Komiljon hashimov
www.ziyouz.com kutubxonasi NAZORAT SAVOLLARI
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstantin Dimitrievich Ushinskiy
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
Pestalotsining dunyoqarashi va uning pedagogikada tutgan o'rni. Pestalotsining ta'lim nazariyasini izohlab bering? Pestalotsining pedagogikaga qo'shgan (olib kirgan) yangi g'oyalari? Konstantin Dimitrievich Ushinskiy Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o'qituvchilarining o'qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824-yilning 19 fevralida Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy 9 yoshga qadar oilasida tarbiyalanib, savod chiqardi. So‘n- gra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o'qishga kirib, uni 1840-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. 0‘sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o'qishga kirdi va mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta'lim oldi. Ushinskiy 22 yoshida yaroslav liseyiga kameral(yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faohyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi. Shuningdek, Ushinskiy zo‘r ishtiyoq bilan o'qituvchilik ishini olib borib, talabalarga astoydil bilan bilim berib, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg'otdi, eng muhimi, o‘z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da'vat etdi. Bu yosh va iste'dodli professoming mazmunli ma'ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglar edilar. KDUshinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga qo'shib olib bordi. 1848-yili uning birinchi ilmiy asari - «Kameral fanlarni o'qitish haqida» nashr qihndi. Bu asarda Ushinskiy oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud o'qitish tizimiga nisbatan tanqidiy yondoshadi. Ularga hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etib, o'qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni hal etish yo'llarini ko'rsatib berdi. Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ'ib etishi reaksion doiralarga ma'qul tushmadi. 1849-yil sentyabrda Ushinskiy va uning do'stlari siyosatda shubhah, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida 1949- yil litseydan chetlatildi. Shundan so'ng K.D.Ushinskiy Peterburgga ko'chib borib, ichki ishlar vazirligiga kichik amaldor vazifasida ishlash- ga to‘rt yil majbur bo'ldi ishladi. Ushinskiy faqat 1854-yildagina Yaroslavl htseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til-adabiyot va qonunshunoslik o‘qituvchisi bo‘hb ishga kiradi va tez fursatda shu institutning sinflar 281 www.ziyouz.com kutubxonasi inspektori vazifasiga ko'tariladi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom ma'nosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859-yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, unga shu institutning juda achinarli holga tushib qolgan ilmiy bo'lim ishlarini tartibga solish vazifasi yuklandi. Ushinskiy bu ishni puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish sohasida katta qobiliyat sohibi ekanini ko'rsatdi. Shu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag‘ishlangan va muntazam chop etilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi emas, balki o‘z ixtisosi bo'yicha kuchli nazariyotchi ekanhgini namoyan etdi. Ushinskiy 1857-yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Журнал для воспитания»)^а, so'ngra «Xalq maorifi jumali»da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860-yili u «Xalq maorifi jurnali»ning muharriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861-yili o'zining «Bolalar dunyosi» («Детс- кий мир») nomh o'qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o'sha yilning o'zidayoq ikki marta chop etildi. Ushinskiyning pedagogik faohyatiga soya soluvchi (1862-yil) imzosiz xat imi o‘z ishini to'xtatishga majbur qildi. Bu xatda u go'yo siyosiy jihatdan ishonchsiz kishi, deb ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo“lga qo'yihshini o'rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o‘z vatanidan ketishga majbur bo'ldi. U xorijiy mamlakatlarda yurgan davrida o‘zining butun kuch-g‘ayratini ta'lim- tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop ettirishga yo'naltirdi. Natijada, 1861-yih uning I - II o'quv -yillari uchun «Ona tili» darshgi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo'llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 -yih esa III o'quv -yili uchun ham «Ona tili» darshgi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomh asari ayrim jildlarga bohnib nashr qilina boshladi. 1867 -yih bu asaming I jildi, 1869 -yil П jildi bosihb chiqdi. Ushinskiy bu kitobning hamma jildlarini qisqartirib ingliz tihga tarjima qihsh maqsadida uchinchi jild ustida zo‘r g'ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo'lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab 1870 -yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasahdan vafot etdi. K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik g'oyasi asosiga qurilgan. Ushinskiy xalqchillik deb har bir xalqning o'ziga xoshgini tushunar ediki, bu o'ziga xoslik o'sha xalq yashashi va mehnat qihshi lozim bo'lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi. 282 www.ziyouz.com kutubxonasi U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» sarlavhali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruhida boTishi kerakligini aytib, boshqa xalq pedagogikasini mexanik suratda rus tuprog'iga ko'chirishni aqlga mutlaqo muvofiq emasligini ta'kidlaydi. Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligiga, rus bolalarini o'qitishda rus tili asos boTishligini, boshlang'ich maktablardagi ta’lim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmog'i lozimhgini uqtiradi. Ushinskiy o'zining «Ona tili» sarlavhali maqolasida «Xalq tili—uning qadim zamonlardan boshlanuvchi bugungi ma'naviy hayotining eng yaxshi, hech qachon so'lmaydigan, doimo yangidan ochilib yashnab turadigan gulidir. Butun xalq va uning vatani til bilan tirikdir! bularning hammasi xalq ijod etgan til orqali ifodalanadi! Xalq avlodlari birin-ketin yashab o'taveradi, ammo har bir avlod hayotining natijalari keyingi avlodlarga til orqali meroc boTib o'tadi. Har bir avlod o‘z his-tuyg‘ularini, tarixiy voqealar, diniy e'tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u va xursandchiliklarini ona tili xazinasiga qo'shadi! Til eng jonli, eng boy va mustahkam aloqa vositasi boTib, xalqning yashab o'tgan, yashayotgan va kelajakda yashaydigan avlodlarini bir-birlari bilan chambarchas bogTaydi, ularning ulug', tarixiy, jonli bir butunga aylantiradi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. Til xalqning hayotidir. Xalq tili yo'qolganida xalqning o‘zi ham yo‘q boTadi», — deb uqtiradi. Ona tili—Ushinskiyning fikricha — na kitob, na maktab boTmagan vaqtda ham xalqni o'qitgan eng yaxshi ustozdir. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling