Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurauf Fitrat
- Abdurauf Fitratning talim-tarbiya haqidagi qarashlari
- Abdurauf Fitrat axloqiy qarashlarining o‘ziga xosligi
- Hamza Hakimzoda Niyoziy
Maktab sizi inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur, Maktab g‘ami vayron qilur, G'ayrat qilib o'qing, o'glon! Maktabdadur ilmu kamol, Maktabdadur husnu jamol, Maktabdadur milliy xayol, G'ayrat qilib o'qing, o'glon! Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo“li, hayotning gulsha- ni, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi. Kitobdagi dastlabki berilgan ikki hikoya «Saxiylik» va «Baxillik» deb nomlangan. Birinchi hikoyada o'sha davr turmushiga xos bo'lgan voqea tasvirlanadi. Said ismli bolaning otasi har kuni o‘g“li maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo'lida faqir kishini uchratadi. «O‘g‘lim ikki kundan beri ochman, taom olib ey desam ustimdagi yirtiq choponimdan boshqa hech narsam yo‘q»,- deydi u. Said qo'lidagi 10 tiyinni beradi va o‘sha kunni ovqatlanmasdan o'tkazadi. Otasi o'g'lon- ning olijanobligidan mamnun bo'ladi, «Saxiy Saidim» deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi. «Baxillik» hikoyasida bir badavlat kishi misolida uning baxilligi, xasisligi, ziqnaligi va pastkashligi ko'rsatiladi. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy Guliston yoxud Axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikr taraqqiyotini o'rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. «Turkiy Guliston yoxud Axloq» asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan 216 www.ziyouz.com kutubxonasi qaytaruvchi bir ilm — axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda, bu asar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Nosir Xisravning«Saodatnoma», Sa’diyning«Guliston» va «Bo'ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Ahmad Donishning«Far- zandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o'ziga xos tarbiyaviy asardir. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining o‘rni haqida fikr yuritib: «Agar bir kishi yoshhgida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, Ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq erdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur», — deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. 0‘zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedago- gikaga «Pedagogiya», ya'ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta'rif berdi. Tabiiy bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolatberadi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt boTimga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4. «Axloq tarbiyasi». «Tarbiyaning zamoni» bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurli- gini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalaming kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. «Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidun>, deb uqtiradi Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bogliq, deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umming oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi. U, birinchi navbatda, bolaning sog“ligi haqida g*amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo'lish uchun badanni tarbiya qilish zarur: «Badanning salomat va quv- vatli bolmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir». Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog'lom qilib o'stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiya- lashda o'qituvchilarning faoliyatlariga alohida e'tibor beradi. 217 www.ziyouz.com kutubxonasi Bolalarda fikrlash qobiliyatini o'stirish va bu tarbiya bilan munta- zam shug‘ullariish benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning«diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqad- das vazifadur... Negaki, fikrning quwati, ziynati, kengligi, mualhmning tarbiyasiga bog'liqdur». Ayni zamonda murabbiy ta'lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini ta'kidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo'lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur» - deydi. Abdulla Avloniy fikricha, inson butun borhqning ko'rki va sharafidir. Inson o‘z go'zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning sohibidir. Insonning aqli bor, u shu aql yordamida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi. «Aql, - deydi Avloniy, - insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, ruh -ishlovchi, aql boshlovchidur. ...insonnihayvonlardan so‘z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql va idroki soyasida o'ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qihb, bo'ynidan boylab, iplarining uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidur». Avloniy insonga va uning aqliga ana shunday yuksak baho beradi. «Dm insonlaming madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar aqlingni qo'li nafsingni jilovini ushlasa, sani yomon yo'llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko‘p bo‘lsa, bahosi arzon bo'lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko'paysa, shuncha qimmatbaho ЬоЧиг», - deydi u. «Turkiy Guliston yoxud Axloq» kitobi ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to'g'risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Пт inson uchun g‘oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimiz- ni oyina kabi ko'rsatur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmning amaliy va hayotiy foydalarini alohida ta’kidlaydi: «Bizlarni jaholat, qorong'ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug' ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil, butun hayotimiz, salomatligimiz, sa- odatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog'lidur». Adibning obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni qo'lga kiritish uchun mehnat qilish, ya'ni chaqib uni po‘cho- g'idan ajratib olish kerak. 218 www.ziyouz.com kutubxonasi Avloniy yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, u o'likdir. Avloniy o‘z ilmini amalda qo'llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi. Abdulla Avloniy yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to'g'ri kelmaydigan ishlar bilan shug'ullanayotganini ko'rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni boylikka ruju qoymaslikka undaydi. Boylikni o'tkinchi bulutga o'xshatadi. Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon sifatlar- ning ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u mehnatni ulug'lay- di, mehnat kishining eng go'zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan uning «Aqlli bog“bon» hikoyasi xarakterlidir. Hikoyada aytilishicha, «bir bog'bonning uch o‘g‘li bo'lib, ular dangasa va ishyoqmas bo'lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo‘q. Ota umri tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O‘ylab-o‘ylab shunday yo‘l tutadi. Har uchchala o‘g‘lini yoniga chorlaydi. «Ko'zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay. Mehnatu mashaq- qat ila bir ko'za oltin yiqqanman. Uni mana shu boqqa, toklarning birini tagiga ko'mganman. U - sizlarniki. Biroq bu ishga ko‘p yil boldi. Harchand urinsam ham ko'milgan joyni xotirlay olmadim. Uni o'zlaringiz izlab topinglar va o‘zaro bo'lishib olinglar», deydi. Bir ko‘za tilla daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadi. Bog'ning hamma yerini kavlab chiqishadi. Sirli ko‘za chiqmaydi. Yana erinmay kavlashga tushadilar. Kutilgan natija esa hamon yo‘q. Shu taxlit bog‘ ichi bir necha qayta ag‘dar-to‘ntar qilinadi. Yerlar qazilaverib, tuprog'i upaga aylanib ketadi hamki, oltinli ko'za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizlarigacha ochib ko'riladi. Bog'da o'sha yili chunonam hosil bo'ladiki, undan bir necha ko'zani to'ldirgulik oltin oladilar. Uch dangasa o‘g‘illar ota gaplarining asl ma'nosini, oltin - mehnatda ekanligini tushunib etadilar». Adib o‘sha hikoyachasi bilan mehnatni ulug'laydi, o'quvchi qalbida mehnatga muhabbat uyg'otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat or- qaligina yetishishini uqtiradi. Abdulla Avloniy o‘z asarida sabr, toqat, sabot va matonat masalalari- ga to'xtab: «Har bir ishda sabr ila harakat qilmoq lozimdur. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdir, maqsadga yetish yoTidir. Nafsni sabr ila rom qilgan kishi har ishda oshiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, g'ururdan saqlar. Sabr shunday bir kuchli narsadurki, 219 www.ziyouz.com kutubxonasi shahvatni iffatga, g'azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu'ga, yomonlikni yaxshilikka aylandurmoqg‘a quwati yetar... Sabr shodlig'ning kalitidur...», - deydi. Avloniy intizomni inson xarakterini tarbiyalovchi, mukammallashti- ruvchi omil, deb biladi hamda unga doim rioya qilish kerakligini ta’kidlaydi: «Intizom qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bolmasa edi, insonlar bir daqiqa yashay olmas edilar». Vatan tuyg'usi eng insoniy va eng mo'tabar tuygulardan biri. Vatan- ni shunchaki sevish mumkin emas, uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Avloniy Vatan va uning oldidagi burchni shunday tushunadi: «Har bir kishining tug'ulib o'sgan shahar va mamlakatini shul kishi- ning vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sg'on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas... Biz turkustonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig'imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho'llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab, hijrat qilur edi». Abdulla Avloniy o‘z ona tilini mukammal bilish, har bir so'zni o‘z o'rnida ishlatish, milliy adabiy tilning taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, deydi: «Har bir millatning dunyoda borligin ko‘rsataturg“on oynai hayoti: til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmoq millatning ruhini yo'qotmoqdur. Hayhot! Biz Turkistonliklar milliy tilni saqlampq, bir tarafda tursin kundan-kun unutmoq va yoqotmoqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini yopish- tirmoqdadurmiz. Durust, rus tilini bilishimiz kerak, lekin o‘z yerinda ishlatmoq va so'zlamoq lozimdur. Zig'ir yog'i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmoq tilning ruhini buzadur. ...Bobolarimizga yetushg'on va yarag'on muqaddas til va adabiyot bizga ham kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak, yo'qolganlarini ham topamiz. Yo‘qolsa yo'qolsin o‘zi boshimga tor edi», - deb Yevropa qalpog'ini kiyub, kulgi bo'lmoq zo‘r ayb va uyatdur». Avloniy so'zlashuv odobiga ham alohida e'tibor beradi. U so'zning inson qadr-qimmatini belgilashdagi mohiyatiga yuqori baho berib; «So‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o'lchab ko'rsatadurgan tarozusidir. Aql sohiblari kishining tilidagi fikr va niyatini, ilm va quwatini, qadr va qimmatini so'zlagan so'zidan bilurlar»,— deydi. 220 www.ziyouz.com kutubxonasi Inson takomili uchun zarur bo‘lgan omillardan yana biri - viqordir (viqor—ogirlik, chidam, ulugvorlik). Avloniy qayd etishicha, el-ulusdan, kishilardan o‘zini xoli tutishga yoki yuqori tutishga uringan shaxs elning, kishilarning nazaridan tushib, yakkalanadi va unutiladi. «Viqor deb kibr va g'ururdan, manmanlikdan o‘z nafsini saqlamoqni aytilur, - deb yozadi Avloniy. — Chunki g'urur, manmanlik, takabburlik kishini xor, xalq ora- sida bee'tibor qilur. Har qancha ilm va davlat sohibi bo“lsa ham bir pulcha qadr va qimmati bo'lmas... Vuqur kishi kibr va g'ururdan pok bo'lur. ... Viqorning haqiqiy darajasiga yetmak uchun ilm va ma'rifat lozimdur ». Avloniy xasislikni juda sodda, aniq ifoda va detallar yordamida o'quvchiga yetkazishga urinadi. — Ipak qurtning taqdirini ko‘z oldingizga keltiring. U pilla ichida o'ralib, hayotini mahv etadi. Qanchalar mashaqqat bilan hosil bo'lgan ipak boshqalarga nasib qiladi. Umrini mol-dunyo hirsi bilan o'tkazgan insonlar taqdiri ham shunday, - deydi adib. «Turkiy Guliston yoxud Axloq»ning birinchi sahifasidan so'nggi sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g'oyalari ifodalangan. U ham- madan burun xalq manfaatini ko'zlaydi, xalqqa bajonu dil xizmat qilish- ni o'zining muqaddas burchi deb biladi. Uning nazarida, kishilar g“amini yemagan, xalqdan uzoq turgan ig'vogar, g'iybatchi inson emas. Muallif chaqimchilik, g'iybat, hasad, munofiqlik, yolg'onchilik, ikkiyuzlamachilik haqida to'xtalib, ulaming insonlar hayotiga zararini atroflicha ko'rsatib beradi. G'iybatchi va chaqimchi kishilarni Avloniy buzoqboshiga o'xshatadi. Buzoqboshi daraxt ildizini kemirib quritgani kabi chaqimchi va g'iybat- chilar ham kishilar o'rtasidagi mehr-muhabbat daraxtini yemiradilar. Donishmandlardan biri aytganidek: «Mol va ashyo o‘g‘rilaridan ko‘ra odamlar orasida do'stlik, ulfat, muhabbatni o‘g‘irlaydurgan odamlardan saqlanmoq lozimdir». Avloniy g'iybatchilik va uning oqibatini shunday tahlil etadi: «Inson boshqa gunohlarini nafsning lazzati uchun qiladur. Ammo g'iybat sohibi lazzat o'rniga o‘z boshiga yo bir boshqa kishining boshiga bir balo hozirlaydur. Chunki so‘z borib g'iybat qilinmish kishining qulogiga yetar. G'azab qoni harakatga kirar. G'iybatchidan o‘ch olmoq fursatini poylar. Shunday qilub, g'iybat soyasida ikki musulmon orasiga zo‘r dushmanlik tushar. Oxiri o'lumgacha borur. Shul tariqa, g'iybatdan tug'ulgan ado- vat cho'zulmoqg' a oid boTib, dushmanlik zo'rayub, o‘z oralaridagi xususiy janjallar ila aziz umrlarini uzdirub, umumiy xalq foydasi uchun ishla- nadurgan milliy ishlardan mahrum bo'lmaklari ila barobar aholining orasidan ittifoqningyo'qoluviga sabab bo'lurlar». 221 www.ziyouz.com kutubxonasi G'iybatni so‘ylamoq harom o'lgani kabi eshitmoq ham haromdir. Rasuli akram nabiyi muhtaram sallollohu alayhi vassallam afandimiz: «G'iybatdan saqlaningiz, g‘iybat zindondan ham yomonroqdur», - demishlar. Avloniy har bir kishi o‘z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo'lsa, o‘z shogirdlarining ko'ngliga ma’rifat ishqini solishi, xalq o'rtasiga ma'rifat tarqatishi zarurligini ta'kidlaydi. «Hozirgi zamonda maqsadga yetmak, o‘z millatiga xizmat qilmoq, xalqg'a maqbul bo'lmoq uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarninghol va qudratlari mol vaboyliklariilao'lchanadur. ...Mol topmoqning eng barakatli yo'llari: hunarmandchilik, ekinchilik, chorva- chilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bi- lim lozimdur... Ameriqoliklar bir dona bug“doy ekub, yigirma qadoq olurlar. Yevropaliklar o'zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o'zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berib, sut oshiymiz, non o'rniga kesak tishlaymiz», deb Avloniy hozirgi zamonga muvofiq kishi bo'lmoq uchun ilm va ma'rifatni egallashimiz kerak degan shiorni o'rtaga tashlaydi. Abdulla Avloniy 1917-yil to'ntarishidan keyin, 1918-yildan boshlab respublikamizda o'qituvchilar uyushmasi, tunukachilar, ko'nchilar, hunarmandlar va bosmaxona xodimlarining kasaba uyushmalarini tashkil qilib, ularga rahbarlik qiladi. Sobiq eski shahar ishchi dehqon sovet ijroiya komitetiga rais qihb saylanadi. Avloniy Turkiston respublikasi milliy komissariyatining mas'ul xodimi sifatida milliy urf-odatlar va yangicha madaniy normalar hamda qonunlarga doir masalalar bilan shug'ullanadi. 1919—1920-yillari Avloniy Afg'onistonning Hirot shahrida sovet elchixonasida bosh konsul bo'lib ishladi. Xalqimiz o'rtasida birodarlikni mustahkamlash sohasidagi olib borgan ishlari uchun Afg'oniston shohi Omonullaxon tomonidan kumush soat bilan taqdirlandi. Bular Avloniyning tariximizdagi o'ziga xos o‘mi borligini ko'rsatadi. 20-yillari Avloniy turli ijtimoiy vazifalar bilan birga, muallimlik kasbini ham davom ettirdi, savodsizlikni tugatishda faol qatnashdi. Abdulla Avloniy 1920 - yildan boshlab Toshkentda tashkil qilingan o‘lka bilim yurtida, so'ngra xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi. U xalq maorif institudida, turkfront harbiy maktabida (harbiy bilim yurti) o'qituvchi bo'lib ishladi. 1924—1929 -yillari 0‘rta Osiyo davlat universitetida (SAGU) va boshqa oliy o'quv yurtlarida o‘qituvchilik qilish bilan birga, ihniy-tadqiqot ishlari olib bordi. 222 www.ziyouz.com kutubxonasi Abdulla Avloniy yangi adabiyot dasturi asosida 1933-yili o'zbek mak- tablarining VII sinflari uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzdi. Abdulla Avloniyning mehnati taqdirlanib, unga o‘zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda, uzoq yillik halol mehnati uchun 1925-yili «Mehnat qahramoni» unvoni, 1930-yili ilmiy ishlari va asarlari uchun «0‘zbekiston maorifi zarbdori» unvoni berildi. Abdulla Avloniy 1934-yilning 25 avgustida Toshkentda vafot etdi. Abdurauf Fitrat (1886 — 1938) Abdurauf Abdurahim o'g'li Fitrat 1886-yili Buxoro shahrida tug'iladi. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo'lib, bu so‘z tug'ma iste'dod degan ma'noni anglatadi. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan, dindor, o'qimishli, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko'rgan. Fitratning onasi Mustafbibi noziktab’, savodli ayol bo‘lib, farzandlari tarbiyasi bilan asosan u shug'ullangan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo'lib yetishishlari uchun harakat qilgan. Abdurauf dastlab eski maktabda, so'ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko'radi. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o'rganadi. XX asr boshida butun Sharqda bo'lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg'onish boshlanib, jadidchilik harakati keng yoyiladi. Jadidlar Orenburg, Qozon, Ufa, Istanbul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari orqali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor beradilar. Shu maqsadda 1909-yilning 18 iyunida Buxoro yoshlari «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») nomli hayriya jamiyati tuzadilar. S.Ayniyning yozishicha, jamiyatning birinchi maqsadi Istanbulga o'quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Fitrat 1909-yili «Jamiyati hayriya»ning ko'magida Turkiyaga o'qishga ketadi. Istanbuldagi barcha buxorolik va turkistonlik o'quvchilar bu jami- yatga a’zo bo'ladilar. Jadidlar o‘z g'oyalarini matbuot orqah targ'ib qilishga intildilar. Ular «Marifat» shirkatini tashkil etib, bunda o'zbek va tojik tillarida darsliklar nashr ettiradilar. Tojik tilida «Buxoroyi Sharif», o'zbek tflida «Turon» gazetalarini chiqaradflar, kutubxonalar ochadflar. Fitrat ham, barcha jadidlar qatori, xalqniflmli qflib, hayotni, jamiyatni yangflashga intfladi. U ham flmiy va badiiy ijod sohasidagi dastlabki qadamlarini ma'rifat izlash va hammani marifatga da'vat etishdan boshlaydi. 223 www.ziyouz.com kutubxonasi 1913-yili to'rtyillik o'qishdan so‘ng Fitrat yangicha qarashlar bilan Turkiyadan Buxoroga qaytib keladi. U endi faqat ma'rifat va madaniyat tarqatish g'oyasi bilangina yashay olmasdi. Endi uning jadidlar hara- katidagi siyosiy jihatdan aralashuvi faollashadi. Fitrat 1916-yili «Oila» nondi falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tihda yozihb, S Ayniyning aytishicha, Mirza Abdulvohidning mablag'i hisobidan nashr etiladi. Asarda oilaviy hayot islohotidan bahs yuritilib, adib najot yo'llarini axtaradi. 1917-yih Bokudagi maorifchi do'stlari yordamida o'zining ibtidoiy maktablarning so'nggi sinflari uchun mo'ljallab yozilgan o'zbek tihdagi «O‘quv» nomh kitobini nashr ettiradi. Bu kitob o‘sha yillari Buxorodagina emas, Samarqand, Toshkentda ham Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov o‘quv kitoblari singari yangi usul maktablari uchun juda kerakh tarbiya kitobi bo‘hb qolgan edi. Abdurauf Fitrat o'zining ma'rifatparvarlik yo'lini keyin ham davom ettiradi. Samarqandda «Hurriyat» gazetasida ishlaydi, gazetaga muharrirlik qiladb 1922-1923 -yillari Fitrat Buxoro Xalq Respubhkasining maorif noziri sifatida barcha o'zbek, tojik va boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o'quvchilarga metodik qo'llanmalar tayyorlash soha- sida katta ishlar ohb boradi. Xotin-qizlar maktablarini ko'paytirishga, xotin-qizlarni ma'rifatga tortishga alohida e'tibor beradi. Fitrat o'sha yillari Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga talabalar yuborish, u yerdagi ilg'or Yevropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarini o'rganish, yangi Buxoro va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy milliy kadrlar tayyorlash tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi Ayni chog'da Buxoro Xalq Respublikasi raisi Fayzulla Xo'jaev ham Turkiston Sho'rolar Respublikasi rahbarlari Turor Risqulov, Abdullo Rahimboev, Nazir To'raqulov bilan birga Buxoro va Toshkent, Samarqand va Farg'ona, Xo'jand va Xivadan Sattor Jabbor, Sayidah Xo‘ja, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova, Saida Sherahmad qizi, Ahmad Shukriy, Ahmadjon Ibrohimov kabi o'nlab mahalhy millat o‘g‘il-qizlarini Germaniyaga o'qishga yuboradi. Ulaming ahvoh, moddiy va ma'naviy, tarbiyaviy ishlaridan xabardor bolib turadi. Germaniyadagi o'zbek talabalar «Ko'mak» nomh o'zbekcha jurnal chiqa- rishadi. Fitratning«Hind ixtilolchilari» sahna asarini, Sadriddin Ayniy- ning «Qiz bola yoki Xolida» o‘quv kitobini nashr etishadi. Bu asarlar Buxoro va Turkistondagi milhy zehnlilar orasida keng tarqaladi va sevib o'qiladi. Fitrat 1923-1924 -yillari Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi. 224 www.ziyouz.com kutubxonasi Leningrad davlat dorilfununi 1924-yili Fitratga mumtoz adabiyot to‘g‘risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvonini beradi. Fitrat O‘rta Osiyoning birinchi professori bo'lib tarixga kirdi. U «0‘zbek adabiyoti namunalar» kitobida o'nlab mumtoz adabiyotimiz vakillari haqida ma'lumot beradi. 1925-yildan Fitrat turli madaniy-oqartuv, maorif va ilmiy-tadqiqot institutlarida ishlaydi. 0‘zbekistonda birinchi tashkil bolgan Samarqand Pedakademiyasida, Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida, keyinchalik Toshkent davlat pedagogika institutida Sharq adabiyoti va tili, tarixidan yuksak saviyada dars beradi. Professor Fitrat o‘sha yillardayoq dunyoga mashhur bo'lgan olimlar - akademik A.Samoylovich, S.Malov, Ye.E.Bertels bilan hamkorlikda o'zbek, tojik va boshqa millat sharqshunos, adabiyotshunos, turkolog olim, muallimlar tayyorlash ishiga ham yaqindan yordam beradi. Bu sohada Fitrat 1937-yili qatag'onga uchragunga qadar Yahyo G'ulomov, Ibrohim Mo'minov, Oybek, Hodi Zarifov, Izzat Sulton, Homil Yoqubov kabi markaziy Osiyoning bo‘lg‘usi taniqli olimlariga bevosita yoki bilvosita murabbiylik qilgan edi, 1934-yili 0‘zbekiston Fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ihniy- tadqiqot institutlarida o'sha davrda taniqli olimlardan Otajon Hoshim, G'ozi Yunusov va boshqalar bilan birga yosh adabiyotshunos hamda tilshunos olimlarga o'zbek adabiyoti tarixi, fors tilidan dars beradi. Sharq adabiyoti, tili, tarixining katta bilimdoni sifatida shuhrat topadi va shogirdlari qalbida o'chmas iz qoldiradi. Fitratning ijodiy va ijtimoiy faoliyatini nisbiy ravishda ikki davrga ajratish mumkin. Faoliyatiningbirinchi davrini 1908-1918-yillariyozgan «Rahbari najot», «Munozara», «Sayyohi hindi bayonoti», «Oila» singari asarlari tashkil etib, bular yosh buxoroliklar harakatining g*oyaviy dasturi bo'lib xizmat qilgan edi. Bu davrda Fitratning«Sayha» she'rlar to'plami, «Begijon», «Mavludu sharif», «Abomuslim», «Temur sag'anasi», «Chin sevish» kabi dramatik asarlari hamda «Siyosiy hollar», «Turkiston muxtoriyati» kabi publisistik maqolalari yaratiladi. Fitrat ana shu dastlabki asarlari bilan o‘zi yashab turgan jamiyat- ning g'oyaviy asoslarini larzaga keltiradi. Fitratning dastlabki asarlarida vatanparvarlik mavzui asosiy o'rinni egallaydi. U vatani bilan faxrlanadi, lekin vatanining holi xarobligidan aziyat chekadi. Vatani uchun najot yo'lini qidiradi va bu najot yo'lini ma’rifatda deb biladi. Shuning uchun o‘z xalqiga madaniyat va ma'rifat berish uchun tinimsiz mehnat qiladi. 225 www.ziyouz.com kutubxonasi Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatining ikkinchi davri 1918—1924-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Fitratning «Uchqun» she'rlar to‘plami(1912), «Qiyomat» hikoyasi, «O‘g‘uzxon», «Qon», «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari», «Abul- fayzxon» dramalari hamda bir qancha publisistik maqolalari maydonga keladi... Fitrat sovetlar tomonidanl938-yil 4 oktabrda otib o'ldiriladi. Abdurauf Fitrat yirik davlat arbobi, taniqli tilshunos va adabiyotshunos olim, faylasuf, shoir, dramaturg, publisist, geograf, matematik, tabobat va diniy ilmlar bilimdoni bo'lishi bilan birga, 0‘zbekistonda maktab va ta'lim-tarbiya rivojiga katta hissa qo'shgan yetuk ma'rifatparvar, islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida qoldi. Abdurauf Fitratning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari Abdurauf Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Alisher Navoiy an'analarini davom ettirib, o'zbek va fors-tojik tillarida birday mukammal asarlar yarata oldi. Fitratning «Rahbari najot» asari to'la ravishda ta'lim-tarbiya masalalariga bag'ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag'ishlangan bo“lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir. Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligi, bunda: 1) jismoniy tarbiya - salomatlik; 2) aqliy tarbiya - sog'lom fikrlilik; 3) axloqiy tarbiya - axloqi sano, ya'ni axloqiy poklikka e'tibor berish kerakligi ta'kidlanadi. Asarning «Bola tarbiyasi» masalalari bobida quyidagilar ko'rsatib o'tiladi. «Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh avlod- ni tarbiyalash hayotiy vazifalardan hisoblanadi. Ma'lumki, dunyo kurashning umumiy maydoniga o'xshaydi va bu maydonning pahlavon- lari insonlardir. Har bir kishi barkamollik yoshiga etgach, u o‘z saodati ta'mini uchun shu maydonga kirmasdan iloji yo'qdir. Bu kurashda g'olib chiqish uchun uch xil o'lchov quroliga ega bo'lish kerak: 1) salomatlik; 2)sog‘lom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste'dod); 3) axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqiy poklik). Fitrat «Har bir kishi shu uch quroldan birisiz maydonga kirsa, albatta, maglub bo'lishi tabiiydir», deb aytib, bu bilan uch tarbiyani doimo qo'shib olib borish kerakligini, agar bularning birontasi kam bo‘lsa, yetuk kishi 226 www.ziyouz.com kutubxonasi tarbiyalab bo'lmasligini ko'rsatmoqchi bo'ladi. Yana aytadiki: «Agar har bir ota o‘z farzandining badbaxt bo'lishini xohlamasa, uni bu maydonning g'olibi qilib tayyorlashi kerak. Farzandingizni jismoniy, aqliy, ruhiy tomondan barkamollikka etkazing va jamiyatning qobil a'zosiga aylanishi uchun g‘amxo‘rlik qiling». U bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug'ullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qo'lida bo'lishini ta’kidlab o‘tadi: «Bolalarni barkamol qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo'lmasdan, butun qavm a'zolari javobgardirlar, chunki yoshlar hartomonlama barkamol inson bo'lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boladi». Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquwat bo‘lib tarbiyalanishiga alohida e'tibor beradi: «Badan tarbiyasiga qadim zamon- lardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quwatga ega bo'lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo'lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm olishlari bilan birga, ularning badantarbiyasiga ahamiyat berishimiz lozimdir». Fitrat bolalaming toza havoda bolishlari, tabiat go'zalliklaridan estetik zavq ola olishlariga ahamiyat beradi va deydi: «Havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz turish mumkin emas. Shuning uchun go'daklami hamma vaqt sof havoga, bog‘-chorbog‘larga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlarning har taraflarida bolalar uchun chorbog'lar, havo maydonchalari yaratilgan. Bulardan tashqari, ulaming maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida max- sus maydonchalarda turli o'yinlar o‘ynaydilar. ' Fitrat bolalaroing jismoniy tarbiyasida turli harakatli o'yinlar katta o'rin tutishini ham aytib o‘tadi. Ota-onalariga o‘z bolalarining shunday o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishlarini ta'min etishlarini maslahat beradi: harakat har bir kishi uchun, ayniqsa, bolalar uchun zarurdir; shuning uchun bolalarni jismoniy chiniqtirishda ularni ayrim o'yinlar bilan mashg'ul qilish foydalidir; bolalarni o'yindan man etishning foydasi yo'qdir; ularning doimo bir joyda o'tirishlari, harakat qilmasliklari ularning badanlari zaif bo'lishlariga olib keladi. Ota-onalar doim o‘z bolalarini o'yinga tashviq va targ‘ib qilishlari lozimdir. Arnrno bolalaming o'yinlari odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak. Fitrat bu harakatli o‘yinlar bolaning aqli, farosati, ilmi rivojlanishiga va to'g'ri axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu o'yinlar orqali bolaga hayotni o'rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi, bolani jismonan chiniqtiradi, deb biladi. 227 www.ziyouz.com kutubxonasi Fitrat yana bolalarning sog'lom, jismonan etuk bo'lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib o“tadi: «Nazofat (tozalik) va pokizalik kattalar uchun qanchalik lozim bo'lsa, kichik bolalarga ulardan ko'ra o‘n baravar zarurdir. Uning zarurligining ikki jihati bor. Awalo, bolalar kattalarga nisbatan oldinroq xastalik qobiliyatiga ega. Shuning uchun ifloslik har qanday bemorlikni keltirib chiqaradigan manba ЬоЪЬ, ifloslik kattalarga nisbatan bolalarga o‘n barobar ziyon etkazadi. Ikkinchidan, ular yoshlikdan pokizalikka o'rgatilsa, pokizalik bora- bora ularning odatiga aylanadi. Aksincha, yoshlikdan ifloslikka o'rgatilsa, katta bolganda ham shunday odatga organadilarki, bu kishilarning nafratiga sazovor bo'ladi». Murabbiy bolalarga shaxsiy gigiena qoidalarini o'rgatishni alohida ta'kidlab o'tadi: «Ota-onalar va muallimlar bolalami har kuni yuzlarini sovunlab yuvdirsinlar, og“iz va tishlarini tozalab yuvdirsinlar, doimo liboslarini nazorat qilsinlar, mumkin qadar bolalami chivin va pashshalar bo'lmagan joylarga o'tkazsinlar, chunki bu hasharotlar turli kasalliklami tarqatuvchidirlar». Keyinroq Fitrat fikr - aql tarbiyasi to‘g‘risida, ya’ni aql rivojlanishida muhokamaning o'rni haqida fikr yuritadi. Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o'qish, o'rganish qobiliya- ti uni saodatmand qiladi. Insonning komil aqli yaxshilik muhokamasi- dir. Muhokama nima? Muhokama ikki qismga boTinadi: birinchisi ma’lum bo'lgan hukm, voqea va hodisalar; ikkinchisi, noma'lum voqea va hodisalardan xulosa chiqarilishidir. Masalan, «Vatan xizmati vojibdir»(shartdir). Bu hukm noma'lum (majhul)dir. Bu hukmga yana boshqa ikki ma'lum hukm lozimdir, ya’ni: «Vatan bizning valine'matimizdir» (sahovatmandimiz, ne'matlar bilan ta'minlovchimizdir). «Har bir valine’mat(oliyhimmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir», bas, «Vatan xizmati vojibdir» degan hukm yuqoridagi ikki ma'lum kazi(y)yatlar bilan ochiladi. Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, awalgi hukm noma’- lum ЬоЪЬ, qolgan ikki qismi awalgisini to'ldiradi va kazi(y)yati ma'lum deb, ataladi. Demak, inson muhokama orqali kamolotga etadi. Muhokamaning aniq va ravshan bolishi uchun uch narsa zarur bo“hb hisoblanadi: 1. Isobot. 2. Istiqomat. 3. Sur'at. Isobot malum kaziyyati hukmning to'g'riligiga, bexatoligiga aytiladi. Istiqomat ma'lum voqea-hodisalarning, hukmning barqarorligi, sur'at esa, to'xtovsiz, tezlik bilan tartib berilishi, demakdir. 228 www.ziyouz.com kutubxonasi Awalo, bolalarni isobot sohibi boTishlarida, bir voqea va hodisa ustidan fikr yuritganlarida ularga to‘g‘ri, bexato ma'lumotlar beraylik. Chunki xato fikrlar ularni xatolarga, xatarli yo'llarga olib borishi tabiiydir. Asossiz muhokama bolalar tarbiyasiga katta ziyon etkazadi. Keyin bolalarni istiqomat sohibi qilib fikr yuritishlariga ahamiyat berishimiz kerak, ularni ma'lum kaziyyatlarni noma'lum kaziyyatlardan to'g'ri, aniq ajrata oladigan holatda tarbiyalash lozim, ya’ni har bir masala sohasidagi ma’- lumotlarni g'alati tushunmasliklari uchun bolalarni muhokama qilish- ga odatlantirish kerak. yomonning yomonligini, yaxshining yaxshiligini muhokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqqat qilingki, bolalar hech narsani ko‘r-ko‘rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to'liq aqliy ta'lim berish uchun mana shu yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlarni maktab dasturlariga kiritish kerak degan xulosaga keladi. Va jadidlar bilan ochgan yangi usul maktablarida iloji boricha shu fanlarni ham bolalarga o'rgatadilar. Fitrat maktablarda bolalarga nisbatan qo'llaniladigan tan jazolarini butunlay qoralaydi, unga qarshi chiqadi. Bolani tayoq zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab bo'lmasligini tushuntirib beradi. Fitrat o'quvchi shaxsini hurmat qilish zarurligini, unga nisbatan insoniy munosabatda bo'lish, qilgan gunohlarini o'ziga to‘g‘ri, yaxshi so‘z bilan tushuntirish kerakligini, shunda u ham o'qituvchini hurmat qilishini uqtiradi. Fitrat yana bolaga beriladigan bilim uning yoshi va bilish darajasiga mos bo'lishi, bolaga qiyinlik qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yojuda qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi. Fitrat o'sha vaqtdagi Samarqanddagi ibtidoiy maktablar ishiga yaxshi baho beradi, ayniqsa Shakuriy maktabiga: «Samarqandliklar ikki-uch ibtidoiy maktabga ega, ularning eng yaxshisi Shakuriy maktabi. Garchi bu maktab unchalik taraqqiy etgan bo‘lmasa-da, har holda mudir va muallimlarning olijanob himmatlari soyasida qisqa vaqt ichida rivoj to- pib, kamolotga etishiga umid bog'lasa bo'ladi». Fitrat inson kamolotga erishish uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doimo oldiga maqsadlar qo'yishi va unga yetishish uchun kurashishi kerakligini, hech bir baxt yoki boylik inson intilmasa o‘z- o'zidan kelmasligini uqtirib o'tadi. Fitrat bilim va iqtidor inson uchun zarur ekanligini, u mana shu bilimi va aqli bilan dunyodagi barcha mahluqlardan ham ustun turishi- ni, shuning uchun inson doimo bilim olishga va o‘z bilimini oshirib borishga intilishi kerak. 229 www.ziyouz.com kutubxonasi Fitrat pedagog olim sifatida maktablar, oliy o‘quv yurtlari uchun bir qancha darslik va amaliy o'quv qo'llanmalari yozadi. Bular 1917-yilgi ibtidoiy o'zbek maktablarining so‘nggi sinflari uchun yozilgan «O‘quv» kitobi, 1918-yili Sh.Rahimiy va Ramazon bilan hammualhflikda yozgan «Ona tih» darsligi, 1919-yiliyozgan«Imlo masalalari», 1925-yiliyozgan «0‘zbek tilining sarfi», «Tojik tilining sarfi», 1927-yili yozgan «0‘zbek tilining nahvi», 1926-yili yozgan «Adabiyot qoidalari», 1927-yiliyozgan «Eski turk adabiyoti namunalari» va boshqa ko'plab qo'llanmalar shular jumlasidandir. Fitrat yirik olim sifatida adabiyot nazariyasiga, o'zbek adabiyoti va san'at tarixiga juda katta hissa qo'shdi. U yaratgan ilmiy ishlar: «Qutadg'u bilig», «Adabiyot qoidalari», «Ahmad Yassaviy hikmatlari», «Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar», «XVI asrdan so'nggi o'zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «Aruz haqida», «Abulqosim Firdavsiy», «Ertaklar va haqiqatlar», «O‘zbek shoiri Turdi», «Tilimiz», «0‘zbek tili saboqlari», «0‘zbek musiqasi to'g'risida», «O‘zbek mumtoz musiqasi va uning tarixi», «Sharqda shax- mat» va boshqalar. Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Muhammad Solih, Turdi, Bedil, Mashrab kabiijodkorlarningbadiiy me- roslariga oid ilmiy ishlari. Bu ishlarning nomidanoq ko'rinib turibdiki, adabiyotimiz, san'atimizning bugungi kunda biz tadqiq etishga kirish- moqchi bo‘lib yurgan muammolarini Fitrat bundan 60-70 yil ilgari hal qilib bergan. U yana fors-tojik shoirlari Firdavsiy, Umar Hayyom ijodi haqida ham tadqiqotlar olib boradi. Uning bu ilmiy ishlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo'qotmagan. Abdurauf Fitrat axloqiy qarashlarining o‘ziga xosligi Abdurauf Fitrat kishining hartomonlama barkamol inson bo‘lib etishishida axloqiy tarbiyaning o‘mi juda katta ekanhgini har bir asarida takror-takror uqtirdi. Shuning uchun u o'zining qarashlarida fikriy va jismoniy tarbiya bilan birga, axloqiy tarbiyaga ham juda katta e'tibor bilan qaradi. U o'zining «Rahbari najot» asarida axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifasi, uni amalga oshirish yoTlari haqida to'xtaladi. Uning fikricha, axloqiy tarbiyaning vazifasi «insonni axloqiy barkamollikka etkazish va uni jamiyatga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun awalo bolalarni jismoniy va fikriy tarbiyaga da'vat qiling, keyin axloqiy quwatlarni muhokama orqali tushuntiring, ularni yaxshi ishlarga odat qildiring, yomon ishlardan na- fratlantiring». 230 www.ziyouz.com kutubxonasi Fitrat axloqiy tarbiyani bolalar eng awalo o‘zi yashayotgan atrof-muhit va ko'chadagi bolalardan olishlarini ta'kidlab o'tadi. Olim ijtimoiy muhitning bola tarbiyasidagi ahamiyati juda katta ekanligini ko'rsatib beradi. U bolalarni suvga o‘xshatib: «Suv qaysi rangdagi idishda boQsa, o‘sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo'lsalar, o'sha muhitninghar qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko'proq yaxshi va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko'chadagi o'rtoqlaridan, maktabdagi o'quvchilardan qabul qiladilar». Bu fikrlar bilan Fitrat yana bola tarbiyasi bilan faqat maktab emas, balki awalo oila va jamoatchilik shug'ullanishi kerakligini ko'rsata- di. Ayniqsa, axloq tarbiyasida oilaning, ota-onaning o‘mi juda katta ekanligini qayta-qayta takidlaydi. Fitrat bolaning axloqiy tarbiyasida maktabdagi boshqa bolalaming katta ta'siri borligini ko'rsatib, maktabdagi axloqi yomon bolalami tezda tuzatish choralarini ko'rish lozimligini «maktablardagi badaxloqlikda mashhur bo'lgan bolalami, agar ulami tuzatish iloji bo'hnasa, maktabdan chetlashtirish maqsadga muvofiqhgini taTndlab o'tadi. Chunki u bola o'ziningyomon axlo- qiy sifatlarini boshqa bolalarga ham o'tkazmashgi uchun shunday chorani ko'rish lozim», deb hisoblaydi Fitrat. U axloqi buzuq kishilami maktabda muallimlik vazifasigagina emas, balki maktab qorovulligiga ham yaqinlashtirmasliklaiini juda to'g'ri harakat, deb biladi. Yana u bolalar axloqiga zararli bolgan, yoshiga mos kehnaydigan kitoblami bolalaming o'qishlariga ruxsat bermashk kerak deydi. Fitrat o‘z asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevar- lik, ozodlik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shafqatli bo'lish, o‘z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo'yish g'oyalarini ulug'laydi. Vijdonsizlik, poraxo'rlik, ikkiyuzlamachilik, boshqalami ezish evaziga boylik toplash, xalqqa zulm o'tkazish kabi sifatlar esa qoralanadi. Abdurauf Fitrat o'zining butun hayoti davomida milliy mustaqillikka erishish va mustamlakachilikka qarshi kurash, Ovrupo ilmi, texnikasi, madaniyatidan o'rganish muammolarini tinimsiz targ'ib qilgan siymolardan biri sifatida barcha kishilarga, eng awalo, yoshlarga ibratdir. U1905—1906-yillari jadidchilik oqimining ko'zga ko'ringan tarafdori sifatida, so'ngra o‘zining«Hind sayyohi», «Rahbari najot» singari asarlari orqali ma'rifatparvar va yozuvchi sifatida musulmonlarni, eng awal, yoshlarni g'aflat uyqusidan uyg'otishga, eng muhimi, o'zligini tanishga, fan-texnikani rivojlantirish uchun g'ayrat bilan o‘qish-o‘rganishga undaydi. 231 www.ziyouz.com kutubxonasi Ko'rinib turibdiki, Fitrat yoshlami yangi jamiyat qurishga da'vat etadi. El-yurtning baxti, saodati, istiqloli uchun kurashishga chorlaydi. U «Xalq baxti uchun kurashmagan yoshlami bo'shang, jasoratsiz», deb tushunadi. Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889 — 1929) Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yili Qo'qon shahrida tabib oilasida tug'ildi. Hamza o'zining oqishga bolgan zo‘r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq tola xat-savodli bo“lib etishadi. 1906-yili madrasaga kirib o'qiy boshlaydi. Biroq, madrasa ta'limi Hamzani qanoatlantirmaydi; mustaqil suratda Lutfiy, Alisher Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini o‘qib- o'rganadi. Hamza turmushda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi, ilm-fanga havasi zo‘r bo‘lsa-da, ko'ngildagidek o'qiy olmaydi. Bu ahvolni keyinchalik eslab, unga sabab «ota-ona taassubi va hukumat istibdodi, faqirlik» ekanini ko'rsatib o‘tadi. 1909-1910-yillari Namangan, Toshkent shaharlarida yolg'iz, og'ir ahvolda yashaydi. Shunga qaramay «Ko'kaldosh» madrasasida o'qiydi. Biroq bu madrasadagi ta'lim uni qanoatlantirmaganligi, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli Hamza o'qishdan ketishga majbur boladi. Hamza 1911-yili Qo'qonning Hojibek guzarida maktab ochib, etim va kambag'al bolalami oqitadi, o'quvchilar uchun «Yengil adabiyot», «0‘qish kitobi» o'quv qo'llanmalarini yaratadi. Maktabda o‘qish-o‘qitish ishlariga ba’zi-bir o‘zgarishlar kiritib, quruq yod olish usulini yo'qotishga harakat qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg'ulotlarga ko‘p e'tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg'ulotlarga ko'proq vaqt ajratadi. H.H.Niyoziy 20 yillik oqituvchilik faoliyati davomida yoshlar tarbiyasi masalasida amaliy va nazariy jihatdan muhim g'oyalarni olg'a surdi. Hamzaning ijodiyoti, o'qituvchilik faoliyati chor hukumati amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalami buzuvchi, din va ma'rifatdan ozdimvchi maktab», deb qoralab yopib, o'zini ta'qib etadilar. Hamza 1913-yil fevralda chet ellarga ketadi: Afg'oniston, Hindiston, Makka, Madina, Shom(Suriya), Bayrut, Istanbul, Odessa shaharlarida bo“lib, 1914-yilboshlaridaQo‘qongaqaytadi. 1915-yiliMarg‘ilondamaktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi. Hamza ma’rifatni keng xalq ommasiga tarqatish tarafdori edi. Kambag'al bolalarining o'qishini doimiy ta'minlash niyatida ularga 232 www.ziyouz.com kutubxonasi moddiy yordam berishni maqsad qilib «Yordam jamiyati» tuzadi. «Yordam jamiyati» o‘qituvchilarning o'zaro yiqqan mablag'lari asosida faoliyatini boshladi-yu, lekin ko‘p o'tmay hukumatning ta'qibidan so'ng tarqatib yuboriladi. Hamza 1915-1916-yillari yaratgan «Oq gul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul» kabi ashulalar to'plamlarida, «Milliy roman yoxud Yangi saodat» qissasi, «Zaharli hayot» kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o'qishga, ilm o'rganishga da'vat etadi. Hamza 1918-yili Farg'ona shahriga borib o'qituvchilik ishini davom ettiradi, yosh san'at havaskorlarini to'plab, «Sayyor dramtruppa» tashkil qiladi. Hamza 1919-yilning boshlarida Qo'qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Turk frontida o‘zi tuzgan truppasi bilan qatnashadi. 1921-yili o'qituvchilikka qaytadi. Xorazmga borib ta'lim- tarbiya ishlari bilan shug'ullanadi. 1922-1924-yillari Xojayli tumanida- gi 1-bolalar uyining mudiri va o'qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Hamza 1925- yilning kuzida Farg'ona uezdi maorifi ixtiyoriga yuboriladi. Bu yerda u xalq kuchi bilan yangi maktab binosi, klub, kutubxona, choyxona qurdiradi. 1926-yili Hamzaning badiiy ijodidagi muvaffaqiyatlarini taqdirlab, «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan faxriy unvon beriladi va umrbod shaxsiy nafaqa tayinlanadi. Hamza bir qancha asarlarida xalq maorifini demokratik asosda qayta qurish, xalq maorifini yaratish g'oyalarini olg‘a suradi. Uning fikricha, «Insonni inson qatoriga qo'shish», kamolotga etkazish, olijanob fazilatlarga ega qilib etishtirish tarbiyaga bog'liqdir. Yuksak kuchga ega bo'lgan tarbiya ilm, odob, hunar tarbiyasini o‘z ichiga olgan bir butun jarayon bo'lishi kerak. Demak, maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o'rgatishi kerak. Hamza hunar o'rgatishni keng ma'noda tushunadi. Hamza Hakimzoda har bir inson jamiyat, tabiat va hayvonot dunyosidan xabardor bo'lishi kerakhgi haqida so'zlar ekan, buning uchun ilm-fanni egallash zarurligini ta'kidlaydi. U aqliy tarbiya haqida so‘z yuritar ekan, aqliy tarbiya orqali tabiat va jamiyat qonunlarini, tabiat hodisalarini, ular o'rtasidagi bog'liqlikni bilish kerakligini aytadi. Hamzaning fikricha, bolalarni barkartiol inson qilib etishtirish uchun o'qituvchining o‘zi chuqur bilimga ega, qobiliyatli va yuksak axloqiy fazilatli bo'lishi kerak. Hamza ta'lim-tarbiya haqida bildirgan fikrlarida bolalarning sog'lom bo'lishiga ham e’tibor beradi. U, ayniqsa, ta'lim-tarbiyada ota-onalarning muhim o'rin tutishini taTddlaydi, bolaning go'zal axloqli boTib kamol topishi ' 233 www.ziyouz.com kutubxonasi uchun oila muhitida tarbiyaning to‘g‘ri yo‘lga qo'yilishi zarurligini aytadi. Shoirning fikricha, bola odobning boshini ota-onadan oladi, o'rganadi, bunga jiddiy e'tibor berilmasa tarbiya juda qiyin kechadi va yomon oqibatlarga olib borishi aniq ekanhgini bayon etadi. Hamzaning axloqiy tarbiya xususidagi qarashlarida yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash alohida o'rin egallaydi. Uning fikricha, yoshlardagi insonparvarlik kishilarning qadr-qimmatini anglash, uni hurmat qihsh, insoniy huquqlarini himoya etish, ularga hurmat bilan muomala qilishdan iborat bo“lishi kerak. Yoshlami insonparvahk ruhida tarbiyalash ularda o'ziga yaqin bolgan kishilarga, avval ota-onasiga samimiy muhabbat tuyg'usini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shu tufayli ham, shoir o‘z darsliklariga kiritgan she’r va hikoyalarida bolalami o‘z ota-onalariga mehribon bohshga, ulami qadrlashga chaqiradi. Hamza o'zining «Baxil», «Saxiy», «Zolim», «Rahm», «Xiyonat», «Xoin», «Sadoqat» hikoyalarida yoshlami sadoqath, kishilarga mehribon va g'amxo'r qihb tarbiyalash, ularda baxillik, zohmlik, zo'ravonlik, xiyonat, xoinhkka nafrat tuyg'ularini tarbiyalash g“oyasini ilgari suradi. Hamza saxiylarni ta'riflab: «Saxiylar o'zlari halol qihb topadi. 0‘zlari ham eydi, boshqalarga ham beradi. Birov iltimosini qaytarmaydi... ko'priklami tuzatadi, beva-bechoralarga osh-non, kiyim-bosh qihb beradi. Yetim bolalarni maktablarga berib o'qitadi, ular doim umum foydasi tegadigan ishlami qiladi. Umum foydasi uchun jonidan ham kechurlar», deydi. Hamza fikricha, bolalarni sabr-toqatli, sabot va matonatli qilib tarbiyalash kerak. Uning fikricha: «Shitobning ziddi-dushmani - sabrdir. Sabr - chidamli, ya’ni har ishda... oshiqmaslik ...sabrli kishilarda pushaymon va armon bo'lmas... sabr kishilarning yuragi bolib, dunyodan balo kelsa-da, ko'kragiga yetmay yo‘q bo'lib ketar. Sabrli kishilar har yerda izzatlik, har kim qarshisida hurmat va obro'li bo'lur. Sabrli kishilarni har kim sevar va chin ko'ngilidan do'st tutar... agar sabrga o'zini bihb o'rgatib olgan kishi so'ngra... og'irlik pisandiga ham kelmay qolur». Hamza sabrga bergan ta'rifini shunday xulosalaydi: Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling