Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet37/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Kimning qalb diliga kirdi qanoat, Hirs bilan ta'madan qutuldi bori. Qanoat gilami to'shalgan erda Sindi ochko'zligu ta'ma bozori.
Jomiy kamtarlikni targ'ib etar ekan, kibr-havo, manmanlik, razolat, johillik kabi illatlami qoralaydi.
Takabburlik ziyondir, undan andisha qilg'il,
Ko'rdingmi, u boshoqni, bosh ko'tardi va boldi, O'roqningzarbi bilan ergayiqildi, soUi.
Ko'rdingmi, don o'zini, tuproqqa tashlar kamtar, Uni avaylab erdan ko'targusidir qushlar.
Kimki kamtarlik aylar, udir uluglikkaxos, Egilgan boshni har kim, uluglaydi beqiyos.
Jomiy asarlarining mazmunida ulugTangan yana bir insoniy sifat, bu - do'stlik va unga nisbatan sadoqatli boTish g'oyasidir. Insonlar bir- birlari bilan ijtimoiy mimosabatga kirishar ekanlar, ular o'rtasida yuzaga keluvchi do'stona munosabat yuksak kamolotning yorqin belgisi sifatida namoyon bo'ladi, deydi alloma. U haqiqiy do'stlikning muhim belgilari sirasiga do'stga sodiqlik, qiyin vaziyatlarda undan qochmaslik, aksincha, hamdard, mehribon boTish, do'stligi evaziga biror narsani ta'ma qilmaslik kabi xislatlami kiritadi.
Chin do'st ul - do'stligi oshaversa gar, Do'stidanyomonlik ko'rganida ham. Boshiga ming jafo toshi yog'ilsa, Mehr uyi u toshdan bolur mustahkam. Do'st hajridan oshiq kutar adolat, Yo vasl eshigida turar bir holat.
Do'stlikdan o'zga bir maqsadi bolsa, Olamda bormi hech bundan razolat.


156


www.ziyouz.com kutubxonasi




«Iskandar xiradnomasi» dostonining«Iskandamingpokizalar shahriga etishi» bobida ifoda etilgan yetuk insonga xos xislatlar borasidagi qarashlar Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridan joy olgan «Fozillar shahri hokimining fazilatlari» bandida ilgari surilgan fikrlar bilan o‘zaro uyg'undir. Har ikki asarda ham fozillar shahri aholisiga xos bo'lgan xislatlar yaxshilikning g'olib kelishi barcha yomon illatlar - urush, nizo, jaholat, zulm, boylikka hirs qo'yish hamda ta'magirlikning barham topishi asosida kechishini ochib beriladi.
Iskandar jahon kezib, nihoyat bir shaharga keladi. Bu shahar aholisining ma'naviy-axloqiy qiyofasi, ularning turmush tarzi shohni lol qoldiradi. Shaharda odamlar tinch, osoyishta, urush-janjallarsiz hayot kechiradilar; barcha birdek mehnat bilan shug'ullanadi; o‘g‘ri yo‘q, shu bois barcha eshiklar qulfsiz. U yerda adolat hukmron, fuqarolar o'rtasida o'zaro yordam va hamjihatlilik hissi qaror topgan. Bunday hayot tarzi ushbu shahar aholisiga ota-bobolaridan meros qolgan boTib, ular mavjud an'analarni e'zozlab asraydilar va ularga qat’iy amal qiladilar.
Abdurahmon Jomiyning tasawurlarida shakllangan «Pokizalar shahri» allomaning yuksak orzu-umidlari timsoli, har jihatdan mukam- mal, ideal ijtimoiy tuzum namunasidir.
Mutafakkiming qarashlariga ko‘ra, etuk, komil inson elu yurt man- faati yo'lida xizmat qihb, yaxshi nom qoldirishi zarur. «Silsilat uz-zahab» dostonida bayon etilgan quyidagi pandlar Jomiyning ijtimoiy qarashlari mohiyatini aks ettiruvchi umumiy g‘oya sanaladi:
O'z koningdan tashqari qo'ygil qadam, Gavharingni ayla pardoz dam-badam. Konda gavhar yotgani befoyda, El uchun undan kelur ne foyda.
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom, Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom. Yaxshilikni seno'zingga pesha qil, Hech kishiga ranju ozor bermagil.
Asarda alloma yana tarbiya masalalari xususida so‘z yuritar ekan, ijtimoiy tarbiyani tashkil etishga jiddiy e'tibor berishni maqsadga muvofiq deb topadi. Biroq tarbiyani izchil va uzluksiz yolga qo'yishga erishishni bu yo'ldagi muhim vazifa deb hisoblaydi. Zero, har qanday giyohni ham parvarishlash asosidagina undan yaxshi hosil olishni ko'zlash mumkin. Agarda insonga uning bolaligidanoq yaxshi tarbiya berilsa, u komil inson boTib voyaga etishiga ishonch bildiriladi. Abdurahmon Jomiyning«Silsilat uz-zahab» dostonining tarkibiga kiritilgan «Tarbiyaning ahamiyati haqida» nomli bobning mazmunida quyidagi fikrlar ifoda etiladi:


157


www.ziyouz.com kutubxonasi




Yoqilsa olov, boshda yaxshi yonar, Agar topmasaparvarish tez so'nar. Temiryoki toshdan chiqarsang-da, o't, O'tinsiz bolur ushbu o‘t besubut. O‘tin-la olov bolsagar hamnafas, Alanga olib gurkirar basma-bas. Qalasang agar unga tutanturuq, O'shancha bolur shulasi ham boluq. Alanga bolur barcha uchqunlari, Yonib turg'usidir tunu kunlari. Yurak o'ti ham xuddi shunday erur, Agar parvarish topsa mangu turur.
Abdurahmon Jomiy asarlarida yaxshilik barkamol insonga xos bo‘l- gan muhim axloqiy xislat mohiyatini ifoda etuvchi xatti-harakat sifatida ulug'lanilishi bejiz emas. Zero, yer yuzida yaxshilik va yomonlikning mangu barqaror boTishi, ular o'rtasida boradigan abadiy kurash, yaxshilik va ezgulikning yomonlik va yovuzlik ustidan g'olib kelishiga bo'lgan yuksak ishonch tuyg'usi eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan, barcha pandnoma janrida yaratilgan ma'rifiy asarlarning asosini tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, Abdurahmon Jomiynnig etti dostondan iborat «Haft avrang» asarining«Tuhfat ul-ahror», «Sabhat ul-abror» («Yaxshilar tasbihi»), «Silsilat uz-zahab» («Oltin tizmalar») kabi falsafiy-axloqiy asarlari hamda «Xiradnomai Iskandar» nomli dostonida allomaning barkamol inson tarbiyasiga oid umuminsoniy g“oyalari o‘z ifodasini topgan.
Alisher Navoiy
(1441 — 1501)
0‘zbek adabiyotining asoschisi, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441-yil 9 fevralda Hirot shahrida tug'ilgan. Alisher favqulodda iste'dod egasi bo'lgan, iste'dodining dastlabki uchqunlari u uch-to‘rt yoshligidayoq namoyon bo'la boshlagan. Shu vaqtda u Fariddidin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod oladi.
Alisherdagi ilm o‘rganishga bo'lgan kuchh qiziqish hamda ishtiyoqni o‘z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445-yili maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog'larida o'tmish mutafakkirlari va o‘z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda mavjud badiiy asarlar mazmunini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, mustaqil ravishda she'rlar yoza boshlaydi. Ahsher tomonidan yaratilgan


158


www.ziyouz.com kutubxonasi




she'riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy fikrlarni aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o‘qib bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she'riyat ixlosmandlarining hayratiga sazovor bo'lib kelmoqda:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling