Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I ВОВ. ENG QADIMGI DAVRLARDAN MELODNING VII ASRIGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR Qadimgi xalq ogzaki ijodiyotida tarbiyaga oid fikrlar
Nazorat uchun savollar:
«Pedagogika tarixi» fanining predmeti, maqsadi va vazifasi nima- lardan iborat? «Pedagogika tarixi» fani qanday fan? U qaysi fanlar bilan uzviy aloqador? «Pedagogika tarixi» fanini o'rganish bo'lajak o‘qituvchiga qanday imkoniyatlar yaratib beradi. 10 www.ziyouz.com kutubxonasi I ВОВ. ENG QADIMGI DAVRLARDAN MELODNING VII ASRIGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR Qadimgi xalq og'zaki ijodiyotida tarbiyaga oid fikrlar Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo‘lib, ular o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yolni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bolganligidan dalolat beradi? Eramizdan awalgi birinchi mingyillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘di- yona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so‘g‘dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo“lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ushbu elatlar yashagan hududlarda o'ziga xos madaniy an'analar tar- kib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So‘g‘diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish ro‘y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan awalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi. Ajdodlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan qadimiy madaniyat tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid meros ham alohida o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalari- ning asarlari buning dalilidir. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Herodot, Suqrot, Plutarx, Polienning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, 11 www.ziyouz.com kutubxonasi allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: E.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Bragins- kiy, LM.Mo‘minov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy va boshqalar tomoni- dan ohb borilgan tadqiqotlar kiradi. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san'ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e'tirof etilgan ma'naviy madaniyat yodgor- liklari qadimgi grek tarixchisi Herodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» hamda Mahmud Koshg‘ariyning«Devonu lug‘atit-turk» kabi asarlari, Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma'naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. Ma'lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolaming takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan boTib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos boTgan xislatlar, ulaming dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Afsona va rivoyatlarda eng qadimgi ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham masog'ut, soq, xorazmiy, so'g'd hamda parfi- yanlar yashagan davrlar mhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o'rganishda quyida uch gumh- ga ajratilgan manbalarga tayanamiz: Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko'rgazmali ashyolar. Xalq og'zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. Ma'lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojla- rini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo'lga qo'ya olish borasidagi nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yoTga qo'yish negizida amalga oshirilgan boTsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy 12 www.ziyouz.com kutubxonasi jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug'chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urugTiing barcha a'zolari jamoa boTib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a'zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagicha tashkil etganlar. a) bolalar va o'smirlar; v) ijtimoiy hayot va mehnatda toTa ishtirok etuvchilar; s) keksalar. Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko'nikmalarini o'zlashtirgan. Bu holat og'ir sharoitda kechgan. O'g'il bo- lalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsa- lar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o'zlashtirar edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an'analarga ko'ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida maTum tajribalarga ega boTardilar. Bola ma'lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amahy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qolga kiritar edi. Ushbu an'ana, ya’ni bolalarni muayyan yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko'zga tashlanadi. Urug'chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining koTami ken- gayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko'payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ulami yozishga ham o'rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang'ich ko'rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san'at sirlarini o'rgatish ancha murakkab ish boTib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bolishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus harbiy bi- lim va tayyorgarlikka ega boTgan kishilar bolalarga bu boradagi bilim- larni berish jarayoniga jalb etila boshladilar. Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga yer oTchash, suv toshqinlarining va turli kasalliklarning oldini olishga oid bilimlarni o'rgatishga boTgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu boradagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e'tibor bolalarga og'zaki bilim berish bilan birga ularda yozuv ko'nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashhk rivojlanib, piktografik xat paydo boTgan bo'lsa, keyinchalik qo'shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuh paydo bo'ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi. Eramizdan oldingi mingyilhk o'rtalarida oromiy, Aleksandr Maqduniy istilosidan so'ng esa yunon, mixxat yozuvlari ham qoTlanilib kelgan. 13 www.ziyouz.com kutubxonasi Eramizdan oldingi birinchi mingyillik o'rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Ovisto, Xorazm, so‘g‘d, Kushon, run (Urxun-Enasoy), uyg'ur va boshqa yozuvlar paydo boladi va ta'lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoyda qog'ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nli sonlarning paydo boTishi, Mesopotamiyada er kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo'lishning o'ylab topilishi, Markaziy Osiyoda 0‘rtadengiz bilan Hindistonni o'zaro bog“lov- chi karvon yo'lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O‘rtadengizga «Buyuk ipak yo‘li»ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Eramizdan oldin, taxminan 484(480)—431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi Herodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, soqlar, masogutlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma'lumotlar berilgan. Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyahklar bilan mahaUiy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tih va makedoniyaliklarga xos bolgan harbiy san’at sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko‘p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o‘sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi. So‘g‘d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va «Eski xatlar» nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so‘g‘d yozuvi haqida ma'lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri yaqinidagi savdo qishlog'ida yashagan so‘g‘dlik tijoratchilarning o‘z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo'lgan xatlari tashkil qiladi. Imperator Yan Li(615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo'lga qo'yilgan ta'lim-tarbiya haqidagi ma'lumot- lar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savdoni o‘rgata boshlaydilar. 0‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlari ham o'rgatilgan. Syuan-Szin nomh boshqa bir Xitoy tarixchisi esa, Samarqand ahohsi- ning axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o‘rnak bo'lganligini aytib o‘tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o‘qitilgani, ta'lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qihb belgilanganligi to'grisidagi ma’- lumotlarni beradi. 14 www.ziyouz.com kutubxonasi Bu ma'lumotlar qadimda bolalar o'qitiladigan savod maktablari bo'lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomo- nidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o'zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi. Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo'yilgan ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni biz yana xalq og'zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g'oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo'lgan xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Aksariyat afsonalaming qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y- fikrlari, maqsad va intihshlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar - «Ovisto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir. Bizgacha etib kelgan epik asar(afsona va rivoyatjlarda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, vatan ravnaqi va qabila farovonligi yolida olib borgan kurashlari o‘z ifodasini topgan. Or-nomusni muqaddas deb bilish, do'st va safdoshlarga sadoqat, burchni yuksak darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh berish, o‘z sevgi-muhabbati yoTida aziyat chekishga tayyorlik kabi insoniy tuyg'ular ularning asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik eposlarida ulug'langan eng asosiy axloqiy xislatlar - jasurlik va mardlikdir. Jasurlik, kuchlilik va mardlik - qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bolgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida ma'lumotlar bemvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bolgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o'zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliyhimmatlilik va mehnatsevarlik kabilar uluglangan. Eposlar mazmunida bayon etilishicha, xotin-qizlar erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko'rsatganlar. Tarixdan ma'lumki, dastlab Amudaryoning asosiy tarmog'i 0‘zboy Kaspiy dengiziga quyilgan. Uning o‘ng qirg'og'i Turon, chap qirg'og'i Eron deb yuritilgan. Eramizdan oldin ahmoniylar soq va masog'ut qabilalariga ketma-ket hujum qilib turgan. Ana shu tarixiy voqealar soq va masog'utlar tomonidan yaratilgan eposlarda o‘z ifodasini topgan. Polienning «Harbiy hiylalar» asarida keltirilgan rivoyatlarda Shiroq obrazi vatanparvarlik va qahramonlik timsoli sifatida hah-hanuz yoshlarni 15 www.ziyouz.com kutubxonasi tarbiyalab keladi. Yoki Herodotning «Tarix» kitobida keltirilgan masog'utlar hukmdori To'marisga uylanish bahonasida Eron shohi Kirning Turon o'lkasiga uyushtirgan hujumi haqidagi ma'lufiiotlar ham muhim ahamiyatga egadir. Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va inso- niylik kabi xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro‘y bergan o‘zgarish]ar. ibtidoiy urug'chilik davrida qaror topgan turmush tarzi : shunday xislatlarning shakllanishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi ayf - insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita tarl .opishiga turtki bo'lgan. Eng qadimgi qo'shiq va lirik she'rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo'shiq va lirik she'rlar XI asrda yashagan ulug‘ olim Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yaratilgav «Devonu lug‘atit-turk» asari orqali bizgacha etib kelgan. «Devonu lug‘atit-turk» asarida qadimgi turkiy so'zlarning arabchf izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izoh lug'ati deyish mumkin. «Devon» she'rlarida ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishi- larni hurmat qilish, mehmondo'stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ'ib etuvchi, o‘z manfaatini ko'zlagan molparast, baxil, ochko'z, do‘sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlarni qoralaydigan she'rlar ko‘p. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimdan inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e'tibor berganligidan darak beradi. Pand-nasihat janridagi asarlarning mazmunida asosiy o'rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o'git- lar olish maslahat beriladi: Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling