Komiljon hashimov
K.D.Ushinskiyning didaktika
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o'zining chuqurligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta'limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.
Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to‘g‘risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo‘li bilan tarbiya oluvchilarda o‘z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko'rsatdi. U darsda ko'rsatmalilik tainoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko'rgazmali ta’limning mohiyatini yoritib berdi. Ushinskiy ko'rgazmali ta'lim tainoyillarini nazariy jihatdan ishlab 284 www.ziyouz.com kutubxonasi chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda ko‘p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o'qitish jarayonida ko‘rgazmali ta'limga munosib o‘rin berdi: u ko'rgazmali ta'lim o'quvchilarning rivojlanishini ta'min etadigan shartlardan biridir, deb bildi. Ushinskiy bolalaming o'quv materialini anglab, puxta va mustah- kam o'zlashtirishiga ham katta e'tibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda o'zidan ilgari o'tgan pedagoglarga nisbatan ko'pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o‘quv materialini takrorlash to'g'risida batafsil metodika ishlab chiqdi. Ushinskiy ta'lim yo'nalishida ikki yo'nalish borligini qayd etdi. Birinchi yo'nalish bolalar o'qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to'g'risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Ikkinchi yo'nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o'qituvchi o'rtasida tarbiya va talim (funksiyasini) jarayonini bolib qo'yishga norozilik bildirdi. U ta'limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi. Ushinskiy o'ziningpedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodi- ga katta ahamiyat berdi. Darsda mashg'ulotlar turlicha bo'lishi mumkin: yangi bilim berish, o'quvchilarning mashqlar bajarishi, o'tilganlarni takrorlash, o'quvchilarning bilimini hisobga olish, o'quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma'lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo'lishi va etarli darajada tarbiyaviy xarakterga ega bo'lishi lozim. Ushinskiy mashg'ulotlarni almashtirib metodlami xilma-xil qilib turishni tavsiya qildi. U bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o'stirishga e'tibor berib, o'qituvchi maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to‘g*ri usullarini o'rgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o'zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi. Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o'qitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik ko'rsatmalar bergan. Uning fikricha, o'qitishning uchta vazifasi bor: 1) bolaning nutqini o'stirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga orgatish 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o'zlashtirish. Rossiyada o'qishga o'rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo'ldi. Ushinskiy o'qituvchilarning roliga yuksak baho berib, «pedagogning o'quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hech qanday 285 www.ziyouz.com kutubxonasi ustav va dastur bilan, o‘quv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bo'lmaydi», deb hisoblaydi. U «tarbiya ishida murabbiyning shaxsi eng asosiy omildir», deb yozgan edi. Ushinskiy pedagogika o'qituvchilari va o‘rta maktab o'qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika fakultetlari to'g'risidagi fikrni olg'a surib shundayyozgan edi: «Bizda meditsina fakultetlari bor-u, pedagogika fakultetlari yo‘q ekan, bu shuni ko‘rsatadiki, biz axloqiy va tarbiyaviy sog‘lig‘imizga qaraganda tanamiz sog'lig'ini ko'proq qadrlar ekanmiz». K.D.Ushinskiyning o‘z vataniga, o‘z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. U o'qituvchilar tayyorlash tizimini ishlab chiqdi. 1895 -yili Ushinskiyning vafotiga 25 yil to'lishi munosabati bilan bolgan yig'ilishda, uning ishini davom ettiruvchilardan biri, Modzalevskiy «Xuddi Lermontov — bizning xalq olimimiz, Suvorov — bizning xalq lashkarboshimiz, Pushkin — bizning xalq shoirimiz, Glinka—bizning xalq kompozitorimiz bo'lganidek, Ushinskiy ham—bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq edi. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling