Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nigohdasht
- Vuqufi zamoniy
- Vuqufi qalbiy
Yodkard - bu til yoki dil zikri bo'lib, «Lo iloha illallohu Muhamma- dur Rasullohwni uch marta dilda aytish, ya'ni Ollohning yagonaligi hamda Muhammad alayhis-salomning uning erdagi rasuli ekanligini zikr etish.
Bozgasht - turli fikrlardan xalos bo'lish, tashqi olamdan ajralishga intilish. Bunda kalimai tayyibani necha marta aytsa ham xayolni boshqa narsalarga bo'lmaslikdir. Bu - fikmi, diqqatni bir joyga to'plashga yordam beradi. Nigohdasht - turli fikrlardan xalos bo'lish, xayolni boshqa narsalar- ga bolmaslik. Bunda xayol quwatini Olloh yodi borasidagi yagona g'oyada saqlab qolish malakasi hosil bo'ladi. Yoddasht - Olloh bilan doimo birga ekanligidan zavq olishdir. Yoddasht hosil bo'lganda Haq muhabbati ko‘ngilni qamrab oladi, huzur baxsh etadi. Xoja Bahovuddin Naqshband, o‘z navbatida, quyidagiuch talabni qosha- di: Vuqufi zamoniy - solik o‘z yo‘lida har vaqt, har bir nafasda Ollohga shukronalik va uzr aytmoqlikdan voqif bo“lishi kerak. Vuqufi adadiy - bu talab ilohiy ilm martabasining boshlanishi sanalib, «Lo iloha illolloh» kalimasini takrorlashdan maqsad uni ko‘p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni tashkil etishiga etibor berish. Vuqufi qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to'liq ogoh bolishi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning ta'lim-tarbiyaga oid o'gitlari hozirgi davrda ham o‘z qimatini yo'qotmagan. Ulardan ba'zilarini keltiramiz: - Ey o‘g‘il, senga nasihat qilaman: Jamoat xizmatida bo“lgin, hadis, fiqh ilmlarini o‘rgan, johil so'fiylardan o'zingni saqla, hargiz shuhrattalab bo'lmaginkim, shuhrat ofatdur, mansabni ko‘zlamagil. Noming tillarga kam olinsin, qabulgohingga nomingni yozma, xonaqoni maskan qilmagil, hukmdorlar va ularning kishilari birla do'stu hamsuhbat bo'lma, oz so'zla, kam egil, ko‘p uxlama, halol egil va haromdan saqlan, hamma kishilarga shafqat ko'zi birla boq, tashqi ko'rinishingga oro bermakim, zohirga oro berish botin(dil, qalb)ning xarobligidandir, kishidan hayr so'ramagil, kishini xizmatga buyurma... Bu o'gitlar Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning tariqat suluklariga muvofiq keladi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy 1220 -yili (ba’zi manbalarda 1174 -yil ko'rsatiladi) vafot etgan. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling