Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet6/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

O‘g‘lim , senga qoldirdim o'git, Unga amal qil.
Olimlargayaqinlash, bahraolgil, Tutib dil.
Demak, o‘g‘ilga nasihat qilgan ota bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonadi, ammo ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish lozimligini ham uqtiradi.


16


www.ziyouz.com kutubxonasi




Bilimli bo'lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanish zarurligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari xususida nasihatlarni bayon etishdan iboratdir. Xususan:
Ilm-hiktnat o'rgangin, bolma mag'rur, Maqtanchoqning sharmandasi chiqar, ko'r.
" bilimli, ma'rifatli bo'lish kishiningkibr-havodan uzoqroq minlaydi. 0‘gitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo'lishi shilar bilan ijobiy munosabatni o'rnata olishi uchun zamin hozirlay. • ^Jeb uqtiriladi. Ilm sari intilish qutlug', ezgu ish sanaladi. Demak, har oir kishi ilm o'rganish sari intilishi, o'zlashtirilgan bihmlarga amal qilishi, kibru-havodan voz kechishi zarur.
0‘rgan uning bilimin, Borgin uning sari. Qutlug'ishga bo'ysungin, f Kibrni quv nari.
il .
Aqlli odamning zehni o‘tkir boladi, u har qanday o‘git-nasihatni tezda o‘z ongiga singdirib oladi. Alloma inson zehnining o'tkirligini, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning erdagi o“ljani ko'rib, unga ega bolish ilinjida pastga sho‘ng“ishida sodir etadigan tezligiga qiyoslaydi. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi:
Qush ov ko'rsa, yuksaklardanpastga cho'kar, Olim kishi o'git bersa darhol uqar.
Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o'ziga xos xislati ifodalangan.
Bilimli, yuksak fazilatga ega bo'lgan kishilar hayoti doimo mashaq- qatli kechadi. Umrbo'yi ilm va hunar asoslarini o'zlashtirgan olim va fozillar hayoti ham bir kun kelib poyoniga etadi. Bilimlarining ko'lami ortib, yuksak orzu-istaklari amalga oshayotgan bir paytda insonning umri tugaydi.
Ijtimoiy munosabatlar mazmuni, odamlar o'rtasidagi o‘zaro muloqat holati ham bilimli, donishmand kishilarning aziyat chekishlariga sabab bo'ladi. Zero, hayotda aksariyat holatlarda manman, zo'ravon, xudbin odamlarning omadlari keladi, ular yuqori mansablarni egallab, xalq va


www.ziyouz.com kutubxonasi




yurt manfaatlariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradilar. Bilimli kishilar esa ularni bunday yo'ldan qaytarish imkoniyatiga ega bo'lmaganliklaridan afsuslanadilar, chorasizliklaridan ranjiydilar. Hukmdorlaming nodon, kaltafahm bo'lishlari tufayli oqil insonlar munosib ravishda hurmat topmaydilar, qadr-qimmatlari toptaladi. Mahmud Koshg'ariy ushbu holat so'yilgan jonliq tanasining erlarga sudralib xor bo'lganiga o'xshaydi, deydi. Zero, hamma zamonlarda ham ilm-fan ahlining hayoti og‘ir kechgan, tafakkur, ilm va ma'rifat hamisha ham e'zozlanavermagan, aksincha, qoloqlik va johillik tomonidan ta'qib etilgan:
Buzuldi Ьи zamonlar, Avj oldi ko‘p yomonlar. Kamayib bilimdonlar, Ilmi hikmat yo'qolar.
Biroq shoir hayotda bilimdonlar borligidan faxrlanadi, ilm haqidagi she'rlarida ilmu donish egalarini ulug'laydi.
«Devonu lug‘atit-turk» asarida insoniy fazilatlarning yana biri - xushxulqlik alohida ajratib ko'rsatiladi. Bilim va hunar egasi bo'lish, ezgulik, yaxshilik yo'lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat ekanligini alloma alohida qayd etib o'tadi:
Ulugliging oshsa agar,
Xushxulq bolg'il.
Bek yonida xalq uchun ХоЪ ish qilg'il.
Molu davlat ko'payganda mag'rurlanish, kibru-havoga berilish yomon xislat sanalsa, ma'lum sabablarga ko'ra mol-mulkdan ajralib qolganda o'kinish, tushkunlikka tushish ham irodasizlik belgisi hisoblanishini bayon etadi olim.
Mol-dunyo toplashga nisbatan yuzaga kelgan hirsni shoir xuddi tog‘- dan kelayotgan selga o'xshatadi. Molu davlat yig'ish hirsiga berilgan kishi sel ostida qolgan toshdek chil-parchin bo'ladi, deydi:
Mol yig'ishni sel kelish deb hisobla, Mol egasin tosh kabi yumalatar.
Shu bois aqlli inson bunday xavf ro‘y berishining oldini olishi, atrofdagilarning nazaridan qolmasligi lozim.


18


www.ziyouz.com kutubxonasi




«Devonu lug‘atit-turk» asarida xalqning ta'lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar mavjud. Maqollarda ham qoshiqlardagi kabi do'stlik, o'zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg'usiga ega bo“lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o'gitlar o‘z ifodasini topgan.
Buni «Devon»da keltirilgan bir qancha maqollar mazmunida ko'ramiz: «Tirishqoqning labi yogTiq, erinchoqning boshi qonlik» maqolida tirishqoq odam o‘z mehnati bilan yaxshi taomlar topadi, shunga ko'ra moyli (yog“li) ovqatlar eydi, erinchoq, dangasa odam esa, yalqovligi tufayli ishdan qochadi va pirovardida kambag'allik va qashshoqlikka mahkum bo'ladi. Natijada afsus chekadi, degan ma'no bor. «Odamning olasi ichida - yilqiniki tashi(sirti)da» maqolida esa ayrim kishilarningyomon niyatlari, o‘y-fikrlari, dilida boshqalarga nisbatan yuzaga kelgan xiyonatni yashirib, kishilarga zo‘rma-zo‘raki ravishda kulib qarashi, ularning xatti- harakatlarini maqtashi, o'zini go'yoki ularning yutuqlaridan quvonadiganday ko'rsatishi aytiladi. «Ho'kizning oyog'i bo'lguncha, buzoqning boshi bo'lgan yaxshiroq» maqolida mustaqillikning mutelik va tobelikdan, o'zgalar irodasiga bo'ysunishdan afzalligi, ayrim harakatlarni amalga oshirishda tashabbuskor, faol, ilg‘or va tashkilotchi bo'lish maqsadga muvofiq ekanligiga urg'u beriladi. «Odobning boshi - til» iborasida esa xushxulqqa ega bo'lishga nisbatan qo'yiladigan talablardan biri - shirin so'zli, xushmuomala boTish ekanhgi takidlanadi. Shirinso'z, xushmuomala kishi el orasida tezda izzat-ikrom topadi, yuqori martabalarga erishadi. Shu bois yoshlarni yoshlikdanoq shirin so'zli, xushmuomalali bo'lishga o'rgatish maqsadga muvofiqdir, deya ta'kidlanadi. Xalq orasida g'iybatchi kishilarga nisbatan «Ilon o'zining egriligini bilmay, tuyaning bo'ynini egri deydi» qabilidagi maqol qo'llanilgan.
Ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo'yishning kutilgan natijaga eri- sha olmaslikka sabab bo'lishi «Shoshgan kishi uyiga etolmaydi» tarzida ifodalangan. Maqollarda yana ilmu hunar, mehnatsevarlik xislatini yoshlikdan egallash zarurligi ham ifodalangan: «Kichikda qatug'lansa ulgazu sevinur». Inson yoshlikda aniq bir maqsadga intilsa, unga eri- shish yo'lida mashaqqat cheksa, tinimsiz harakat qilsa, voyaga etganida uning rohatini, mehnati natijasini ko'radi.
Maqollarda yomonlik qilgan kishining o‘ziga yomonlik qaytishi mum- kinligi «Кокка suzsa yuzga tushar» - osmonga tupurgan kishining tupugi o'zining yuziga tushadi tarzida bayon etilgan.


19


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ko‘rinib turibdiki, eng qadimgi davrlarda yaratilgan maqollarda ham xalqning ta'lim-tarbiya borasidagi donishmandligi o‘z ifodasini topgan. Xalq pedagogikasining eng qadimgi namunalari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va o'zining pedagogik, tarbiyaviy ahamiyatini yo'qotmagan.
Demak, inson xulq-atvorini mukammallashtirishga xizmat qiluvchi «Devon»dagi she'riy parcha va maqollar kishilar o'rtasida ezgulikni targ'ib qilib, insonning kamolga etishiga katta ta'sir etib kelgan.
Eng qadimgi ota-bobolarimiz ulug'lagan axloqiy xislatlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin:



Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling