Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
NAZORAT SAVOLLARI
Ya.A.Komenskiyning tarbiya haqidagi fikrlarini izohlang? YaAKomenskiyning sinf-dars tizimi nimalardan iborat edi? Ya.A.Komenskiy o'qituvchilar haqida qanday fikr bildirgan? Ya A.Komenskiyning didaktikasi va undagi yangiliklar nimalardan iborat? Mustaqil ish. Ya.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarining XVIII-XIX-XX-XXI boblarini o‘qib o'rganish. logann Genrix Pestalotsi Pestalotsining pedagogik faoliyati. logann Genrix Pestalotsi Shveysariyaning Syurix shahrida vrach oilasida tug'ildi. Pestalotsi otadan yosh judo bo'lib, onasi hamda oddiy dehqon ayol — ularning sobiq xizmatchisi tarbiyasida o'sdi. Pestalotsi awal boshlang'ich maktabda, so'ngra lotin maktabida o‘qib ilm oldi. Pestalotsi o'rta maktabni tamomlagach, ko'proq gumanitar fanlar o‘qitiladigan oliy o'quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa bo'limlarida o'qidi. Pestalotsi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning 275 www.ziyouz.com kutubxonasi ahvolini yaxshilash to‘g‘risida o'zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalotsi o'zining ijtimoiy _ tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo‘rg‘on va er sotib oldi, bu erga «Neygof» («yangi qo‘rg‘on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o‘z xo'jaliklarini unumdor xo‘jalikka aylantirishni o'rgatish maqsadida, bu erda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo'ldi. Tajribasiz va xo'jalik ishlaridan bexabar bo'lgan Pestalotsi oradan ko‘p o'tmay sindi, va u xalq foydasini ko‘zlab yana yangi yo'llar qidirishga majbur bo'ldi. U 1774-yjli «Neygofoda «Kambag'allar muassasasi»ni ochib, etim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to'pladi. Pestalotsining fikricha, bolalarning o'zlari ishlab topgan pullar shu etimxonaning xarajatini qoplashi kerak edi. Etimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to'quv va yigiruv dasgohlarida ip yigirib, mato to'qir edilar. Pestalotsining o‘zi bolalarga o'qish, yozish va hisob o'rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug'ullanar edi. Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to'qishni o'rgatardilar. Shu tariqa, Pestalotsi o‘z muassasasida bolalami o'qitishni ularni unurnfi mehnatga o'rgatish bilan qo'shib olib borishga urindi. Pestalotsi boshlagan ish tezda barbod bo'ldi, chunki siyosiy hokimi- yat va moddiy mablag'larning egalari uni qollab-quwatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilishi tufayh o'zlari yashab-ishlab turgan etimxona xarajatlarini ko'tara olar edilar, lekin gumanist va demokrat Pestalotsi o‘zi tarbiyalayotgan bolalami bunday og'ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo1! qo‘ya olmasdi. U bolalar mehnatini, awalo, bolalaming jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o'stirish vositasi, deb bildi. Bolalarga faqat hunar o'rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o‘rgatishga intildi. | Pestalotsi Neygofda o'tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta boldi. Tajribani davom ettirish uchun mablag' bolmaganligi sababh oradan ko‘p vaqt o'tmay yetimxona yopildi. Lekin bu muvaffaqiyatsizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi. Pestalotsi 1798 -yil Shveysariya inqilobi natijasida etim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan 80 bolaga mo'ljallangan yangi yetimxona ochdi. «Ertalabdan to kechgacha ularga yakka o'zim hamroh edim! Mening qollarim ulaming qo'lida, ko'zlarim ularning ko'zlarida edi. Ular yiglasa, men ham yig'lar, kulsa kular edim! Ular nima esa, men ham shuni yer, nima ichsa, shuni ichardim. Mening o'shalardan boshqa uyim ham, do'stim ham, xizmatchim ham yo‘q edi!», deb yozgani keyinchalik bu haqda Pistalotsi. Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin etimxona yopildi. 276 www.ziyouz.com kutubxonasi Keyingi o‘n sakkiz yil davomida Pestalotsi o‘sha davrning eng muhim masalasini: dehqon xojaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash, mehnatkashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o'zgartirish masalasini hal qilishga jamoatchilik e'tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shugullandi. U «Lingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo‘jalikni oqilona . usulda olib borish va bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to'g'risidagi o‘z g'oyalarini olg‘a surdi. XIX asrning boshlaridayoq Pestalotsining «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o‘z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o'rgatish haqida qo'llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o'lchash haqida ko‘rsatmali qo'llanma», «Son to‘g‘risida ko'rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang'ich ta'limning yangi usullari bayon qilingan edi. 1800-yili Pestalotsi rahbarligida institut tashkil etildi. Institut tarkibiga, intemat shaklidagi o‘rta maktab hamda oqituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan. Bu institut butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Pestalotsi 1825-yili Iverden instituti o'qituvchilari orasida chiqqan nizolar natijasida o‘z qishlog'i «Neygo6>ga qaytadi va 80 yoshli, qariya bo'lishiga qaramay, bu erda o'zining oxirgi asari — «Oq qush qo‘shig‘i»(1826)ini yozadi. U 1827 -yili vafot etdk) Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling