Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet42/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Nazorat uchun savollar

  1. Abdurahmon Jomiyning ta'lim-tarbiya haqidagi fikrlari va uning pedagogik faoliyatini aytib bering?

  2. Alisher Navoiyning asarlarida ta'limiy-axloqiy g'oyalarning yoritilishi.

  3. Alisher Navoiy maktab-madrasalar va o'qituvchi-ustozlar haqida.

  4. Alisher Navoiyning ilmiy-ma’rifiy faoliyatini aytib bering?

  5. Husayin Voiz Koshifiyning futuwat (javonmardlik) ilmi haqidagi fikrlarini aytib bering?

Mustaqil ish
Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub"asarini o'rganish va tahlil qilish.


172


www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. ВОВ. XVII—XVIII ASRLAR VA XIX ASRNING
    BIRINCHI YARMIDA TA'LIM-TARBIYA VA
    PEDAGOGIK FIKR


Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklarida ta'lim-tarbiya,
maktab, fan va madaniyat

XVI asr boshlarida temuriylar sulolasi inqirozga uchradi. Uning o'miga Shayboniylar hukmronligi o'rnatildi. Shayboniyxon(1451—1510) Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlat barpo qilish uchun kurash olib bordi, uning halokatidan so‘ng yana o'zaro urushlar sodir boTib turdi. Oqibatda bu hududda uch xonlik, awalo, Buxoro va Xiva, XVIII asr oxiriga kelib, Qo'qon xonligi qaror topdi.
Buxoro xoni Abdullaxon davrida boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o'rnatilishiga erishildi. Jumladan, Hindistonda shoh Akbar, Sharqiy Ovrupoda Ivan Grozniy bilan xalqaro munosabatlar o'matildi.
Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi ko'plab ijtimoiy binolar qurish imkoniyatini berdi, Abdullaxon 1001 rabot va sardoba, ko'plab madrasa, masjid, xonaqo, ko‘prik, suv ombori va boshqa inshootlami
qurdirdi.
U atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni to'plab, ularga homiylik qildi. Shoirlar orasida ayniqsa Mushfiqiy o‘z madhiyalari, lirik she'r va xajvlari bilan shuhrat topdi. Buyuk muarrix Hofiz Tanish Buxoroda «Abdullanoma» nomli katta tarixiy kitob yozdi.
Bu davrda tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj», Muhammad Yusuf «Tahqiq al-humayyot», «Zubdat ul-kahholin» asarlarini; shoir va adiblardan Bobur, Muhammad Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiy, G'oyibiy Samarqandiy barakali ijod qildilar.
Mazkur davrda Muhammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Sayido Nasafiyning she’r va qasidalari, So'fi Olloyor va Boborahim Mashrab she'rlari yaratildi.
Madrasani bitirganlardan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, fan arboblari, adibu shoirlar yetishib chiqardi. Chunonchi, Boborahim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Shavqiy Namangoniy, Sayido Nasafiy, Abulg*ozi So'fiy ОИоуог, Zebunniso, 173


www.ziyouz.com kutubxonasi




Dilshod-Barno, Uvaysiy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abulg'oziy Bahodirxon kabilar ana shunday ilm sohiblaridandirlar.
Abulg'oziy Xorazmda ilm-fanni, madaniyatni taraqqiy ettirish maqsadida o‘z saroyiga binokorlar, tabiblar, shoirlar, tarixnavislar, adibu xattot va boshqa kasb egalarini to'pladi. Xorazmning o'tmish madaniyati Abulg'oziyda katta qiziqish oygotgap edi. U «Shajarai tarokima» (1661), «Shajarai turk»(1664) va tabobatga oid «Manofe’ ul-inson»(1664) kabi nodir asarlar yozdi. Abulg‘oziy Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi.
Ko'rinib turibdiki, amirlik va xonliklar davrida fan, adabiyot, san'at, ma'rifatbirmuncharivojlangan. Koproqsaroylar doirasidaham diniy, ham dunyoviy adabiy asarlar yozilgan. 0‘zbek tilida yozilgan asarlar orasida muallifi noma'lum «Tavorixi guzida»da turkiy qabilalar tarixi va nomlari keng yoritiladi. Bu davrda boshqa ko'plab tarixiy asarlar ham yaratilganki, biz ularni o'rganish orqali o'tmishni to‘g‘ri tasawur etish imkoniyatiga egamiz...

  1. asrda yashab ijod etgan ma'rifatparvarlar orasida So‘fi Olloyor (asli ismi Ollohyor) mashhur bo'lib, uning asarlaridan maktab va madrasalarda o'quv qo'llanmalari sifatida keng foydalanilgan.

So'fi Olloyor 1720-milodiy (1133-xijriy) yili tavallud topgan. U dastlab Samarqandda o‘z qishlog'ida boshlang'ich ta’lim oladi, so'ngra o‘n yoshlarida Buxoroga borib, u yerda 15 yil davomida turli ilmlar hamda kasblarni o'rganadi. 25 yoshida Buxoro bojxonasiga amaldor etib tayinlanadi.
Lekin Olloyor shayx Habibullohga e'tiqod qilib, u kishining madrasasida 12 yil o'qib, yetuk olim va avliyo darajasiga yetadi.
So'fi Olloyor «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin», «Najot ul-tolibin» kabi asarlarini yaratadi. «So'fi ОПоуог» nomi bilan xalq orasida mashhur bo‘lgan «Sabot ul-ojizin» asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o'qitilar edi. Unda islom dinining asosiy aqidalari bayon etilgan. Ular insoniy fazilatlar, badiiy hikmatlar tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan masalalar oyatu hadislarga muvofiq, yozilgan. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy xalq uchun mo'ljallangan. Kitobda «Olloh taoloni tanimoq bayonida», «Olloh taolo ma'rifatining bayoni», «OUoh taoloning sakkiz sifatining bayoni»dan so‘ng iymon, farishtalar bayoni, payg'ambarlarga iymon keltirish bayonidan so'ng islom dinining asosiy qoidalari yuksak axloqiy talablar, hikoyatlar, hikmatlar asosida ifodalanadi. Masalan, «Kamtarlik haqida mav'iza», «Ta'madan tiyilish haqida», «Yomonlar suhbatidin qochib, yaxshilar suhbatinda bo'lmoqning bayoni», «Nafsi shum bayonida», «Xiyonatdin yiroq bo'lmoq bayonida», «Javonmardlik nishoni» kabi boblar bunga misoldir.


174


www.ziyouz.com kutubxonasi




Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, handasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, huquqshunoslika, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik, taqsimot kabi boshqa o'nlab ilmiy bilimlar, dunyoviy hamda diniy bilimlar o'rgatilardi. Barcha madrasalarda majburiy fan sifatida «Qur'on», «Tafsir», «Odob as-solihin», «Maslak ul-muttaqin», «Sabot ul- ojizin», «Kimyoi saodat», «Hadis» o‘qitilardi. 0‘qish muddati 15—20 yil bo'lgan. Masjidlar yonidagi maktablarda bolalarga 7 yil alifbe, abjad, Qur'on, farzi ayn, chor kitob, Xoja Hofiz, «Maslak ul-muttaqin», Mirzo Bedildan savod o'rgatilgan.
0‘zbek bolalari o'qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut- tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Huvaydo», «Qissai devona Mashrab», «Sabot ul-ojizin» o‘qitilgan. Barcha maktablarda talabalarning savodi chiqarilgandan so‘ng So'fi Olloyor o'qitilgan.
Mazkur davrda lug‘atshunoslik, tarixnavislik fanlari rivojlandi, she'riyat ravnaq topdi. Ko'plab asarlar arab, fors va boshqa tillardan tarjima qilindi, xalq og'zaki ijodi orqali yoshlarga qahramonlik, mehnatsevarlik, haqiqatgo'ylik, sadoqat kabi insoniy, axloqiy fazilatlar targ'ib qilindi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida ayollar, tarbiyasiga katta e'tibor berildi. 0‘qimishli, ma'rifatli, ziyoli ayollar tomonidan ko'plab maktablar tashkil etildi va u otinlar maktabi deb nomlandi.
Markaziy Osiyoda otinlar maktabining asoschilaridan, ayollar ta'limida katta xizmat qilgan, o'ziga xos maktab yaratib shuhrat qozongan otinlardan biri Jahon Otin Uvaysiydir.
Jahon Otin Uvaysiy
(XVIII asrning 80-yillari tug'ilib, 65 yoshlarida vafot etgan)
Jahon Otin Uvaysiy Marg'ilonda tugilgan. Otasini Qaynar devona yoki Devonai Qalandar deb atashgan. Onasining nomi esa Chinnibibi edi.
Dastlab Jahonbibi ota-onasi va akasi ko'magida Navoiy, Jomiy, Fuzuliy asarlarini sevib o'qib, organadi. Uvaysiy taxallusi bilan she'rlar mashq qiladi.
Uvaysiyning maktabdorlik faoliyati qaysi yillari boshlanganligi malum emas. Ammo, turmushga chiqquncha shoira otincha sifatida ancha tanihb qolgan edi. Onasi Chinnibibi o'qitadigan qizlar maktabida awal xalifalik qilgan, keyinchalik uning o‘zi mustaqil tarzda qizlarni o‘qita boshlagan.
Shoirani 16—17 yoshlarida Marg'ilonlik Hojixon ismh yigitga uzatadilar. Uvaysiy Quyoshxon, Muhammadxon ismh o‘g‘il-qizning onasi bo'ladi.
175


www.ziyouz.com kutubxonasi




Nodira kelin bo'lgan yillari Uvaysiy xalq orasida tanilgan shoira, uning akasi Oxunjon hofiz Umarbekning sozandasi, eri Hojixon bekning arboblaridan edi. Umarbek haramidagi nufuzli ayollardan Kuzrxon, Ulfatbegim Nodiraning shoiralik iste'dodini ko'rishib, unga Uvaysiyni ta'riflashadi va saroyga keltirishni eri Umarbekdan iltimos qilishni maslahat berishadi.
Umarbek Uvaysiyni o'rdaga muallima, sozanda, xonanda sifatida qabul qiladi. Uvaysiy o'rdada yosh bolalarni va kanizaklami o'qitadi. Nodiraning ijodiy ishlariga ko'maklashadi.
1809-yili Zolimxon laqabini olgan Olimxon o'ldirilib, o'miga Umarbek (1809—1822) xon bo'ladi. U Marg'ilon o'rdasidagi butun harami bilan poytaxt—Qo'qonga ko'chib keladi. Bu davrda ota-onasining vafoti, ustiga eri olib ikki bolasi bilan beva qolgan Uvaysiy Marg'ilonda yashardi, akasi Oxunjon hofizning yordami, muallimalikdan kelgan daromadi bilan tirikchilik qilardi.
Uvaysiyning Umarxon saroyiga, saroy shoiralari qatoriga kelib qo'shilishi bilan bog‘liq‘ turli fikrlar mavjud. Aslida Uvaysiy maxsus yorliq bilan Margilondan Qo'qonga chaqirilgandi.
Nodira Uvaysiyni o‘z himoyasiga oladi. Ikkala shoira egachi-singil tutinadilar. Nodira egachisiga Qo'qondan hovli-joy in'om qiladi. Uvaysiy Qoqonda Nodiraning eng yaqin kishisi, suhbatdoshi, sirdoshi bo“lib qoladi. Xalq orasida tobora uning obro‘yi, shuhrati ortadi, Nodira sayohatga qaerga borsa, Uvaysiyni ham o‘zi bilan birga olib boradi. Nodira bilan u Konibodom, Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Andijon, O‘sh va boshqa shaharlarda bo'ladi...

  1. asrda O'zbekistonda, umuman, Markaziy Osiyoda ta'lim-tarbiya muammolari bilan maxsus shug'ullanuvchi mutaxassislar, olimlar bolmagan. Lekin davrning ilg'or kishilari o‘z ma’rifiy qarashlari asosida ta'lim-tarbiyani rivojlantirganlar.

0‘tmishdagi barcha Sharq mutafakkir va shoirlari singari o‘zbek otinlarining ham pedagogika nazariyasiga oid asarlari yo‘q. Lekin bizga meros qoldirgan she'riy durdonalariga asoslanib ulamingta'lim-tarbiya to‘g‘risidagi qarashlarini aniqlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, pedagogika ularning asarlariga singib ketgandir.
1796—1797-yillari onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab xalfalik, keyin mustaqil ravishda otinlik qilgan Jahon Otin o‘z maktabida ta’lim-tarbiya sohasida o'ziga xos usullarni qo‘llashga intilganligini ko'ramiz.
176


www.ziyouz.com kutubxonasi




Qizlarga boshlang'ich diniy ta'lim beradigan otinbibi maktablari esa asosan xususiy bo‘lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o'quv rejasi va dasturiga ega emas edi. O‘q‘uvchilar ham kitoblarni o'zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo“hb o'qitilardi.
Domla yoki otinoyi darsni berilgan vazifani o'qitib ko'rish va yangi topshiriq berishdan boshlardi.
Katta yoshli o'quvchilardan biri otinoyiga yordamchi qihb saylanar va «xalfa» deb yuritilardi. Maktabdagi asosiy o'quv fani islom qoidalari to'plami edi. Otinoyiga ish haqi sifatida ota-onalar oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimliklar berishar ba'zan pul to'lashar edi. Bundan tashqari, ota- onalardan «bo'yra puli», «o'tin puli» ham undirilardi.
Otinoyi maktabida o'qitishning saviyasi otinoyining bilim darajasiga nihoyatda boghq ekanhgini alohida takidlamoqchimiz.
Qizlar maktablarida harflarni hijjalab o'qitish usulida savod chiqarilardi. Ya'ni, alfavit yodlanardi: — alif, be, te, se ... So'ngra shu harflarni bir-biriga qo'shib o'qish mashq qihnardi. Domla-imomlarning xotinlari, qizlari maktablaming qisqartirilgan dasturi asosida oqitilardi. Shu bilan birga, qizlarga uy-ro‘zg‘or ishlaridan dastlabki mehnat ko'nikmalari berilardi.
Maktabni muvaffaqiyath tugatgan talabalar tuman miqyosidagi otinlar maktabida o'qishni davom ettirardilar. Uvaysiy Umarxon saroyida shoira sifatida she’r san'atidan, musiqadan muallimalik qilgan.
Qizlarga boshlangich ta'lim berar ekan, Jahon Otin ularning zehnini o'stirishga katta ahamiyat qaratadi. Otin o‘z shogirdlariga savod orgatibgina qolmay, ular orasidan iqtidorh qizlarni tanlab Sharq she'riyati bilan tanishtiradi. Qizlarni nazm bo'stoniga yetaklaydi.
Uvaysiy o‘z davrining peshqadam shoiralaridan bo*lgan. Shu bois qizlarga she’r san'atidan dars berganda, o‘sha davr shoirlari bihshi zarur bo'lgan nazirago'ylik, radifgo'ylikni ham o'rgatgan. Har bir shoir mushohada kuchiga ega boTishi zarurligini uqtirgan.
Jahon Otinning ko‘p asarlari insoniy muhabbat, go'zallikni ifoda etadi. Uning she'rlaridagi asosiy lirik qahramon hayotni butun go'zalligi bilan sevuvchi, unga maftun bo'lib, shodlanuvchi, jabr-zulmga qarshi kurashuvchi, do'stlik, vafodorlikka sodiq chin oshiq, aqlli, bilimdon ayol. Ana shu olijanob insoniy fazilatlar kishilardagi vafosizlik, bemehrlik, yolgonchilik, subutsizlik kabi salbiy illatlarga qarama-qarshi qo'yiladi.
Uvaysiy o‘z asarlarida xalqning dihda yod bo'lib ketgan hikmath
177


www.ziyouz.com kutubxonasi




so'zlar, maqollar, iboralardan keng foydalanadi. Bular uning asarlarining tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Uvaysiyning ma'rifiy faohyatida uning ayollar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya, musiqa san'ati, qobiliyatli qizlar bilan ishlash usullari alohida ahamiyatga ega. U o‘z davrining yosh tolibalariga hayotga muhabbat tuyg'ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so'zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bogTiq bolgan chiston-topishmoq usullarini yaratishni o'rgatgan...

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling