Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet40/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Xatog'a tadorik nedur bexilof, Ayon qilmoq o'z sahviga e'tirof. Vagar qilsa sahvig'a ijro dail, Ki yaxshidur aylar iki ancha bil.
Mutafakkiming ilm olish yo'llari xususidagi qarashlari ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy bilimlami tinmay, uzluksiz o'rganish zarur, deydi. Bu yo‘lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni engib o'tish mumkin deb hisoblaydi. Aniq hayotiy maqsadni belgilab olgan holda ana shu maqsadning ro'yobga chiqishi yo‘lida qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, bu yo'nalishda olib borilayotgan harakatni oxiriga etkazishda chidamli, matonatli va sabotli bo'lishni maslahat beradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglashiladiki, alloma o‘z davrida ilm olish prinsiplarini to'g'ri ko'rsatib, ta'lim mohiyatini ochib bera olgan. Alisher Navoiy tomonidan asoslangan ta'lim sistemasi o'zida quyidagilami aks ettiradi:
■ a) maktab yoki madrasada tahsil olish;
b) olim, hunarmand yoki san’atkorlarga shogird tushish asosida ta’- lim olish;
v) mustaqil ravishda ilm o‘rganish.
Yoshlarga chuqur bilim hamda axloqiy tarbiya berishda muallimlar- ning o'rni beqiyosdir. Muallimlik faoliyatini olib borish o‘ta mas'uliyatli


166


www.ziyouz.com kutubxonasi




va sharafli, ayni vaqtda, murakkab ish sanaladi. Ushbu faoliyatni samarali yo“lga qo'yish mudarris hamda ustoz-murabbiylaming muayyan talablarga javob bera olishlariga bog'liq. Eng muhim talab - ulaming chuqur bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy xislatlarga ega bo'lishlaridir. 0‘qituvchining samarali ta'lim berish yo'llari va ulaming mohiyatidan xabardor bolishi nihoyatda muhimdir. Navoiy mazkur fikrlarni ilgari surar ekan, nodon, mutaassib hamda johil muallimlar va ulaming xatti- harakatlarini tanqid qiladi. Xususan, «Mahbub ul-qulub»da maktabdorlar va ulaming faoliyatlari mazmuni xususida to'xtalar ekan, o'qituvchi mehnati, murabbiylik haqqini xolisona baholaydj, biroq shu o'rinda ularning johil va ta'magir bo'lishlarini qoralaydi:
«Uning ishi odam qolidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to'da bolaga ilm va adab o'rgatadi, ko'rkim, bunga nima etsin. Shunisi ham borki, u to'dada fahm-farosati ozlar boladi, undan kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday boladi. Har qanday bolsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko'pdir, agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluk qilsa arziydi.
Haq yolida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bolmas ado oning haqinyuzganj ila».
jT*Avni o'rinda adib har bir yoshning aqhy va jismoniy kamolotga yetishida ilm-fan va tarbiyaning ahamiyatini ko'rsatib berish bilan birga, jamiyat taraqqiyotining ta'minlanishida ilm ahh, olimu fozillarga nisbatan hurmat korsatish, ularning turmush darajasini yaxshilash masalalariga ham e'tiborni qaratadi.
Mutafakkir o‘qituvchining hurmatini qay darajada yuqori baholasa, uning shaxsi va faoliyatiga nisbatan talabni shu darajada oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil, dono, kamtar va ma'naviy jihatdan pok ЬоЪзШагпн talab etadi. Bu boradagi qarashlarini quyidagicha ifodalaydi:
«Mudarris (dars beruvchi) kerakki, g'arazi mansab ЬоЪпаэа va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgizmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo'lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bolmasa. Yaramasliklardan qo'rqsa va nodonlikdan qochsa, nainki: o'zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq


167


www.ziyouz.com kutubxonasi




ishlarni mumkin, balki halol qilsa; ishlarni qilmoq undan sodir bo'lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».
Alisher Navoiyning ta'limiy-axloqiy asarlarida o‘z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy munosabatlar jarayonida takror-takror qoTlanilib kelishi natijasida maqollarga aylanib ketgandir. Chunonchi:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling