilan Ulug'bek «Zij»ining bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648 -yili awal «Zij»dagi 98 yulduz jadvalini chop etadi. 0‘sha yilning o'zida Grivs «Zij»dagi jo'g'rofiy jadvalni ham nashr etadi. 1650- yili esa u «Zij» birinchi maqolasining lotincha taijimasini nashr etadi.
Cheksiz aql-idroki, azmu qatfiyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulugbek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori bo'lib, xalqlarning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, har- tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yolida matonat ko'rsatdi.
Mirzo Ulug'bek, awalo, ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan mukammal harita va bugungi eng zamonaviy hisoblardan deyarli farq etmaydigan astronomik jadvalini yaratdi.
145


www.ziyouz.com kutubxonasi




Uning hayoti va ijodi ozbek xalqi ma'naviyati poydevoriga qo'yilgan tamal toshlaridan biri bo'lib, xalqimizning o‘rta asrlarda fundamental fanlarga nechog'li buyuk ahamiyat berganini ko‘rsatadi.
Mirzo Ulug'bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u awalo yosh av- lodning aqliy va ma'rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni du- nyoviy bilimlarni egallashga da'vat etdi, har qanday johillik va bilimsiz- likka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo'lishga, halollik va rostgo‘ylikka da'vat etdi.
Ulug'bek bilimlarni faqat kitoblardan emas, balki bevosita hayotning o'zidan ham olishni tavsiya etadi.
Ulugbek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu marifat dargohiga aylantiradi. Uhig'bek «Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo'yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o'qitilishiga alohida e'tibor beriladi. Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: Qur'on, Hadis, tafsir, fiqh bilan birga, riyoziyot, handasa ilmi, hay'at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o'rgatilgan.
Ulug'bek ilm-fan ravnaqi uchun kurashgan, ta'lim-tarbiya rivojiga hissa qo'shgan fuqarolarni doimo rag'batlantirib, o'qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat-ehtirom bilan qarashni targ'ib etgan. Uning mana shu say'i harakatlari tufayli ta'lim-tarbiya saviyasi yaxshilana bordi, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ta'limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o‘quv sistemasi isloh qilinib, unda falakiyot, mate- matika, geografiya kabi aniq fanlarni o'qitishni joriy etdi, ta'lim mazmunining saviyasini oshirdi, madrasalarda o‘qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Ulug'bek o‘z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog'lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo'lib etishuviga alohida ahamiyat beradi.
Ulug'bekning fikricha, ta'lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanla- ri bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o'stirishda muhim vosita bo'lsa, tarix va adabiyot fanlari bolalarning vatanparvar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ulug“bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo'lishiga, o‘z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg'ulotni yuksak saviyada o'tkazishga da'vat qiladi, ana shu bilangina o'quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta'kidlaydi. Uning
146


www.ziyouz.com kutubxonasi




fikricha, tarbiyachi awal o'zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.
Ulug'bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoli- yatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamh, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur, deydi. Buning dalili sifatida «Zij» ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: «Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz ishladik, o‘z mo'ljallagan maqsadimizga etguncha biz o‘zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o‘n sakkiz yildan so‘nggina o‘z ko'zlagan niyatimizga etdik».
Ulug'bek axloqiy tarbiya haqida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o'zaro munosabatlar, do'stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etishi kerakligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy va soxta do'stlarni ajrata olish lozim, g‘arazli kishi hech vaqt do‘st bo‘lmaydi, kishilarni u to‘g‘ri yo'ldan ozdiradi. Shu bois g'arazli kishilardan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, yiroq bo'lish, kasbi va xulq-atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfe’1 kishi bilan do'stlashish lozimligini tavsiya etadi.
Har bir kishi do'stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarni hal etishi mumkin, kishi yolg'iz o‘zi, do'stlarsiz hech narsa qila olmaydi. Uning ta'kidlashicha, har bir insonning axloqiy shakllanishi olimlar o'rtasidagi munosabatlarga ham bog'liqdir, ular o'rtasidagi yaxshi hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida g'oyat muhimdir. Bunday do'stona va beg'araz hamkorlik mohiyatini biz Uhig'bek faoliyati misoli- da ko'rishimiz mumkin. Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga sodiq qoldi. Ulug'bek o'zining kopyillik mehnati evaziga yaratilgan «Ziji Ko‘ragoniy» asarini unga ishonib topshirdi va u o‘z navbatida ustozining ishonchini oqladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483 — 1530)
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda, Farg'ona hukmdori Umar Shayx oilasida tavallud topdi. Uning bolalik yillari Andijon va uning atrofida o‘tdi. Bobur tug'ilgan davrda Temur asos solgan katta davlatning temuriyzodalar tomonidan bo'lib olinishi boshlangan, toj-taxt uchun kurash avj olgan edi. 1494-yili otasi Umarshayxning vafotidan so‘ng Bobur Fargona hukmdori deb e'lon qihndi. Davlat ishlarini boshqarishda unga onasi Qutlug' Nigor xonimning ko'magi juda katta boTldi. Keyingi yillari Bobur Movarounnahrda katta davlat tuzishga harakat qildi, lekin temuriyzodalarning bir-biriga bosh qo‘shmasliklari, tarqoqligi tufayli


147


www.ziyouz.com kutubxonasi




Bobur Muhammad Shayboniyxondan yengilib Kobulga, keyinchalik Badaxshonga ketishga majbur bo'ldi. 1505 — 1515-yillari Bobur yana temuriylar davlatini tiklash maqsadida Movarounnahrga qaytishga harakat qilib ko‘rdi, lekin bu yurishlar ham befoyda ketdi. Shundan keyin Bobur Afg“onistonda hokimiyatini mustahkamlagach, Hindistonga yo‘l oldi. 1525-yili Dehlining shimolida Panipatda Dehli sultoni Ibrohim Lo'di qo'shinini yengib, boburiylar davlatiga asos soldi.
Boburilm-fanning, san'atning, umuman, hayotning hamma sohalari bilan yaqindan qiziqqan. G'ayrat va tashabbus, sinchkovlik va iste'dod Bobumi rivojlangan feodal davrining ulug‘ namoyandalaridan biriga aylantirdi. U har bir sohani aniq bilishga intilgan, undagi nuqsonlarni ko'ra olgan va masalaning mohiyatini tezda tushunib yetgan.
Jahon sharqshunoslari tomonidan ulug' olim sifatida e'tirof etilgan Bobur fanning ko'pgina sohalari bo'yicha qimmatli ishlarni amalga oshirgan. Yaqin hamda O‘rta Sharq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat qilgan.
Buyuk iste'dod sohibi bo'lgan Bobur «Bobumoma»da turli toifa tabaqa, urug‘ nasab, kasbu kor, har xil mansab, lavozimlarga ega bo'lgan tarixiy shaxslar, mashhur kishilar, ulaming shajarasi, hayot yo'li, yashash tarzi, sarguzashtlarining aniq va toTiq tavsifini beradi. «Bobumoma» o'sha davr tarbiyasini organish uchun ham o'ziga xos ahamiyatga egadir.
Zahiriddin Muhammad Bobur shafqath va ibrath ota sifatida o‘z farzandlarini hamisha totuvlik va inoqlikka da’vat qilar, bu tuyg'uni ulaming qon-qoniga singdirmoqqa urinardi. Bu intilishni uning Xumoyun va boshqa o‘g‘illariga yozgan ibrat to‘la maktublarida ko'rish mumkin. Unda Bobur o'g'illarini totuv yashab, bamaslahat ish ko'rishga chaqiradi.
Bobur lirikasining asosiy qismini g'azallar tashkil etadi Bizgacha ulug1 shoiming 119 g'azali yetib kelgan. Bobur g'azallarida talim-tarbiya, odob-axloq masalalariga ham e’tibor berilgan.
Fan va ma'rifatni yuqori darajada qadrlagan Bobur adabiyot, san'at va ilm ahli bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo'ldi, ularga homiylik qildi, ilmiy-adabiy suhbatlar, mushoaralar uyushtirdi. U o‘z davrida ilmga berilgan odamlar kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zamrligini quyidagicha ta'kidlaydi:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling