Birinchi bosqich o'tishdavri. 1997-2001-yillar. Buyillardayangi
talab doirasida pedagog kadrlar tayyorlash, ta'lim standartlarini yaratish, o'quv dasturlari ustida ishlash, umumta'lim maktablarini qayta qurish, o'rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash va uzluksiz ta'lim tizimiga asos solish.
Ikkinchi bosqich - 2001-2005-yillar. Bu davrda milliy dastur to'liq amalga oshiriladi. Uning ba'zi g'oyalari va qoidalariga o'zgartirishlar kiritilish ham ko'zda tutilgan.
Uchinchi bosqich - 2005-yil va undan keyingi yillar bo'lib, islohot tajribalari tahlil etilib, umumlashtiriladi hamda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.
«Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunga asosan Ta'lim 0‘zbekiston Respubli- kasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Talim sohasidagi davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
Ta'limning uzluksiz va izchilligi;
Umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
0‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo‘nalishlari: akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qishni tanlash ixtiyoriyligi;
Ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Davlat standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
Ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
251
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bilim va iste'dodni rag‘batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg'unlashtirish. Xalq ta'limining asosiy bo‘g“ini - uzluksiz ta'limi tizimini tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi
0‘zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan: Bolani o'qishga tayyorlashni ko'zlovchi mazkur ta'lim uch yoshdan olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa xil ta'lim tashkilotlarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |