Komiljon hashimov


www.ziyouz.com kutubxonasi Tekshirish va nazorat savollari


Download 386.06 Kb.
bet45/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

189


www.ziyouz.com kutubxonasi


Tekshirish va nazorat savollari




  1. XIX asrning II yarmi — XX asr boshlarida chorizm siyosati.

  2. Turkiston o'lkasida o'tkazilgan islohatlar asosida qanday maktab- lar tashkil qilindi?

  3. Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablarining faoliyati.

Turkistonda jadidchilik harakati va ta’lim-tarbiya
Turkistondagi jadidchilik harakati tasodifiy hodisa bo'lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar mahsulidir.
Jadidchilik oqimining ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy tomonlarini profes- sor Begali Qosimov o'z tadqiqotlarida batafsil tahlil etgan.
XIX asr boshlarida Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruhoniyla- ri va ziyolilari orasida madrasa va maktablar sistemasi hamda islom diniga kirib qolgan bid'atlarni isloh qilish fikri paydo bo‘la boshladi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar. O‘sha davrlarda bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o‘rtaasrchilik, diniy fanatizm ruhidagi kishilarni esa qadimchilar, deb atay boshladilar. XIX asr awallarida bir qancha ma'rifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200ga yaqin madrasani isloh qilish g'oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat boshida madrasa mudarrisi Abu Nasr al-Qursaviy turgan edi. Qadimchilar ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar. Buxoro amiri Haydar esa Qursaviyni zindonga tashlatib, o'lim jazosiga hukm qiladi. Ammo uni tarafdorlari zindondan qochiradilar. Qursaviy Qozonda o‘z faoliyatini davom ettirib, 1813 -yili vafot etadi. XIX asrning 50-60 -yillarida diniy islohotchilik harakati yanada kengaya boshlaydi. Endi bu harakat boshida buxorolik mudarris va tarixchi olim Marjoniy (1818-1889), g'ijduvonlik domla Fozil, Mo'minjon Vobkandiy, mulla Xudoyberdi Boysuniy va boshqa mudarrislar turardilar. Ular madrasa va maktablarni isloh qilishni emas, balki or- tiqcha darslarni olib tashlash tarafdori ekanliklarini yozadilar. Islohot- chilar rahnamosi Marjoniy o‘z dasturida quyidagi olti asosiy masalani qo'yadi:

  1. Qur'ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan hol- da o'zlari erkin fikr yuritsinlar;

  2. Birovning birovga ko‘r-ko‘rona ergashishi qat'iy man qilinsin;

  3. Madrasalarda o‘qitiladigan hoshiya va sharh kabi quruq mazmun- ga ega bo'lgan, madrasa o'quvchilari uchun foydasiz hamda ulaming 8- 10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin;


190


www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o'tilsin;

  2. Arifmetika, tarix, jo'g'rofiya, tabobat, handasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o'qishga qarshilik ko'rsatilmasin;

  3. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhissalom davri- dagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko'zda tutilsin.

Marjoniy va uning tarafdorlari bo‘lgan o‘sha davrning jadidlari mu- sulmon taraqqiyparvarlaridan edilar, ular madrasalarda diniy darslar bilan birga, qadimiy islom madaniyati davridagidek, dunyoviy darslarni o'qitishni shart qilib qo'ydilar. Biroq, iqadimchilar va amir siyosati natijasida ta'qibga uchragan Marjoniy Buxorodan chiqib ketishga majbur bo“ldi. Uning maslakdoshlaridan ko'pchiligi zindonga tashlanib, orqalariga 75 darra urilgach, ular tavba qilib, qaytib bunday ishlarni qilmaslikka va’da berdilar
XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamla- kachihgining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgani sababli eski tu- zum, eski turmush, eski maktab tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi. Bu qarshi kuch vakillari qadimchilar deb atalgan bolsa, yangi hayot shabadalarini ohb kelishga uringan kishilar jadid yoki jadidchilar degan nom oldilar. Shu tarzda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi. Yangi asming boshlanishi bilan awalgidek ijtimoiy xorlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashash mumkin emashgi ular uchun oydek ravshan edi. Markaziy Osiyodagina emas, balki Rossiyada yashovchi xalqlar ham o‘z taqdirlarini o'zgartiribgina, feodal tuzumning negizlarini parchalabgina yangi hayotga qadam qo'yishlari mumkin edi. Oq podsho idora qilgan mamlakatdagi ana shu og'ir vaziyat tufayli 1905-1907 -yillar inqilobi sodir bo'ldi. Bu inqilobdan maqsad — jamiyatni demokratlashtirish, sakkiz soatlik ish kunini joriy etish, dvoryanlar ixtiyoridagi katta er-mulkni olib, dehqonlarga bo'lib berish va hokazolar edi. Birinchi rus inqilobining bu dasturi bilan tanishgan Markaziy Osiyo taraqqiyparvar ziyolilari tatar qardoshlari ortidan bo- rib, jadidchihk harakatiga qo'shildilar. 1907 -yil Eron burjua inqilobi, 1908 -yil Turkiya burjua inqilobi, Markaziy Osiyoda jadidchilik harakatining rasmiylashuvi va kuchga kirishida katta ahamiyat kasb etdi. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar yo'li bilan xalq va jamiyat hayotini yaxshilashga, madaniy yuksaklikka olib chiqishga qaratilgan dastumi bajarishga kirishdilar. Ular ta'sirida o'zbek zaminining boshqa go'shalarida ham jadidchilik harakati avj oldi.


191


www.ziyouz.com kutubxonasi




Jadidchilik jamiyatni to'ntarish yo‘li bilan emas, islohotlar уоЪ. bilan rivojlantirishni o‘zining asosiy vazifasi deb belgiladi. U o'zining bu vazifasini ado etishda faqat bir sinfga - proletariatgagina tayanmadi. Umuman jadidchilik insoniyatni sinflarga bo“lib tashlash tarafdori emas edi. Jadidlar hatto qadimchilar bilan ham ittifoq tuzib, xalq va kelajak manfaati yo'lida baqamti ishlash, bugungi ta'bir bilan aytganimizda, turli siyosiy qarashlarga ega bo'lgan xalq qatlamlarining murosayu madora yo“li bilan yashashi va ishlashi g'oyasini ko'tarib chiqdilar. Behbudiy ana shu g'oyani bayon qilar ekan, «ulamo yoki ziyoli va taraqqiyparvarlari- miz boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etsak», deb yozgan. Jadidlarning bunday intilishlarining boisi avom ham, boylar ham, ulamo ham, ziyolilar ham chor hukumati qaramog'ida bo'lgan mustamlakaning biri oz, ikkinchisi ko‘p siquvda bo'lgan kishilar edilar. Markaziy Osiyo bozorlarida rus savdo-sanoat buijuaziyasi hukmron boTib, mahalliy buijuaziya vakillari sina boshlagan edi. Boshqacha aytganda, mustamlakachilik azobini mahalliy boylar va savdogarlar ham seza boshladilar. Ana shunday tarixiy sharoitda, jadid- larning fikr-mulohazalariga ko'ra, oddiy xalqning iqtisodiy-madaniy hayotini yaxshilash qanday zarur bo'lsa, chet el kapitali iskanjasidan, mustamlakachilik kishanlaridan qutulish ham shunchalik kechiktirib bo'lmas vazifa edi.
Jadidlar 1906 -yildayoq«Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr etti- rib, o‘z goyalarini tarqata boshladilar. Oradan ko‘p o'tmay «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko'rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ'ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g'oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo‘q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. Shuning uchun j adidchilikning yangi g'oyalar bilan paydo bo'lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir so‘z bilan aytganda, yangilik edi, Jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgandi:
Diniy taassub va fanatizmga qarshi kurash;
Diniy aqidalarga asoslangan o'rta asr maktablari o'rniga Ovrupo qabilidagi dunyoviy ilmlarni ona tilida o'qitishga moslangan yangi usul- dagi maktablarni tashkil etish, feodal davri maorifini isloh qilish;
Jadidchilik g‘oyalarini keng xalq ommasiga etkazish niyatida yangi


192


www.ziyouz.com kutubxonasi




o‘zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun kurashish, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teatrni yaratish;
Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashishlarini ta'minlash yo'li bilan ular taqdirini o'zgartirish;
Mahalliy boylar va savdogar ahhning siyosiy-iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bo'lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olinishiga qarshi kurash. Shu yo“l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.
Asosiy talablari ana shundan iborat bo'lgan jadidlar uchun ilm va ma'rifat yagona qurol bo‘lib, ular shu qurol yordamida oTkada ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo'ldilar.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling