Komiljon hashimov


Boshlangfich ta'limning xususiy metodikalarini yaratish


Download 386.06 Kb.
bet70/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Boshlangfich ta'limning xususiy metodikalarini yaratish.
Petalotsi o‘zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang'ich ta'limning xususiy metodikasini yaratdi.
Pestalotsi ona tili o'qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o'stirish va uning so‘z boyligini orttirishdan iborat, deb hisobladi. Savod o'rgatishda tovush metodini birinchi o'ringa qo‘ydi, bunday qilish harflarni qo'shib o'qitish metodi hukmronlik qilib turgan o'sha vaqt uchun g'oyat muhim edi.
Pestalotsi zerikarli va bir xildagi mashqlar bilan bolalarda kuzatish, narsa yoki hodisaning belgilarini aniqlay olish malakasini o'stirishga va biror narsani aniq va tola tasvirlab berish malakasini hosil qilishga intildi.
Bolalarda yozuv malakasini hosil qihnoq uchun Pestalosi dastlab to‘g“ri va egri chiziqlarni — xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni tavsiya etar ekan, yozuv o'rgatishni narsalarni o'lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o'stirish bilan bog'lab olib borishni taklif qildi.
0‘lchashni o'rgatmoq uchun Pestalotsi dastlab to‘g‘ri chiziq chizish- ni, so'ngra burchak va kvadrat chizishni hamda bu kvadratni boiaklar- ga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) boiib o'rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko'rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bola oichov natijalarini chizib va yozib olishi lozim; bunday mashqlar bolaga yozuv o'rgatishning asosidir.
Pestalotsi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati.
Pestalotsi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir- biriga uyg‘un qilib o'stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta'lim nazariyasini yaratdi, bu nazariya XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol oynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to'g'risida juda qimmatli fikrlarni aytib o'tdi. Pestalotsi boshlang'ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang'ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog'lashga intildi, bolalarni mehnatga o'rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e'tibor berdi.



Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling