Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet50/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Nazorat uchun savollar

  1. O‘zbekistonda 1917-1924-yillar maktab va maorif sohasida qanday o'zgarishlar bo'ldi.

  2. Turkistonda Milliy davlat chegaralanishi o'tkazilgandan so'ng xalq ta'limidagi o'zgarishlarni ayting?

  3. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda maktab va maorifdagi o'zgarishlarni tahlil qiling?

  4. XX asrning 70-80-yillari 0‘zbekistonda xalq ta'limida qanday o'zgarishlar ro‘y berdi?

  5. Siddiq Rajabov yashagan davrdagi ijtimoiy muhit va maktab-maorif masalalari.

  6. Siddiq Rajabov asarlari va unda ta'lim-tarbiya masalalari.

  7. Siddiq Rajabovning pedagogika va pedagogik kadrlar tayyorlash- dagi faoliyati.


249


www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. ВОВ. MUSTAQIL 0‘ZBEKISTONDA TA’LIM
    VA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI


Mustaqillik va ta'lim tizimida islohotlar
Mustaqillik e’lon qilingan (1991-yil 1 sentabr) dastlabki yillardanoq 0‘zbekiston hukumati ta'limga ustivor soha sifatida e'tibor berib kelmoqda. Respublikamizning ta'lim sohasida aniq va ravshan davlat siyosati mavjud boTib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asos- lanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishini Konstitusiya bilan kafolatlaydi.
Respublikamizda ta'limi tizimini yangilash va rivojlantirish zarur. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlardan maqsad barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ulaming turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. Shu maqsadda 1997-yil 29 avgustda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Respublikamiz tubdan yangilangan davlat boTib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohadagi islohotlar bosqichma-bosqich olib borilishi nazarda tutiladi. Shu jumladan, ta'lim sohasidagi islohotlar ham bosqichma-busqich amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish boTib, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlashi bilan ahamiyatlidir.
Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va rivojlantirish, taTim tizimini takomillashtirish, jahon andozalari darajasiga ko'tarishga e'tibor berilmoqda.
O‘tgan o‘n yil mobaynida yangi turdagi ta'lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida htseylar ochildi. Qobiliyatli o'quvchilar chet ellarda ta'lim ola boshladi. 0‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo'lib, ilg‘or tajribalarni o'rganib kela boshladilar.
250


www.ziyouz.com kutubxonasi




Viloyatlarda biznech maktablari, kichik va o‘rta kasb hunar kurslari ochildi va fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit kabi yangi mutaxasissliklar o'qitila boshladi. Test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o‘quv muassasalariga jalb etildi.
«Mahalla», «Kamolot», «Sog'lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulughek», «Umid» jamg‘armalarining ta'lim sohasini rivojlantirishdagi hissalari beqiyos.
Oliy ta'lim sohasida ham islohot o'tkazish zarurati yuzaga kelgach, 1997-yilmart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, talim tizimini isloh etish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi daraja- sida o'zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi. Natijada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi.
Bu ikki hujjatga binoan ta'lim tizimini isloh qilish bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling