Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri.
- Aflotun(Platon)
Suqrot(Sakrat). (eramizdan awalgi 469-399-yillar) O‘zining ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'gTi edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o‘z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyujmlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilami savol-javob yo‘li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.
Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqali, ya'ni muayyan masalalarni o'rtaga qo'yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf. Aristotelning yozishicha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o'tish haqidagi induktiv ta'limotni hamda har bir narsaningt mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalami aniqlash haqidagi ta'limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilimdir, do- nishmandlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyatbo'lishi mumkin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo'llarida bo‘lmog‘i kerak deydi. Suqrot davlat boshqamvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, politiya va demokratiya kabi shakllarini tanqid qilgani uchun ayblanib, o'lim jazosiga hukm qilinch o‘z ixtiyori bilan zahar ichgan. Aflotun(Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning sho- girdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. 258 www.ziyouz.com kutubxonasi Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g‘oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos. Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokrati- yaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qilib, mo‘l hosil etishtirib, faylasuflar va jangchilami boqadilar. Uning tasawuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta'kidlaydi u. Aflotun - davlat tomonidan tashkil etihnog'i va hukmron guruhlaming - faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko‘zlamog‘i lozim. Aflotun o'zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba'zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi. Aflotunning fikricha, bolalar uch yoshdan 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘-yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalar- da turli o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari lozim. Aflotun o'yinlami maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan materiallami sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o'tadi. U bolalarga yoshlik chog'idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. Aflotun xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usiflni ma'qullaydi. Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g'oyat nafratlanish mhi bilan sug'orilgan. Aflotun g'oyasiga ko‘ra bo'lajak faylasuflar va jangchilaming «jismoniy mehnat to‘g‘risida xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullaming bolalarini o'qitmagan ma'qul. Biroq, Aflotun maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan olib borilishi lozim bo'lgan tarbiya tizimi to‘g‘risida bir qancha muhim fikrlami aytib, ijobiy o'mak namunasida tarbiyalashni talab qilgan. Aflotun o'zining axloqiy g'oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob'ektiv idealizm yoTini tutadi. Aflotun etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo'lgan va mangulik g'oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo'ladigan yagona o'zgarmas «yaxshilik» g'oyasidir. Uning fikricha, erdagi yaxshiliklaming hamma turi o'zida me’yor, go'zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan oliy «yaxshilik g‘oyasi»ning inikosigina boTishi 259 www.ziyouz.com kutubxonasi mumkin. Odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g‘oyasi»ga intilishga to'la bo'ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat oliy «yaxshilik» g'oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko'rish mumkin. Platonning shogirdi bolgan, makedoniyalik Iskandami tarbiyalagan, qadimgi Gresiyaning eng yirik idealist-faylasufi va olimi Arastuning pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda ulkan. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling