Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
Uch fe’l erur kishiga qotil oxir, Qotillik aro zahri halohil oxir. Buxl angla birin, birin havo bir oxir, Qil ujbni ham alarg'a doxil oxir.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy o'zining badiiy asarlari bilan birga, ta'limiy-axloqiy asarlarida ham o‘zi orzu etgan yetuk inson qiyofasini yaratadi. Navoiy asarlarida tasvirlangan qahramonlar - Farhod, Qays, Iskandar obrazlarida jismoniy yetuklik hamda axloqiy kamolot o‘z ifodasini topgandir. Insonning sog'lom, baquwat va axloqli bo'lib yetishishi xususidagi o'gitlar allomaning didaktik-axloqiy asarlarida markaziy o'rinni egallagan. Aksariyat asarlarda yigit kishi yoshligidanoq o'zlashtirishi shart bo'lgan harbiy-jismoniy xislatlar borasidagi fikrlar ilgari surilar ekan, yoshlarda ularni tarbiyalash yollari ko'rsatiladi. Navoiy ham, boshqa mutafakkirlar singari, har bir yigitga quyidagi fazilatlar xos bo'lishi lozimligini aytadi: kamondan ota olish - merganlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tusha olish. Mutafakkir asarlarida bosh obraz sifatida talqin etilgan qahramonlar o'zlarida ana shu xislatlarni tarkib toptirish- 164 www.ziyouz.com kutubxonasi ga muvaffaq bola olgandirlar. Xususan, Farhod, Bahrom hamda Iskandar chavandoz, yengilmas bahodir va mohir mergan bo'lib yetishgandirlar. Ularning jismoniy kamolotga erishish jarayonlarini yoritishga xizmat qiluvchi lavhalar «Farhod va Shirin», «Sab'ai sayyor» va «Saddi Iskandariy» dostonlarida o‘z ifodasini topgan. «Sab'ai sayyor» dostonida asar qahramoni Bahromning mohir mergan ekanligini ifodalovchi shunday lavha mavjud: Diloromning istagi bilan shoh Bahrom ovga chiqadi. Ov chog'ida u kamondan o‘q otib, bir kiyikning awal ikki oyog'ini juftlaydi, keyin esa ikkinchi o‘q bilan kiyikning bo‘g‘ziga o‘q otib, bo‘g‘izlaydi. Lavha tasvirlangan holat Bahromning naqadar usta mergan ekanligidan dalolat beradi. Bizga yaxshi ma’lumki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismo- niy mahoratni puxta o'zlashtirishiga alohida e'tibor berib kelganlar. Merganlik, suvda suzish, qilichbozlik, kurash tushish sirlari yosh, o'ktam yigitlarga bu borada chuqur bilim hamda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan murabbiylar tomonidan o'rgatilgan. Mavjud an'anaga muvofiq Alisher Navoiy ham o'zining badiiy hamda ta'limiy-axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o‘tadi. LfNavoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o'rganish maqsadga muvofiqdir, deb hisoblaydi. Shu bois alloma turli fanlar yo'nalishlarida yetuk bilimlarga ega va xalq o'rtasida alohida hurmat- e'tiborli bo“lgan olimu fozillami yig'ib, ulaming yordami bilan ilm-fanning rivojini ta'minlashga e’tiborni qaratadi. Ana shu maqsadda shaxsiy mablag'i evaziga madrasalar barpo etadi, maktablar ochadi. Madrasalarda o'ziga xos tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. Talabalardan mavjud tartib-qoidaga qat'iy rioya qilish talab etilgan. Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug'ullanish, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna usulidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida e'tibomi qaratadi. Tarbiya va ta'lim ishlari o'qituvchi, ota-ona tomonidan olib borilishi lozim. Adib bolalarga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo“l qo'yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o'rinda me'yorga amal qilish zarurligini aytadi. Navoiy o'qituvchining talabchan bo'lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o'rganishga layoqatli, iste'dodli bola- larni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish beibydadir, degan xulosa- ga keladi,ya’ni: «Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga 165 www.ziyouz.com kutubxonasi tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, bunga tarbiyatingni nobud qilma». Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari sistemasida muhim o‘rin tutuvchi omil o‘z-o‘zini tarbiyalash masalasi- ning mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko‘ra, bolaning o‘zi yo“l qo'ygan xato va kamchiliklarini o‘zi anglab olishi ham- da ulami bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e'tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to‘g‘ri foyda- lansa, o‘z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi; kimki yo‘l qo'yilgan xatoni anglash va uni to‘g‘rilashga harakat qilish o'rniga turli bahonalami ro'kach qilaversa, xatolari yana bittaga oshishi uchun shaxsan o‘zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko‘p bo'lsa, uning yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko'rinadi, kamchilikning mavjud ekanligini ko'rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo'lsa, el oldida uning obro'si shunchalik pasayadi. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling