Komiljon hashimov


Pestalotsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari


Download 386.06 Kb.
bet68/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Pestalotsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Pestalotsi o‘z xalqini oyoqqa turg'azishni orzu qildi, u mehnatkashlarni o'qitish va tarbiyalash yo‘li bilan ularning turmushini o'zgartirish mumkin, deb o'yladi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarning manbai iqtisodiy sharoit emas, balki ma'rifatning yo'qligi deb bildi.
Pestalotsi hamma odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo'lishi lozim, maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o'zgartirishning muhim vositalaridan biri bo'lishi kerakligini ta'kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustahkamlangandagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi. Bunga tarbiya yo‘li bilan ham erishish mumkin.
Mehnat odamni tarbiyalashning eng muhim vositasidir, mehnat odamning jismoniy kuchlarinigina emas, aqlini ham o'stiradi.
Bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va


277


www.ziyouz.com kutubxonasi




tasawurlarni qayta ishlash yo‘li bilan g'oyalar darajasiga ko'tariladi, g'oyalar esa, garchi ravshan bo'lmasa ham odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjud, lekin o'zining namoyon bo‘lishi va jonlanishi uchun sezgilar etkazib beruvchi materialga muhtojdir.
Pestalotsining dunyoqarashi insonparvarlik va demokratik intilishlar ruhi bilan sug'orilgan hamda ba'zi bir materialistik da’volami va dialektik qoidalarni o‘z ichiga olgan edi.
Tarbiyaning maqsadi va mohiyati. Pestalotsining fikricha, tar- biyaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini o'stirish, o'stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg‘un ravishda o'stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko'rsatayotgan ta'siri uning tabiatiga uyg'un bo'lishi lozim.
Pestalotsi tarbiyaning mohiyati to‘g‘risidagi tasawurga asoslanib, insonning kuchini inson tabiati bilan muvofiqlashtirib, o'stirishga yordam beradigan metodlami yaratishga intiladi.
- Bolani tarbiyalashni,- deydi u, - tug'ilgan kunidanoq boshlash lozim: «Bola tug'ilgan soat — unga ta'lim berishning birinchi soatidir». Chinakam pedagogika onani to‘g‘ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa shu metodikani har bir ona, jumladan, oddiy dehqon ayoli ham egallab oladigan qilib soddalashtirib berishi lozim. Oilada tabiatga muvofiq tarzda boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettishi lozim.
Barcha insoniy kuchlar va imkoniyatlar eng oddiy narsalardan rivojlana boshlaydi va asta-sekin murakkab darajaga ko'tariladi. Tarbiya ham ana shu yo'ldan borishi lozim.
Har bir bolaga xos bolgan tug'ma kuch va qobihyatlami tabiiy tartibga muvofiq holda o'stirish kerak.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling