Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet41/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Dardlik ko'ngil - shu'lalik chiroq, Yoshlik ko‘z - buloq.
Tuyaqushgayuk ortib ko'chib bolmas.
O‘t ishi qovurmoq, Yel ishi sovurmoq.
Oshning ta'mi tuz bilan,
Kishining yaxshiligi so‘z bilan.
SogTik tilasang, ko'p ema, Izzat tilasang, ko‘p dema.
Ta'magirdanyaxshilik tilama, Gadoydan aqcha so'rama.
Baxilning omonatni asrashi ajab, Vafodorning xiyonat qilishi ajab.
Buzuqidan hayo tilama,
Zolimdan shafqat tilama.
Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari
(1440 — 1505)
XV asrda Movarounnahr, Eron va Xuroson kabi davlatlar hududida ijtimoiy-falsafiy, ma'rifiy fikr taraqqiyotida o'ziga xos o‘rin tutgan olimlardan biri Husayn Voiz Koshifiydir. Uning taTimiy-axloqiy qarashlari Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy ijtimoiy-ma'naviy qarashlari bilan ko‘p jihatlardan uyg'un keladi. Alloma dunyoqarashining asosini insonda ma'naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash g'oyalari tashkil etadi.
Allomaning yoshlik yillari Sabzavor, Nishopur, va Mashhad
168


www.ziyouz.com kutubxonasi




shaharlarida kechgan. Keyinchalik Jomiyning taklifiga binoan Hirot shahriga keladi va shu shaharda yashab, ijod qila boshlaydi. Hirotda u Ahsher Navoiy bilan tanishadi...
Husayn Voiz Koshifiy axloq, nujum, mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, musiqashunoslik, tasviriy san'at, tabobat ilmiga oid ikki yuzdan ortiq asar yaratib, Sharq ma'naviy madaniyatining rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Manbalarda keltirilishicha, alloma «Axloqi Muhsiniy», «Anvari Suhayliy», «Javohirnoma», «Risolai dar ilmi e'dod» («Sonlar haqida risola»), «Ravzat ush shuhado»(«Shohidlik bog'i»), «Oynai Iskandariy» («Iskandar oynasi»), «Tafsiri Husayniy», «Risolati Hotamiya», «Kitobi Hotamnoma» «Badoe al-afkor fi sanoe al-ash’or» kabi asarlar yaratgan.
Husayn Koshifiy Xurosonda Husayin Boyqaroning voizi, ta'birchi va maslahatchisi sifatida shuhrat qozonadi.
Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari ingliz, nemis, o'zbek va turk tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abulmuhsin Mirzoga bag‘ishlangan bo'lib, unda inson kamolotini ta'minlashda nihoyatda muhim sanalgan xislatlar va ularning mohiyati yoritib beriladi.
Koshifiyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlari diqqatga sazovordir. Zero, uning qarashlarida aqliy tarbiya va uni yoTga qo'yish, aqliy bilish jarayoni, ma'rifatli bo'lish, bilimlarni egallash masalalari muhim o‘rin egallaydi. Mutafakkir aql tabiatning bebaho in'omi va haqiqat mezoni ekanligiga, inson aqlining qudratiga ishonadi. U aqlni haqiqat sifatida ta’riflab, inson o‘z faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi, deydi. Fanlarni tasniflashda ham insonga muayyan kasb-hunar yoki bilimlar asosini o'rgatishga xizmat qiluvchi fanlaming ahamiyatiga alohida e'tibor qaratadi.
Husayn Voiz Koshifiy ilm boylik va dunyo orttirish uchun emas, balki hayot kechirish uchun zarurdir, deya ta'kidlaydi. Alloma puxta va chuqur ilm o'rganishning eng maqbul yo'li o'rganilgan bilimni amaliyot bilan bogTash ekanhgini alohida takidlaydi.
Bunda u inson aqlini faoliyatning asosi sifatida talqin etib, o‘z navbatida, bu faoliyat yangi bilimlaming yaratilishiga asos boTadi degan fikrni ilgari surish bilan zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. Xususan, «Axloqi Muhsiniy» asarida aql bilan faoliyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik xususida to'xtalib o‘tar ekan, barcha kishilar aqlga ehtiyoj sezadi, aql esa amaliy faoliyatning tashkil etilishiga nisbatan ehtiyoj sezishini ta'kidlaydi. Olim nazarida, harakat, faoliyat — aqlning ko'zgusidir.


169


www.ziyouz.com kutubxonasi




Aql yordamida hayotiy tajriba ortadi, kishilar tomonidan to'plangan shaxsiy tajriba negizida bashariyatning umumiy tajribasi shakllanadi, ma'naviy qadriyatlar majmui hosil bo‘ladi, shu tarzda ular kelgusi avlodlarga yetkaziladi.
Husayn Voiz Koshifiy insonni unga bilim berish orqali tarbiyalash, uning aqliy qobiliyatini o'stirish mumkin, deya hisoblaydi va bilim insonni komillik darajasiga ko'taruvchi mezon ekanligiga ishonadi.
Husayn Voiz Koshifiy ijtimoiy, axloqiy talablar, ularning mohiyati, ularga amal qilish shartlari xususida ham so‘z yuritadi. Alloma tomonidan ko'rsatib o'tilgan ijtimoiy, axloqiy talablar jamiyat taraqqiyoti va kishilar o'rtasida o'zaro hamkorlik, do'stlik va ahillikni qaror toptirish yo'lida o‘ta muhim ahamiyatga ega sanaladi. Koshifiy o'ttizdan ortiq ijtimoiy- axloqiy talablarni bayon etadi. Bu talablar mazmunida jamiyat a'zolarida sabr-toqat, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, kechirimlilik, saxiylik, saxovat, tavoze’ (kamtarlik), rostgo'ylik, shijoat, hushyorlik, farosat kabi insoniy fazilatlarning namoyon etilishi borasidagi ijtimoiy ehtiyoj o‘z ifodasini topgan.
Husayn Voiz Koshifiy tomonidan yaratilgan asarlardan yana biri «Futuwatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» nomli asar ЬоЪЬ, unda komil insonni shakllantirishning amaliy yo'llari va ularning mohiyati ochib beriladi.
Ma'lumki, Movarounnahr, Eron va Xuroson kabi mamlakatlarda X asrdan boshlab javonmardlik yoki futuwatchilik harakati keng yoyilgan. Javonmardlik yoki futuwatchilik harakatining mohiyati yosh yigitlarning o‘z hayotlarini faqat ezgu ishlarni amalga oshirish hamda o'zlarida ezgu xislatlarni tarkib toptirishga bag'ishlab, zohiran va botinan pok bolish yolida jamoaga uyushishlaridan iboratdir. Javonmardlik yoki futuvvatchilik harakatiga qo'shilgan yoshlar javonmardlar yoki futuwatlar deb nomlanganlar. Ular ma'naviy va jismoniy yetuklikka intilganlar, mardlik va oliyjanoblik namunalarini korsatganlar. Ulamnig o‘z jamoasi, piri, ustozlari, shuningdek, maxsus yig'inlar o'tkaziladigan manzillari bo'lgan. Sarbadorlar, Abu Muslim, Yaqub ibn Lays, Mahmud Torobiy kabi xalq qahramonlari ham javonmardlar jamoasining faol a'zolari bo'lganlar.
Futuwat (javonmardlik) ilmi tasawuf, so'fiylik asoslariga muvofiq kelib, insonni axloqan poklash, kishilar o'rtasida o'zaro mehr-shafqat, himmat va mardlik xislatlarini qaror toptirishni targ'ib etgan. Tasawuf nazariyasi futuwatda yuksak g'oyalarning ijtimoiy-amaliy tadbiqini ko‘rsa, futuwat nazariyasi tasawufda iymon-e’tiqodning nazariy jihatdan puxta asoslangan g'oyasi mavjud ekanligini e'tirof etadi. Futuwat


170


www.ziyouz.com kutubxonasi




sifatlariga ega kishilar fatiy deb ham nomlanganlar. Fors tilidan tarjima qilinganda «fatiy» so‘zining ma'nosi «yoshlik», demakdir. Kishida insoniy fazilatlaming mavjudligi nuqtai nazaridan mazkur tushuncha majoziy ma'noda kamolot chegarasini zabt eta olgan odamlar — yoshlarga nisbatan qo'llanilgan.
Javonmardlik fazilatining rukn(ustun)lari o‘n ikkita bo'lib, ularning oltitasi zohiriy, oltitasi botiniy sifatlar sanaladi. Zohiriy tarzda namoyon boluvchi sifat (rukn)lar quyidagilardir:

  1. G'iybat, yolg'on, bo'hton, behuda so'zdan tilni tiyish.

  2. Nojo'ya, nomaqbul so'zlardan quloqni berkitish.

  3. Ko'rish nojoiz narsalardan ko'zni yumish.

  4. Harom narsalardan qo‘lni tortish.

  5. Borish man qilingan joylardan oyoqni tortish, gunohga sabab bo'ladigan g'ammozlik, gap tashish, ziyon-zahmat ishlarga qadam qo'ymaslik.

  6. Harom ovqatdan og'izni, zinodan a’zoni berkitish.

Botiniy tarzda namoyon boQuvchi sifat(rukn)lar esa quyidagilardir:

  1. Saxovat.

  2. Kamtarlik(tavoze).

  3. Qanoat.

  1. 4. Afv va marhamat.

  1. Kibr va g'ururni tark etish.

  2. G'ubr (ko'ngilning dunyoviy tashvishlaridan tozalanib, do'st (xudo) muhabbatining makoni, ishq sultoni o'tiradigan taxtga aylanishi).

Asarda keltirilishicha, futuvvatning 71 sharti bo‘lib, ushbu shartlarning 48tasi vujudiy, 23tasi esa azaliy sanaladi.
Maxsus qoida va nizomlarining shartlariga qafiy amal qilish, xususan, bel bog'lash va shogird tushish shartlari bekamu ko'st bajarilgach, ularning qanday bajarilishi ustoz tomonidan nazorat qilingach, futuvvatchilik harakatiga qo‘shilish istagini bildirgan kishi (yigit)futuwatchilar jamoasiga qabul etilgan.
Asarda bayon etilgan fikrlardan eng muhimi—tariqat ahlining odobi borasidagi o'rin hisoblanadi. Unda tariqat ahlining ko'nglini yomon o‘y- niyatlardan asrashi, ko‘z, quloq, til, og‘iz, qo‘l va farj(tanosil a’zolari)ni yomon, harom sanalgan xatti-harakatlami sodir etishdan saqlash odobi, tariqat arbobi, tariqat toifalari a'zolarining odobi, taqvodorlar (xonaqo) odobi, o'tirish, bemorning holidan xabar olish, janoza, ta'ziyaga borish, kasb-kor, savdo-tijorat va ma'rakaga borish odoblari xususida so‘z yuritilib, ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlarning har bir uslubi va uning mohiyati ochib beriladi. Ma'lumki, muayyan kasb yoki hunar bilan shug'ullanuvchi kishilar ana shu kasb yoki hunarning ichki xususiyatlaridan kelib chiqib,


171


www.ziyouz.com kutubxonasi




muayyan odob-axloq qoidalariga amal qilishlari talab etilgan. Husayn Voiz Koshifiyning «Futuwatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» asarida turli kasb-hunar egalarining odoblari yuzasidan ham fikr- mulohazalar bildirilgan. Ushbu jihatlariga ko‘ra, asar barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash masalalariga jiddiy e'tibor qaratilayotgan hozirgi davrda beqiyos ahamiyatga egadir.
Ko'rinadiki, Husayn Voiz Koshifiyning nuqtai nazariga ko‘ra, komil (har jihatdan yetuk) inson o'zida eng oliy insoniy ma'naviy-axloqiy xislatlarni mujassam eta olgan, atrofidagilarga o'rnak ko'rsatish layoqatiga ega shaxs bo'lishi lozim. Komil insonlarning sa’yi-harakatlari asosida ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, jamiyatda tinchlik va farovonlik qaror topadi.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling