Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet35/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda fan, madani- yat, ta'lim qanday rivojlandi?

  2. Nima sababdan XIV asrning ikkinchi yarmi — XVI asrlar Sharq Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi deyiladi?

  3. Amir Temurning ta'lim-tarbiya taraqqiyotida tutgan o'rni haqida gapirib bering.

  4. Ulug'bekning fan va ta'limni rivojlantirishdagi xizmatlari nimalardan iborat?

  5. Boburning ilm-fan taraqqiyoti va ma'rifiy-axloqiy tarbiyada tutgan o‘mi haqida so'zlab bering.

Mustaqil ish
«Boburnoma» asarini o'rganish va tahlil qilish.
Abdurahmon Jomiy
(1414 — 1492)
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan mutafakkirlar kabi inson va uning yuksak axloqiy xislatlari, go‘zal fazilatlarini tarannum etish orqali kishilarning baxt-saodatini ta'minlash yo'llari xususidagi g'oyalami ifoda etadi.
Allomaning toTiq ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmaddir. U1414- yilning 7 noyabrida tavallud topgan.


150


www.ziyouz.com kutubxonasi




Abdurahmon Jomiylar oilasi keyinchalik Hirot shahriga ko'chib o'tadi. Bu davrda Xurosonda Shohrux Mirzo hukmronlik qilar, Hirot shahri esa, eng yirik madaniy markazlardan biri sanalardi.
Yosh Nuriddin Abdurahmon maktabga juda erta qatnay boshlagan. Uning otasi o‘z davrining ziyoli kishilaridan bo'lganligi uchun o'g'lining bolalikdan bilim olishiga katta e'tibor bergan.
Abdurahmon maktabni tamomlagach, «Nizomiya» madrasasida tahsilni davom ettirdi. Madrasada tahsil olish davrida u arab tili grammatikasini puxta o'rgandi, aruz, qofiya ilmidan saboq oldi. Ayni vaqtda Sa'diddin Koshg'ariy, Shayx Bahoviddin Umar va Mavlono Muhammad Asad kabi allomalaming qohda o'qidi.
Biroq Abdurahmon Jomiy o‘zi egallagan bilimlari darajasidan qoniqmasdi. Shu bois Samarqand shahriga yo‘l oladi. Bu davrda Samarqand ulug' mutafakkir Muhammad Tarag'ay Ulug'bekning boshqaruvi ostida bo'lib, u madaniyat va ma'rifat o'chog'iga aylangan edi. Samarqandda Abdurahmon Jomiy o‘z zamonasining etuk olimi Qozizoda Rumiy tomonidan o'qilgan ma'ruzalarni tinglashga muvaffaq boldi.
Abdurahmon Jomiy tinimsiz izlanish, o‘qib-o‘rganish evaziga mate- matika, arab tili va adabiyoti, sintaksis, musiqa, falakiyot, falsafa, fiqh, notiqlik san'ati, Qur'onni qiroat bilan o'qish va sharhlash kabi fanlardan chuqur bilimga ega boldi.
Alloma va she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o'rtasida mustahkam do‘stona aloqa mavjud bolib, ushbu aloqa ham badiiy ijod, ham maishiy turmush, ham ijtimoiy munosabatlar sohasida yaqqol ko'zga tashlanar edi...
Alloma uchta lirik devoni, ta'lim-tarbiya masalalariga oid «Bahoris- ton», ettita dostonni o‘z ichiga olgan «Haft avrang» («Etti taxt») nomli asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o'ringa ega ЬоЛсй.
Abdurahmon Jomiyning talimiy-axloqiy qarashlari «Bahoriston» asari hamda «Haft avrang» («Etti taxt») asarining tarkibidan o'rin olgan «Tuhfat ul-ahror» va «Silsilat uz-zahab» dostonlarida aks etadi. AUomaning «Bahoriston» asari Muslihiddin Sa'diyning «Guliston» asari yaratilgan uslubda yozilgan. Unda Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson va uning ma'naviy-axloqiy qiyofasi borasida to'xtaladi.


151


www.ziyouz.com kutubxonasi




«Haft avrang» asarining birinchi dostoni «Tuhfat ul-ahror»da Abdurahmon Joroiy ilmning inson hayotidagi ahamiyatini ko'rsatib berar ekan, ilm har qanday muammoni echishda insonga yordam berishini ko'rsatadi.
Alloma «Silsilat uz-zahab» dostonining «Sevimli aziz farzandga nasihat»» nomli bobida har bir yoshning bilim olishi zarurat ekanligini ta'kidlaydi. Zero, inson umri juda qisqa, u ummi behuda o'tkazmasligi, muayyan darajada bilimlami egallagandan so'ng unga amal qilish lozim, amaliyotda qollanilmaydigan ilm behudadir.
Abdurahmon Jomiy ilmning ahamiyati borasida to'xtalar ekan, kitobning mavjud bilimlami egallashdagi o‘mi hamda kitobning fazilat- larini ochib beradi. Chunonchi:
Kitobga yuz o'girgin, ey, jigarim farzandim, Kitobga ulfat bolgin, quloqqa ol bupandim. Tanholikda munising, bilsang agar kitobdir, Donolikning tongiga, shu'la sochar kitobdir. Bepul, beminnat senga, ustoz bo'lib o'qitar, Bilim bag'ishlab senga, chigallaringni yechar, Kitobdur yaxshi hamdam, teri yopingan olim, Ish siridan goh so'zlab, ammo goho turar jim. Uning ichi g'unchadek, varaqlardan liq tola, Har varag'i go'yoki, durdonadir biryola.
Alloma kitobni «teri yopingan olim»ga qiyoslaydi.
Abdurahmon Jomiy bilimlami yoshlikdan egallash maqsadga muvo- fiq ekanligini ta'kidlaydi. Ayni o'rinda johillikni qoralab, dono bilan nodon kishilarni bir-birlariga qarama-qarslii qo'yadi:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling